|
2022 boshlang‘ich sinflarda axborot texnologiyalaridan foydalanishning afzalliklari ergasheva Surayyo Yo‘ldoshevnaBog'liq boshlang-ich-sinflarda-axborot-texnologiyalaridan-foydalanishning-afzalliklari (1)Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 8
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
275
w
www.oriens.uz
August
2022
muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va byudjetdan mablag‘
bilan ta’minlashning samaradorligini oshirish, yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun
qo‘shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish
bo’yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Olib borilayotgan bu islohotlar o‘qituvchilar va o‘quvchilar oldiga katta talablar
qo‘ymoqda, bu talablarning eng asosiysi - darsning samaradorligi, uning sifatliligini
oshirish hamda maktablardagi turli xil o‘quv mashg‘ulotlarining tashkil qilinishi va u
orqali o‘quvchilarning turli bilim va ko‘nikmalarni egallab olishlaridir. Bugungi
kunda taʼlim jarayonini to‘g‘ri va samarali tashkil qilishda innovatsion
texnologiyalar, texnik vositalarning, jumladan, zamonaviy kompyuterlarning o‘rni
beqiyosdir. Dars mavzusiga oid multimediya, animatsiya, grafika, diafilm va
videofilmlardan foydalanish dars jarayonini yanada qiziqarli bo‘lishiga ko‘mak
beradi, buning uchun esa o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi va har bir darsga «men
bugungi dars jarayoniga qanday yangilik bilan kirib, darsni qiziqarli tashkil qila
olaman » deya o‘ziga savol berishi yaʼni, anʼanaviy taʼlimdan qochib, noanʼanaviy
taʼlim berishga intilishi lozim.
Pedagogik va psixologik tadqiqotlarga ko‘ra inson ongi ma’lumotlarning 90% ni
ko‘rish, 9% ni eshitish, 1% ni esa his qilish orqali qabul qilar ekan. Bundan kelib
chiqqan
holda
shu
narsa ta’kidlanmoqdaki, Axborot kommunikatsion
texnologiyalaridan foydalanish o‘quvchilarning nazariy, ijodiy va refleksiv tafakkuri
rivojlanishiga katta ta’sir etadi. O‘quvchining xotirasida u yoki bu hodisa,
jarayonning obrazli ifodalanishi o‘quv materialini boyitib, uning ilmiy jihatdan
o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Multimedia texnologiyalarida an’anaviy
texnologiyalarga qaraganda axborotlar matn ko’rinishda emas, balki tasvir, ovoz va
harakatlar ko‘rinishida ifodalanilishi o‘quvchilarni darslarda faolroq, diqqatliroq
intiluvchan va qiziquvchan bo‘lishga o’rgatadi, chunki tavsiya qilinadigan har bir
axborot ularning ishtiroki va harakati orqali amalga oshiriladi. Bu orqali fanga
bo’lgan qiziqish uyg‘onib, o‘z bilimlarini nazorat qilish va mustahkamlash, mavzuni
o’rganishda o‘zi uchun qulay bolgan tezlik va o‘zlashtirish darajasini tanlash
imkoniyatini beradi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida dars jarayonini tashkil etishda
o‘qituvchi dastlab:
darsning maqsadi;
maqsadga erishish yo‘llari;
|
| |