yopishmasligi uchun qo‘llaniladi. Quyidagi 19.6- rasmda ip o‘tkazish dastgohida
ishchining ip o‘tkazish jarayoni keltirildgan
19.5-rasm. PSM-180 dastgoxning yon tomonidan ko‘rinishi
Quyidagi 19.6- rasmda ip o‘tkazish dastgohida ishchining ip o‘tkazish
jarayoni
keltirildgan
19.6 rasm. Ip o‘tkazish mashinasida ishchining ip o‘tkazish jarayoni.
PSM-180 ip o‘tkazish dastgohining texnologik chizmasi 19.7-19.8-rasmda
keltirilgan
19.7-rasm. PSM-180 mashinasining texnologik chizmasi.
PSM-180 ip o‘tkazish mashinasida ip ustunga o‘rnatilgan tanda g’altagi 1 dan
tanda ipi 2 bo‘shatilib yo‘naltiruvchi taxta 11 orqali taroqli siquvchi moslama3 ga
taxtlanadi. Bunda taroq yordamida iplar taralib parallellashtiriladi va moslamaga
siqib qoyiladi. Tanda ipi lamel 4, gula 5 larning ko‘zidan
maxsus ilgak yordamida
o‘tqazilib mexanik passet 6 ning tishiga taxtlanadi.
Mexanik passet, tig’ 7 ning tishi orasiga joylashgan bo‘lib u ikkita ma'lum
burchak ostida joylashgan plastinlardan tashkil topgan. Mexanik passet 6 ni, bir uchi
tepki 8 ikkinchi uchi prujina 9 bilan bog’langan tasma 10 yordamida o‘z o‘qi
boylab ilgarilanma qaytma harakatlantiriladi. Ishchi tepkini bosganda mexanik
passetga taxtlangan tanda ipi tig’ tishidan o‘tadi.
PSM-180 dastgohida ikki kishi xizmat qiladi. Ip uzatuvchi va ip o‘tkazuvchi.
Tanda ipini maxsus ilgak yordamida o‘tqaziladi. Ilgaklar
bitta ilgakli yoki ikkita
ilgakli bo‘ladi. Dastgoh unumdorligi 1000-2000 ipG`soat.
Ip o‘tkazishda hosil bo‘ladigan nuqsonlar
O‘rilish naqshini buzib o‘tkazish: iplarni chalkashtirib o‘tqazish; juft iplarni
o‘tqazib yuborish; tig’ tishlarni qoldirib o‘tkazish; milk iplarini to‘qima o‘rtasidagi
iplar o‘rniga o‘tqazib yuborish.
Ip o‘tkazishda chiqindilar:
Iplar ajratuvchi tayoqchalar,lamel, gula, tig’
tishidan o‘tkazilganidan so‘ng 0,6 m. kesilib so‘ng sifatli iplardan boshlab to‘qima
to‘qiladi. Shu 0,6 metr tanda iplari to‘qima to‘qilganidan so‘ng kesib olinadi va
chiqindi hisoblanadi.