|
22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash. Reja
|
bet | 1/6 | Sana | 28.12.2023 | Hajmi | 348,78 Kb. | | #128928 |
Bog'liq 22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash.
22-mavzu. Matlab bilan tanishuv. Matllab dasturida vektorlar va matritsalar bilan ishlash.
Reja:
Matlab va uning o‘ziga xos jihatlari, matritsalar va ular ustida amallar, matlabning fayllari, matlab bilan ishlashni boshlash, muloqat tartibida matlabni ishga tushirish.
Matlab bilan ishlashning sessiyalari, matlabning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, matlabda buyruqlarni tahrirlash, matlabda sodda hisob-kitoblarni bajarish, matlabni kalkulyator tartibida ishlatish.
Matlabda namunaviy misollami ishga tushirish, matlabning asosiy obyektlari. Matematik ifoda, haqiqiy va kompleks sonlar, sonlarni tasvirlash formatlari, o‘zgarmas va o‘zgaruvchilar, tizim o‘zgaruvchilari, o‘zgaruvchilar va ularga qiymat berish, o‘zgaruvchilami yo‘qotish.
Berilgan xossalarga ega matritsani yaratish, birlik matritsa va elementlari birga, nolga teng bo‘gan matritsalarni yaratish, elementlari arifmetik progressiya tashkil qiluvchi vektor va matritsalarni yaratish, elementlari tasodifiy sonlar, mantiqiy kattalik bo‘lgan matritsalarni yaratish.
Matritsalar ustida amallar, matritsalarni birlashtirish, matritsaning diagonali elementlarini o‘zgartirish, satrlari (ustunlari)ni almashtirish, matritsani burish, uchburchakli matritsani ajratib olish.
Hozirgi vaqtga kelib, «Matlab» 800dan ortiq funksiya va modellar kutubxonasini tashkil qiladi. Ish jarayonidagi birgina muammo, qo‘yilgan masakani yechish uchun kerak bo‘ladigan funksiya va modellarni tez qidirib topishdadir. Matematik modellashtirish doirasida «Matlab» kompyuter texnologiyasining barcha zamonaviy yutuqlarini to‘liq ishlatish imkonini beradi, shu qatori vizuallashtirish va kattaliklarning audifikatsiya(ovozli) vositalarini ishlatish. Internet orqali kattaliklarni almashtirish imkoniyati ham mavjud. Bulardan tashqari, foydalanuvchi «Matlab» vositalarining imkoniyatlari orqali yechilayotgan masala talabiga va o‘zining ta’biga qarab shaxsiy grafik interfeys yaratishi mumkin. Ilmiy va texnika sohasining mutaxassislariga paketda ishlash yengil bo‘lishi uchun funksiya kutubxonasi bo‘limlarga bo‘lingan. Umumiy o‘ziga xos harakterli model va funksiyalar «Matlab» paketi asosiy yadrosi tarkibiga kiradi. Aniq sohafa xos model va funksiyalar kengaytirilgan paket(Toolboxes) tarkibiga kiritilgan. Shunday qilib, «Matlab» birinchi navbatda matematik modellashtirish vositasidit. U ilm va texnikaning barcha ko‘zga ko‘ringan sohalarida analiz va sintez nuqtai nazaridan tadqiqot ishlarini olib borishni ta’minlaydi. Bunda paket tuzilishi model yaratishdagi ikkita asosiy bo‘lgan analitik va imitatsion yondashuvlarni samarali qo‘shish imkonini beradi. Matlab dasturlash tili yoki Matlab tili–ma’lumotlarni matritsa ko‘rinishida berilishi, hisoblash imkoniyatlari va grafik vositalarining kengligi nuqtai nazaridan olganda, yuqori darajali algoritmik til hisoblanadi. Shu o‘rinda, Matlab tili faqat Matlab muhitida dasturlar yaratish va ishlatish uchun xizmat qiladi. Foydalanuvchilarni Matlabda yaratiladigan barcha dasturlari diskda saqlanadi va m kengaytmaga ega, shu sababli ular m-fayllar deyiladi. m-fayllar ikki turga bo‘linadi: function va script m-fayllardir. m–fayllar yaratishda Matlab tilining quyidagi qoidalariga amal qilinishi lozim: o‘zgaruvchilar e’lon qilinmaydi, metkalar ishlatilmaydi, shartsiz o‘tish operatori go to ishlatilmaydi, dastur tugallanganligi qayd qilinmaydi.
|
| |