22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash. Reja




Download 348,78 Kb.
bet6/6
Sana28.12.2023
Hajmi348,78 Kb.
#128928
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash.

x-aniqlangan x o‘zgaruvchini yo‘qotish; clear a, b, c - aniqlangan bir necha o‘zgaruvchilarni yo‘qotish. Umuman olganda, Amaliy dasturlar jamlanmasi neyron to‘ri, elektrotexnik qurilmalarni modellashtirish, murakkab matematik masalalarni yechish, fizik jarayonlarni kompyuterda modellashtirish kabi ko‘plab sohalarda qo‘llash uchun yaratilgan. Shuning uchun ham bu sohani chuqur o‘rganish katta ahamiyatga ega.
3.Tizim kengaytmasi. Yordam tizimi. MatLAB dasturchilarga quyidagi sohalardagi paketlar kengaytmasini taqdim etdi: harbiy sanoat majmualari, energetika, aerokosmik va avtomobil qurilishi va boshqalar. Ammo shular ichidan turli tizim va qurilmalarni blokli imitatsion modelini qiluvchi Simulink paketi eng mashщuriga aylandi. MatLAB+ Simulink tipik kompleksi katta qiymatdagi MatLAB paketlar instrumentlar “qutisi” Toolboxes va vizual-mo‘ljallangan blokli imitatsion modellashgan Simulink dinamik tizimini imkoniyatlarni kengaytiruvchi Blocksets dan iborat. Simulink paketi Matlab bilan birga o‘rnatiladi.

MatLAB+ Simulink tizimi tuzilishi Simulink paketu to‘g’risida keyingi darslarimizda batafsil maʼlumot berib boramiz. Yordam tizimi >> help; buyrug’i yoki menu panelining help bo‘limidan olish mumkin. Help bo‘limi Matlab so‘rovnoma qismi va Matlab dasturi ishlab chiqarish haqida maʼlumot beradi

Help komandasi berilgandan keyin ekranda formatida yordam faylining mundarijasi chiqadi. Kerakli bo‘limni tanlab help komandasi kiritiladi. Shundan keyin ekrandagi shu bo‘limdagi funksiya, o‘zgaruvchi va operatorlarning ro‘yxati chiqadi. Konkret funksiya bo‘yicha yordamni olish help komandasidan foydalaniladi. Agar funksiya, operator yoki o‘zgaruvchilarni nomi maʼlum bo‘lmasa va biror kalit so‘z maʼlum bo‘lsa kerakli faylni quyidagi komanda yordamida topamiz: look for . Bu komanda yordamida kalit so‘z yordam tizimining barcha bo‘limlarida qidiriladi va shu so‘z bor bo‘lim yoki fayl ko‘rsatiladi.
4. MatLABdagi oddiy hisoblashlar. MatLAB tizimi shunday ishlab chiqilganki, hisoblashlarni, foydalanuvchi dasturini tayyorlamasdan to‘g’ridan-to‘g’ri bajarish mumkin. Bunda Matlab superkalkulyator vazifasini bajarib, qatorli komanda rejimida ishlaydi. Masalan, >>2+3, ans=5; >>2*3, ans=6 va hokazo. Tizimda ishlash muloqotli (dialogli) tavsifga ega bo‘lib, “savol berildi – javob olindi” qoidasi bo‘yicha ishlanadi. Yaʼni foydalanuvchi klaviatura yordamida hisoblanishi lozim bo‘lgan ifodani kiritadi, tahrir qiladi (agar lozim bo‘lsa) va kiritishni ENTER klaviaturasini bosish bilan yakunlaydi. Umuman olganda, maʼlumotlarni kiritish va hisoblashlarni amalga oshirish quyidagicha amalga oshiriladi:

  • Boshlang’ich maʼlumotlarni kiritishni ko‘rsatish uchun >> belgidan foydalaniladi;

  • Maʼlumotlar oddiy yozuvli tahrir yordamida kiritiladi;

  • Biror bir ifoda hisoblash natijasini blokirovka qilishuchun mazkur ifodadan keyin - ; (nuqta vergul) qo‘yiladi;

  • Hisoblashlar natijasini ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchi aniqlanmagan bo‘lsa, u holda Matlab tizimi bunday o‘zgaruvchi deb ans oladi;

  • O‘zlashtirish amali sifatida juda ko‘plab dasturlash tillari kabi : = belgi emas, balki matematikadagi oddiy = ni o‘zi olinadi;

  • Sozlangan funksiyalar (masalan, sin) yozma harflar bilan yoziladi hamda ularning argumentlari oddiy qavslar ichida yoziladi;

  • Hisoblashlar natijasi yangi qatorda >> belgisiz chiqadi;

Muloqot “Savol berildi–javob olindi” ko‘rinishida amalga oshadi. Maʼlumki, juda ko‘plab matematik tizimlarda, agar u son bo‘lmasa, u holda sin(v) va yexr(v) ifodalarni hisoblab bo‘lmaydi, yaʼni tizim bunday ifodalarni xato deb beradi. Matlabda esa agar berilgan o‘zgaruvchi vektor bo‘lsa, natija ham mazkur o‘lchamdagi vektor bo‘ladi, agar matritsa bo‘lsa, natija ham matritsa bo‘ladi. Komandali rejimda bir qatordagi belgilarning maksimal soni–4096, m–fayllarda esa chegaralanmagan. Barcha matematik tizimlarning markaziy tushunchasi bu matematik ifodalardir. Maʼlumki, ular ustida amallar bajarilayotganda, asosan ularning sonli qiymatlaridan foydalaniladi (kam holatlarda belgi ko‘rinishlaridan ham foydalaniladi). Matlab ham matematik tizim bo‘lgani uchun bu yerda ham asosiy tushuncha matematik ifodalardir. Matlabda matematik ifodalarni ifodalashni qarab chiqaylik. Matlabda ifodalar bir qator ko‘rinishida ifodalanib, sonlarni butun qismlarini ajratish uchun verguldan emas balki nuqtalardan foydalaniladi.
Hozirgi kunda kampyuter algebrasining nisbatan imkoniyatli paketlari bu-Mathematica, Maple, Matlab, MathCAD, Derive va Scientific WorkPlace. Bulardan birinchi ikkitasi professional matematiklar uchun mo‘ljallangan bo‘lib imkoniyatlarning boyligi, ishlatishda murakkabligi bilan ajralib turadi.
MatLab matritsalar bilan ishlashga va signallarni avtomatik boshqarish hamda qayta ishlashga mo‘ljallangan. MathCAD va Derive qo‘llanilishi juda oson bo‘lib talabalarning tipik talablarini qondirishni taʼminlaydi. Bular katoriga Eureka paketini ham qo‘shish mumkin. Scientific WorkPlace matematik qo‘lyozmalarni LATEX tizimidan foydalangan holda tayyorlashga muljallangan bo‘lib bir paytda analitik va sonli amallarni bajarishi mumkin.
Download 348,78 Kb.
1   2   3   4   5   6




Download 348,78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash. Reja

Download 348,78 Kb.