|
Pul bozori rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari va unda davlat, tijorat banklari va korxonalarning tutgan o`rni
|
bet | 5/10 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 487,12 Kb. | | #240642 |
Bog'liq 1KURS ISHI-DAVLAT, TIJORAT BANKLARI, KORXONALAR VA BOSHQALAR PUL BOZORI ISHTIROKCHISI SIFATIDA1.2. Pul bozori rivojlanishining o`ziga xos xususiyatlari va unda davlat, tijorat banklari va korxonalarning tutgan o`rni
Bozor iqtisodiyotining muhim segmentlaridan biri - bu pul bozori hisoblanib, u vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini qimmatli qog‘ozlarga joylashtirishga va qayta taqsimlash orqali maqsadli joylashuvini ta’minlashga xizmat qiladi. Bunday maqsadlarga qimmatli qog‘ozlar bozorining an’anaviy va noan’anaviy segmentlari hisoblangan qimmatli qog‘ozlarning barcha turlari o‘z samarasini bergandagina erishiladi. Shu bilan birga, qimmatli qog‘ozlarni joylashtirish, ular bilan oldi-sotdi qilish kabi barcha operatsiyalarni o‘z ichiga oluvchi muomalalarni asosan tijorat banklari amalga oshiradi. Bu ularning, avvalo, ustav kapitalini oshirish darajasini ta’minlasa, ikkinchidan, bozorlardagi tijorat faoliyati yordamida chet eldagi bo‘sh kapitallarni xarakatga keltiriladi. Shuning uchun, ayni paytda qimmatli qog‘ozlarning barcha instrumentlari to‘liq va samarali ishlashi uchun mazkur bozorlar infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlantirish davlat darajasiga ko‘tarilishini talab etmoqda. Mamlakatimizda esa pul bozori infratuzilmasining rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va unda inson manfatlariga qaratilgan aniq maqsadlar belgilanganligi bu vazifaning davlat darajasiga ko‘tarilganligini yanada yorqin ifodalaydi. Xususan; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev “ moliya bozorlari, jumladan, fond bozorini rivojlantirish ham yangi iqtisodiy sharoitda asosiy maqsadlarimizdan biri bo‘lishi kerak. Yangi moliyaviy instrumentlarni joriy etish va obligatsiyalar chiqarish orqali bank xizmatlari ko‘lamini yanada kengaytirish, ilg‘or axborot texnologiyalari asosida bank tizimini rivojlantirish zarur” , deb ta’kidlaganida mutaxassislar va keng jamoatchilikning e’tiborini aynan mana shu dolzarb masala - milliy pul bozorini yanada rivojlantirishga qaratdi. Yuqoridagi holatlar, fond bozorlari infratuzilmasini zamon talablari asosida rivojlanishi uchun avvalo shu bozorlarga chiqarilayotgan qimmatli qog‘ozlarning yuqori likvidligi, bozorning kapitallashuv darajasi, daromadliligi, kapitalni oshirish kabi xususiyatlarini ta’minlash uchun hizmat qiladi. Pul bozorlarining yana bir xususiyatli belgisi - bu ularning risk darajasiga tobeligi hisoblanadi. Shu sababli pul bozori infratuzilmasini samarali rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillarni chuqurroq tahlil qilish va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish lozim. Ayni paytda pul bozorlari va ularning samarali faoliyati, ularning ishtirokchilari hamda muomaladagi xalqaro maqomga ega bo‘lgan yuqori likvidli qimmatli qog‘ozlar turlari muhim ahamiyatga ega. Pul bozorlarining rivojlanishi davlatning infratuzilmaviy rivojlanish darajasiga bevosita bog‘liq bo‘lib, avvalo milliy pul bozorini xalqaro fond bozorlariga integratsiyalashuvini ta’minlash orqali yuqori sur’atda rivojlanishga olib borsa, ikkinchidan, tijorat banklarining yuqori likvidligi va moliyaviy barqarorligini xalqaro me’yorlarga tenglashuviga olib keladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy tushunchalarning mohiyatini olimlar, ekspertlar tomonidan tortishuvlar, ilmiy-nazariy jihatdan qarashlar, o‘sha davr g‘oyalari bilan uyg‘unlashgan, uni bajaradigan funksiyalari, tamoyillari, o‘ziga xos xususiyatlari, xarakterli tomonlari, bozor segmentlari orqali hamda ularning ishtirokchilari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar nuqtai nazaridan yanada chuqurroq ilmiy asoslab berish takomillashib bir tizimga keltirilmoqda, zamon talablari va fundamental omillarga mos holda u ilmiy jihatdan asoslangan holda rivojlantirib borilmoqda. Xususan, pul bozorlarining iqtisodiy mohiyatini turli davrlarda yashab o‘tgan iqtisodchi olimlar tomonidan turli xil g‘oyalari orqali nazariyalar yaratilgan. Lekin, har bir iqtisodiy kategoriya doimiy ravishda zamonaviy omillar asosida takomillashib boradi. Jahon pul bozori ham hozirgi kunda qo‘shimcha tarzda noan’anaviy, zamonaviy, yangi va xilma-xil funksiyalarni bajarmoqda. Shu nuqtai nazardan uning iqtisodiy mohiyatini bir nechta iqtisodchi olimlarning nazariy ilmiy qarashlarini, hozirgi zamonaviy omillarni va boshqa o‘ziga xos tomonlarini hisobga olgan holda chuqurroq o‘rganib chiqish maqsadga muvofiq.
Dunyo bo‘ylab pul bozori faoliyatiga hukumatning aralashuv siyosati doimiy ta’sir ko‘rsatadi. 2020-yilning birinchi yarmida jahon mamlakatlari COVID-19 pandemiyasini e’lon qilganidan so‘ng, pul bozorlari oldingi global moliyaviy inqirozlar (masalan, 1930-, 1987- va 2008-yillar) va Ispan grippi, SARS va Ebola pandemiyasi davridagi darajalarga nisbatan ham misli ko‘rilmagan yuqori volatillik(o‘zgaruvchanlik)ni qayd etdi . Qimmatli qog‘ozlar moliya bozorida amal qiladigan moliyaviy instrumentlarning boshqa turlaridan farqli o‘laroq eng katta va alohida bozoriga ega bo‘lgan guruhini tashkil etganligi munosabati bilan uni o‘rganish alohida yondashuvni talab etadi. Qimmatli qog‘ozlar iqtisodiyotda o‘z ahamiyati, o‘rni va funksiyalarini allaqachon isbotlaganligiga qaramay, ularning mazmuni to‘g‘risida hanuzgacha qizg‘in bahslar davom etmoqda. Qimmatli qog‘ozlar bozorida bir paytning o‘zida bozor aylanmasining ob’ekti hamda tomonlarga mulkiy va boshqa turdagi huquqlar bilan birga, majburiyatlarni ham berish xususiyatiga ega bo‘lganligi bois, ularning iqtisodiy mohiyatini aniqlashda ushbu iqtisodiy hodisaning ham iqtisodiy, ham yuridik jihatlarini o‘zida jamlovchi integratsiyalashgan yondashuv haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Iqtisodiy adabiyotlarda va so‘zlashuvda qimmatli qog‘ozlar bozori va pul bozori tushunchalari ko‘plab uchraydi. Iqtisodchi E.Jukovning fikricha, “hozirgi paytda qimmatli qog‘ozlarning iqtisodiyotni moliyalashtirishda ishtirok etuvchi uchta bozori mavjud: birjadan tashqari, fond (birja) va ko‘cha bozori”. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan holda, “pul bozori” va “qimmatli qog‘ozlar bozori”ni bir xil mazmundagi tushunchalar sifatida qarashni o‘rinli, deb hisoblaymiz. Bir vaqtning o‘zida qimmatli qog‘ozlar pul bozori (qimmatli qog‘ozlar bozori)da harakatlanadi. Pul bozori - qimmatli qog‘ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug‘ullanadigan soha va qimmatli qog‘ozlar muomalasi bo‘yicha moliyaviy munosabatlar majmui bo‘lib, uning asosiy vazifasi “jamg‘arma-investitsiya” mexanizmini ishga tushirish, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishga va texnika taraqqiyotiga zarur bo‘lgan moliyaviy mablag‘larni to‘plash va taqsimlash, yuridik va jismoniy shaxslarning sarmoyalarini jalb qilish, ularni yanada ko‘paytirish va iqtisodiyot tarmoqlariga yo‘naltirish orqali iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvini ta’minlash kabilardan iborat. Shuningdek, pul bozori va unda faoliyat ko‘rsatayotgan vositachilar moliyaviy tizimning tarkibiy qismi bo‘lib, ortiqcha mablag‘larni investorlardan iste’molchilarga qayta taqsimlash jarayonini tezlashtirishga imkoniyat beradi. Pul bozorida bir paytning o‘zida bozor aylanmasining ob’ekti hamda tomonlarga mulkiy va boshqa turdagi huquqlar bilan birga, majburiyatlarni ham berish xususiyatiga ega bo‘lganligi bois, ularning iqtisodiy mohiyatini aniqlashda ushbu iqtisodiy hodisaning ham iqtisodiy, ham yuridik jihatlarini o‘zida jamlovchi integratsiyalashgan yondashuv haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Pul bozorida bo‘sh turgan pul mablag‘larini to‘plash, ularni ssuda kapitaliga aylantirish, so‘ngra uni ishlab chiqarish jarayonlari ishtirokchilari (banklar, korxonalar, firmalar, shuningdek, mamlakat aholisi) o‘rtasida taqsimlash munosabatlari: qimmatli qog‘ozlar, korxonalarning aktsiyalari hamda davlat obligatsiyalari bilan oldi-sotdi operatsiyalari olib boriladi. Pul bozori pul kapitalining qayta taqsimlanishida ishtirok etadigan banklar, fond birjalari va boshqa moliya-kredit muassasalari majmuini o‘z ichiga oladi. Kapital bozori pul bozori bilan birga iqtisodiyotning tarmoqlari va hukumat uchun tashqi kapital manbai hisoblanadi, ssuda kapitaliga talab va taklifni shakllantiradi. Kapital bozori kompaniyalar va davlatning qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlari bilan ham shug‘ullanadi. Kapital bozori qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilar va sotib oluvchilar, ixtisoslashgan fond brokerlari savdo va tijorat banklari, markaziy bank, pensiya fondlari, sug‘urta kompaniyalari, investitsiya kompaniyalari, sanoat korxonalari, xorijiy investorlar, korxonalar, tashkilotlar ishtirok etadilar. Manbalar va kiritilgan sohalariga qarab xalqaro va milliy kapital bozorlari bor (valyuta bozori, birja). Kapital bozori ikki asosiy vazifani bajaradi: a) birlamchi bozor yoki yangi emissiya bozori, bunda investitsiya va boshqa maqsadlar uchun zarur bo‘ladigan kapital yangi aktsiya, obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlarni chiqarish hisobiga shakllantiriladi; b) ikkilamchi bozor, bunda mavjud qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar olib boriladi. Ikkilamchi bozor qimmatli qog‘ozlarni sotuvchilardan xaridorlar qo‘liga o‘tishni engillashtiradi. Kapital bozori mamlakat moliya tizimida muhim o‘rin egallab, aholining jamg‘arilgan mablag‘larini investitsiyalarga va investitsiyalarni qimmatli qog‘ozlar portfeliga aylantirish mexanizmi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda 200 dan ortiq brokerlik idoralariga ega bo‘lgan “Toshkent” fond birjasi 1994 yildan boshlab qimmatli qog‘ozlar savdosi bilan shug‘ullanadi. Kapital bozori (qimmatli qog‘ozlar bozori) moliya tizimining asosiy bo‘g‘ini sifatida uning barqarorligini ta’minlash, mamlakat raqobatbardoshligini oshirishga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim omil hisoblanadi. Shu bois rivojlangan mamlakatlarda undan iqtisodiyotga investitsiya jalb qilishning asosiy vositalaridan biri sifatida keng foydalaniladi. Negaki, kapital bozori rivojlanmasa, raqobatbardosh iqtisodiyotni shakllantirish hamda investitsiyaviy faollikni oshirish borasidagi barcha harakatlar besamar ketadi. Shu ma’noda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13- apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF6207-son Farmoni bilan mamlakatimizda kapital bozorini rivojlantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilganligi kapital bozorini taraqqiy ettirish borasida muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin. Har qanday biznes subyekti, u xoh jismoniy, xoh yuridik shaxs bo‘lsin, o‘zining biron tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun aksariyat holatlarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga ehtiyoj sezadi. Bizga ma’lumki, bugungi kunda ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy loyihalarni moliyalashtirish manbasi sifatida davlat tomonidan beriladigan mablag’lar yoki tijorat banklarining kreditlari asosiy dastak vazifasini bajarib kelmoqda. Shuning uchun ham moliyaviy bozorni taraqqiy ettirish bo‘yicha hukumatimiz oldida turgan asosiy vazifalardan biri kapital bozorini rivojlantirish, qaysidir ma’noda uni bozor iqtisodiyotining samarali elementiga aylantirish va harakatga keltirish masalasi hisoblanadi. Bu borada amalga oshirilishi belgilangan ishlarning normativ-huquqiy asosi sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Kapital bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g’risida”gi PF-6207-sonli Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 17-yanvardagi “Kapital bozorini qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida”dagi PQ-90- son Qarorlarini keltirib o‘tish o‘rinli. Ushbu me’yoriy hujjatlarda kapital bozorini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari belgilab berilgan bo‘lib, ular quyidagilar: - kapital bozorining raqobatbardoshligini oshirish va uning kapitallashuvini 2023- yil yakuniga qadar 45 trln. so‘mga yetkazish, bank tomonidan kreditlashga muqobil bo‘lgan samarali moliyalashtirish mexanizmini yaratish; - xalqaro moliya bozorlari bilan faol integratsiyalashuv, zamonaviy axborotkommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish va xorijda muvaffaqiyatli sinovdan o‘tgan ilg’or yondashuvlarni qo‘llash orqali barcha toifadagi investorlar uchun kapital bozorining qulayligini oshirish; - kapital bozorining uyg’un faoliyati va uning barcha segmentlari rivojlanishini ta’minlash orqali 2023-yil yakuniga qadar respublika va hududiy investitsiya dasturlari doirasida loyihalarning qimmatli qog’ozlar chiqarish orqali moliyalashtirilgan qismini 5 foizga yetkazish; - sohaga ilg’or xalqaro amaliyotni joriy qilish, ortiqcha to‘siqlar va cheklovlarni bartaraf etish orqali pul bozorida rivojlanish maqsadlariga yo‘naltirilgan investitsiyalarni faol moliyalashtirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish; - xalqaro mezonlar va tajribalarni joriy qilgan holda, kapital bozorini tartibga solishning yaxlitligini va tizimli tavakkalchiliklarning oldini olishni ta’minlovchi qonunchilik bazasini yaratish; - kapital bozorini zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlar bilan ta’minlash tizimini rivojlantirish, istiqbolli, shu jumladan xorijiy mutaxassislarni jalb qilish uchun jozibador shart-sharoitlarni yaratish; - kapital bozori uchun soha mutaxassislarini tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirishni tizimli yo‘lga qo‘yish; - minoritar investorlar, kapital bozorining boshqa ishtirokchilari hamda aholi keng qatlamlarining bilimlari, ko‘nikmalari va moliyaviy savodxonligini oshirishni qo‘llabquvvatlash dasturlari doirasida 2023-yil yakuniga qadar 40 ming nafar aholini qamrab olish.
|
| |