EXACT AND NATURAL SCIENCES
SCIENTIFIC REPORTS OF BUKHARA STATE UNIVERSITY 2023/11 (105)
127
dissertatsiyasida o‘quv jarayoni subyektlarining axborot almashinuvi modellari sharoitida axborotning o‘zaro
ta’sirini optimallashtirish asosida dasturlashni o‘qitishda tabaqalashtirilgan yondashuvni yaratish usulini
yoritib bergan [1]. I.A. Gazeykina “Bo‘lajak informatika o‘qituvchisiga dasturlashni o‘qitish” bo‘yicha
tadqiqot olib borgan. U talabalarning yakuniy nazorat ishlari hamda olimpiadadagi ishtirokini tahlil qilgan
holda bo‘lajak informatika o‘qituvchilarini obyektga yo‘naltirilgan ta’lim asosida o‘qish hamda bir necha
dasturlash tillarini qo‘llashga o‘rgatish, ularning kasbiy tayyorgaligini rivojlantirishi, hamda mantiqiy va
algoritmik fikrlashni yaxshilashlari, metodik kompetentligini oshirishini ta’kidlab o‘tgan [2].
V.V.Kalitina “Dasturlashni o‘qitishda axborot texnologiyalari yo‘nalishi bakalavrlarining dasturiy va
algoritmik kompetentsiyasini shakllantirish” dissertatsiyasida bakalavrlarni dasturlash bo‘yicha o‘qitish
modelini ishlab chiqgan. Uning protsessual bosqichlaridan quyidagilarni aniqlagan: aqliy algoritmik
sxemalarni shakllantirish bosqichi; algoritmik sxemalarni shakllantirish bosqichi model tasvirlari; algoritmik
kontseptual tasvirlarni shakllantirish bosqichi [3].
Oliy ta’limda dasturlash tillarini o‘qitishni takomillashtirish bo‘yicha ham salmoqli ishlar amalga
oshirilgan. Ushbu tizimni rivojlantirish bo‘yicha quyidagi olimlar tadqiqot olib borgan: Y. V. Kasyanova
Oliy ta’limda dasturlash tillarini o‘qitishning usul va vositalari [4], Pushkaryova tomonidan dasturlash tilini
o‘qitishning vizuallashgan metodologiyasi [5], A.A.Golubnichiy tomonidan dasturlashni o‘qitishning
zamonaviy usullari va vositalari [6] tadqiq qilingan.
Yangi dasturlash tillariga moslashish dasturchilarga umuman algoritmik fikrlash va dasturlash
tamoyillarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Har bir dasturlash tilining o‘ziga xos turlari tizimi, xotira
bilan ishlash usullari, kodni tuzish yondashuvlari va boshqalar mavjud. Turli tillarni o‘rganish va
o‘zlashtirish dasturchilarga dunyoqarashini kengaytirish va ko‘nikmalarini rivojlantirish imkonini beradi.
Talabalar ma’lum bir dasturlash tilini o‘rganganda ularda algoritmik fikrlash shakllangan bo‘ladi.
Ikkinchi dasturlash tilini o‘rganishda avval egallangan bilim, ko‘nikmalarga tayanish muhim hisoblanadi.
Masalan, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” ta’lim yo‘nalishi talabalariga C++ dasturlash tilidan so‘ng
Python o‘rgatiladi. Ikkinchi tilni o‘rgatishda avval ushbu tillar sintaksisidagi umumiy o‘xshashlik va farqini
ko‘rsatib berish lozim. Bunda Pythonda o‘zgaruvchilar va ularning tipi oldindan e’lon qilinmasligi va
Pythonda kod joylashuvi tabulyatsiyalarni inobatga olinishi aytib o‘tiladi.
Shundan so‘ng pythondagi va C++ dagi o‘xshash buyruqlar taqdim qilinadi (1-jadvalga qarang).