• Boshqarishni
  • Zarar
  • 20-Ma’ruza Mavzu: Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari




    Download 65,53 Kb.
    bet4/8
    Sana10.01.2024
    Hajmi65,53 Kb.
    #134207
    1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    20-Ma’ruza Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari

    Destruktiv funksiyalarni bajarish. Destruktiv imkoniyatlari bo‘yicha beziyon, xavfsiz, xavfli va juda xavfli viruslar farqlanadi.
    Beziyon viruslar - o‘z-o‘zidan tarqalish mexanizmi amalga oshiriluvchi viruslar. Ular tizimga zarar keltirmaydi, faqat diskdagi bo‘sh xotirani sarflaydi xolos.
    Xavfsiz viruslar – tizimda mavjudligi turli taassurot (ovoz, video) bilan bog‘liq viruslar, bo‘sh xotirani kamaytirsada, dastur va ma’lumotlarga ziyon yetkazmaydi.
    Xavfli viruslar – kompyuter ishlashida jiddiy nuqsonlarga sabab bo‘luvchi viruslar. Natijada dastur va ma’lumotlar buzilishi mumkin.
    Juda xavfli viruslar – dastur va ma’lumotlarni buzilishiga hamda kompyuter ishlashiga zarur axborotni o‘chirilishiga bevosita olib keluvchi, muolajalari oldindan ishlash algoritmlariga joylangan viruslar.
    Boshqarishni virus dastur eltuvchisiga o‘tkazish. Ta’kidlash lozimki, viruslar buzuvchilar va buzmaydiganlarga bo‘linadi.
    Buzuvchi viruslar dasturlar zaharlanganida ularning ishga layoqatligini saqlash xususida qayg‘urmaydilar, shu sababli ularga ushbu bosqichning ma’nosi yo‘q.
    Buzmaydigan viruslar uchun ushbu bosqich xotirada dasturni korrekt ishlanishi shart bo‘lgan ko‘rinishda tiklash va boshqarishni virus dastur-eltuvchisiga o‘tqazish bilan bog‘liq.
    Zarar keltiruvchi dasturlarning boshqa xillari. Viruslardan tashqari zarar keltiruvchi dasturlarning quyidagi xillari mavjud:

        • troyan dasturlari;

        • mantiqiy bombalar;

        • masofadagi kompyuterlarni yashirincha ma’murlovchi xaker utilitalari;

        • Internetdan va boshqa konfidensial axborotdan foydalanish parollarini o‘g‘rilovchi dasturlar.

    Ular orasida aniq chegara yo‘q: troyan dasturlari tarkibida viruslar bo‘lishi, viruslarga mantiqiy bombalar joylashtirilishi mumkin va h.
    Troyan dasturlar o‘zlari ko‘paymaydi va tarqatilmaydi. Tashqaridan troyan dasturlar mutlaqo beozor ko‘rinadi, hatto foydali funksiyalarni tavsiya etadi. ammo foydalanuvchi bunday dasturni kompyuteriga yuklab, ishga tushirsa, dastur bildirmay zarar keltiruvchi funksiyalarni bajarishi mumkin. Ko‘pincha troyan dasturlar viruslarni dastlabki tarqatishda, Internet orqali masofadagi kompyuterdan foydalanishda, ma’lumotlarni o‘g‘rilashda yoki ularni yo‘q qilishda ishlatiladi.
    Mantiqiy bomba – ma’lum sharoitlarda zarar keltiruvchi harakatlarni bajaruvchi dastur yoki uning alohida modullari. Mantiqiy bomba, masalan, ma’lum sana kelganida yoki ma’lumotlar bazasida yozuv paydo bo‘lganida yoki yo‘q bo‘lganida va h. ishga tushishi mumkin. Bunday bomba viruslarga, troyan dasturlarga va oddiy dasturlarga joylashtirilishi mumkin.

    Download 65,53 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 65,53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    20-Ma’ruza Mavzu: Kompyuter viruslari va virusdan himoyalanish muammolari

    Download 65,53 Kb.