|
2022 boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari ergasheva Surayyo Yo‘ldoshevnaBog'liq boshlang-ich-sinflarda-axborot-texnologiyalaridan-foydalanishning-afzalliklari (1)Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
277
w
www.oriens.uz
August
2022
animatsion slaydlarda aks ettirish mumkin. Animatsiya orqali taqdimot nafaqat
yorqin hissiyotlarni va bir vaqtning o‘zida ilmiy imidjni, balki o‘quvchilarning bilim
olishga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshiradi. O‘quvchilar ongigada mavzu
bo‘yicha tushunchalarni shakllantirib, xotirasida yaxshi saqlashini taminlaydi.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish
mumkin. Boshlang‘ich sinfda o‘rganiladigan ko‘plab mavzular bo‘yicha turli
materiallar berilgan. Turli murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir
o‘quvchining idrok etish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Masalalarni yechishda kompyuterli animatsion slaydlardan foydalanish darsning
qiziqarliligini oshiradi. Ularning ustunlik tomonlari istagan paytda masalaning
boshiga qaytish mumkin, uning alohida qismlarida to‘xtalish, o‘quvchilar bilan
suhbatlashish, ularning fikrlarini tinglash mumkinligidan iborat. Boshlang‘ich
sinflarda harakatlanishga animatsiyali masalalar bilan slayd-filmlarni qo‘llash
mumkin. Shunday slaydlarni yaratish uchun Internetdan olingan animatsion
kartinkalardan foydalanish mumkin.
Texnologiya va tasviriy san‘at darslarida ham slaydlardan unumli foydalansa
bo‘ladi. Masalan, rassomlar, rasmlar namunalari, loyiha namunalari, loyiha
bosqichlari, qo‘l mehnati namunalari va shu kabi mavzularni slayd yordamida
namoyish qilish mumkin.
Barcha o‘quv fanlarida test topshiriqlaridan foydalanish zarur. Testlardan
dastlab faqat bosma ko‘rinishidagisidan foydalangan bo‘lsak, hozirda ularni
kompyuterda terib, har bir o‘quvchi bilan shug‘ullanish mumkin. AKTdan
foydalanish yillari davomida 1-sinfdan 3-sinfgacha matematika, badiiy o‘qish, ona
tili, deyarli barcha mavzulari va boshqa o‘quv fanlari bo‘yicha qator turli testlarni
tayyorlash mumkin. Endi darslarda faqat bosma shakldagi emas, balki kompyuterli
testlardan foydalanish zarur. Ular bajarib bo‘lishi bilan darhol bahosini olishga imkon
beradi, bahoni kompyuterning o‘zi taqdim etadi, u yoki bu mavzu bo‘yicha
kamchiliklarini aniqlashlariga imkon beradi.
Ona tili bo‘yicha o‘rganiladigan so‘z leksik mazmunini talqin qilishda va
birliklarni turlarga ajratishda o‘quvchilarda qiyinchiliklar tug‘diradi. Bular:
antonimlar, sinonimlar, omonimlar. Testlar orqali o‘quvchilarning leksik
imkoniyatlari rivojlanadi, so‘zning to‘g‘ri va ko‘chma ma’nosini topishga,
sinonimlarni to‘g‘ri tanlashga, sinonimlar, antonimlar va omonimlarni farq qilishga
o‘rgatadi. Antonimlar bilan ishlashga bag‘ishlangan «Teskari o‘yin» testidan
foydalanish o‘quvchilarga darsni tushuntirishga samarali ta’sir etadi. Asosiysi: test
topshiriqlarini bajarishda o‘quvchining ko‘zi, miyasi va qo‘llari ishtirok etadi, o‘yin
|
| |