|
2022 pedagogik faoliyat va uning turlari isoqova Muxlisa Faxriddin qiziBog'liq pedagogik-faoliyat-va-uning-turlariOriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 11
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
538
w
www.oriens.uz
November
2022
1.
Pedagogika va ilmiy tadqiqot ishlarini o’zaro uzviylikda
birlashtirib olib borish
2.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash
3.
Oliy malakali pedagoglarning yetishmasligi
4.
Pedagogik faoliyat jarayonida innovatsion muhitni yaratish
5.
Pedagogik metodlardan foydalanish
6.
Pedagoglarni tahlil qilish qobilyatini shakllantirish
Kadrlarni qayta tayyorlash malakasini oshirish borasida qator chora tadbirlar
amalga oshirildi.O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasini qarori 16.02.2006
yildagi 5-son : pedgoglarni malakasini oshirish o‘quv-metodikalardan , zamonaviy
axborot texnologiyalaridan foydalanishi ta’lim jarayonida oliy malakali kadrlarni
ko‘paytirish bo‘yicha so‘z boradi. Bunda davlat qo‘ygan talablarga ham rioya
qilgan holda dars jarayonlarini olib borishadi. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va
ularning malakasini oshirishga qo‘yiladigan davlat talablari o‘quv rejalari va
dasturlarini, shuningdek, qayta tayyorlash va malaka oshirish ta’lim muassasalarining
o‘quv jarayonini, ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash tartibini, ular faoliyatini
attestatsiyadan o‘tkazish tartib-qoidalarini tartibga soladigan boshqa hujjatlarni ishlab
chiqish uchun asos hisoblanadi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga
qo‘yiladigan davlat talablarining bajarilishi idoraviy mansubligi va mulkchilik
shakllaridan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha
turdagi ta’lim muassasalari uchun majburiydir.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga
qo‘yiladigan davlat talablariga mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish
istiqbollaridan,
ta’lim
muassasalarining
ehtiyojlaridan,
yangi
pedagogik
texnologiyalarni va o‘qitishning noan’anaviy shakllarini rivojlantirishdan, pedagog
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasidagi jahon yutuqlari
va an’analaridan kelib chiqib Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirish
davomida tuzatishlar kiritilishi va to‘ldirilishi mumkin
1
. O‘zini sohalaridan kelib
chiqib bilimlarini mustahkamlash yanada chuqurlashtirish maqsadida qilinadigan
jaroyondir. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim
muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan
namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.
1
https://lex.uz/uz/docs/-973504?ONDATE=28.04.2021%2000
|
| |