|
Matlab tizimini ishga tushgandan keyingi ishchi oynasi
|
bet | 5/6 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 348,78 Kb. | | #128928 |
Bog'liq 22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash.Matlab tizimini ishga tushgandan keyingi ishchi oynasi
1.Buyruqlar oynasi (Command Window);
2.Brouzerning ishchi qismi (Workspace Browser);
3.Massiv muharriri (Array Editor);
4.Buyruqlar tarixi oynasi (Command History);
5.Ayni vaqtdagi katalog brouzeri (Current Directory Browser);
6.Start tugmasi (Start);
7.Brouzer so‘rovnomasi (Help Browser);
8.Muharrir (Editor/Debugger);
9.Sharhlovchi(Profiler).
1.Asosiy buyruqlar oynasi MatLABdagi barcha buyruqlarni paketlarni va kutubxonalani eʼlon qilish oynasi hisoblanadi. O‘zgaruvchilar oynasi dastur tarkibida eʼlon qilingan o‘zgaruvchilarni daraxt ko‘rinishida ifodalab boradi. Buyruqlar tarixi oynasida esa dasturda bajarilayotgan buyruqlar ketma-ketligi saqlanib qoladi. Matlabda seans ishi tushunchasi sessiya (session) deb yuritiladi, yaʼni foydalanuvchi ayni vaqtda foydalanayotgan hujjat–bu sessiyadir. Unda kiritish-chiqarish satrlari va xatoliklar haqida axborot joylashgan bo‘ladi. Matlab sessiyaga kiruvchi barcha o‘zgaruvchi va funksiyalar qiymatlari xotiraning ishchi qismida joylashgan bo‘ladi. Save (saqlash) komandasi yordamida ularni (matlab.mat)da saqlash mumkin. Load (yuklash) komandasi esa maʼlumotlarni diskdan ishchi sohaga kiritish imkonini beradi. Diary (kundalik) komandasi orqali maʼlumotlarni ayrim qismlarini kundalik ko‘rinishida saqlash mumkin. Buyruqlar oynasini boshqarish komandalaridan eng muhimlarini keltiramiz: - clc –ekranni tozalaydi va kursorni bo‘sh ekranning yuqori chap qismiga joylashtiradi;-home–kursorni ekranning yuqori chap qismiga qaytaradi. Jadal suʼratlar bilan rivojlanib borayotgan kompyuterlashgan matematik tizimlar (KMT), ayniqsa, sonli hisoblashlarga yo‘naltirilgan tizimlar orasida MatLAB matritsali matematik tizim alohida ajralib turadi. MatLAB tizimini tashkil qiluvchi paketlar soni ko‘pligi uning juda ko‘plab soha masalalarini hal qilishga joriy etish imkoniyatini beradi. Hozirgi kunga kelib Matlab tizimi zamonaviy matematik va ilmiytexnikaviy dasturiy taʼminoti sohasida deyarli jahon standarti bo‘lib qoldi.
2.MatLAB tizimini vazifalari va imkoniyatlari. Matlab–matematik va ilmiy-texnik hisoblashlarni amalga oshirishga mo‘ljallangan eng qadimiy, uzoq vaqtlar davomida ishlab chiqilgan va tekshirilgan, avtomatlashtirilgan tizimlardan biri bo‘lib, u matritsa va matritsaviy amallarni kengaytirilgan talqini ustiga qurilgan. Mazkur tushuncha uning nomida o‘z aksini topgan, yaʼni MatLAB–matrix laboratory–matritsali laboratoriya. Maʼlumki, juda ko‘plab dasturlar va ular ustida amallar bajarish sikllar orqali amalga oshiriladi. Bu esa dasturni ishlashini sekinlashtiradi va baʼzi bir amallarni bajarishni dasturlash tillarida ko‘p o‘lchamli, xususan, ikki o‘lchamli, yaʼni matritsalarni eʼlon qilishni murakkablashtiradi. Matlabda asosiy obʼekt sifatida matritsalardan foydalanish sikllar sonini keskin kamaytiradi. Matlab tizimini yaratishdagi asosiy maqsadlardan biri bo‘lib, texnik va matematik hisoblashlarga yo‘naltirilgan, foydalanuvchi uchun qulay va sonli usullarni amalga oshirish uchun tadbiq etib kelinayotgan anʼanaviy dasturlash tillari imkoniyatlaridan ustunroq dasturlash tilini yaratish hisoblanadi. Mazkur tizimni yaratishda hisoblashlar tezligini oshirishga hamda tizimning turli xil masalalarini hal qilishga moslashuvchanligiga katta eʼtibor qaratilgan. Matlab tizimi dasturlashning uchta asosiy konsepsiyasini amalga oshiradi: a)modullarni, yaʼni protsedura va funksiyalarni yaratishga asoslangan protsedura modulli dasturlash; b)obʼektga yo‘naltirilgan dasturlash (ayniqsa, tizimning grafikli vositalarini joriy qilish ahamiyati); c)foydalanuvchining grafikli interfeysini yaratishga mo‘ljallangan vizual-yo‘naltirilgan dasturlash (GUI-Graphics User Interface). Umuman olganda, Matlab dasturlash tili interpretatorlar sinfiga kiradi. Demak, bundan kelib chiqadiki, tizimning har bir buyrug’i nomi bo‘yicha aniqlanadi va zudlik bilan joriy qilinadi. Bu esa ixtiyoriy dasturiy kodni qism-qism bo‘yicha tekshirishni osonlashtiradi. Tizimning asosiy imkoniyatlardan biri bu uning ochiqligi va kengaytirish mumkinligidir. Tizimning juda ko‘plab buyruq va funksiyalari matnli formatdagi m -fayl (kengaytmasi . m) va C/C++ fayllari ko‘rinishida bo‘lib, barcha fayllarni modifikatsiya qilish mumkin. Umuman olganda, maʼlumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga oshiriladi: Boshlang’ich maʼlumotlarni kiritishni ko‘rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi; Maʼlumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi; Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi, hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi; . Maʼlumki, o‘zgaruvchilar kompyuter xotirasida, yaʼni ishchi soha (workspace) da maʼlum bir joy egallaydi. Ishchi sohani keraksiz o‘zgaruvchilardan tozalash uchun clear funksiyasining turli xil ko‘rinishlaridan foydalaniladi, masalan: clear - barcha aniqlangan o‘zgaruvchilarni yo‘qotish; clear
|
| |