|
/
(faqat int tipi uchun 5/3 natija:2
)
// /
(faqat int tipi uchun 5/3 natija:2
)
//
(barcha sonli tiplar uchun
5.0//3 natija:2)
Bitta qiymat ortirish
x++
x=x+1
Bitta qiymat kamaytirish
x--
x=x-1
Darajaga ko‘tarish
pow(asos, daraja)
(ya’ni pow(a,b) )
asos**daraja
(ya’ni a**b)
Mantiqiy va operatori
&&
( a && b)
And
( a and b)
Mantiqiy yoki operatori
|| ( a || b)
or ( a or b)
Mantiqiy emas operatori
!
( !a )
not
( not a )
Ternar operator
?:
( a?b:c a ifoda rost bo‘lsa b ifoda
ishlaydi aks holda ifoda ishlaydi )
if else
( if a:
b
else:
c )
Ushbu operatorlar ishtirokida ham dasturlar tuziladi. Asosiy farqlar muhokama qilingandan so‘ng,
differensial yondashuv asosida Pythonning yanada murakkab jihatlariga yo‘naltirish orqali vazifalarning
murakkabligi va yangi materiallar hajmi asta-sekin oshiriladi. Asosiy funksiyalar va ma’lumotlar
tuzilmalaridan boshlab, so‘ngra obyektga yo‘naltirilgan dasturlash, shablonlar va boshqa murakkab
tushunchalar o‘rgatiladi.
Differensial yondashuvning mohiyati talabalarga oddiy va asosiy tushunchalardan boshlab ma’lumot
yoki vazifani taqdim etish, so‘ngra yanada murakkab va ixtisoslashganlarga o‘tishdir. Ushbu yondashuvning
afzalligi shundaki, u talabalarga yanada murakkab materiallarga o‘tishdan oldin asosiy bilim va
ko‘nikmalarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish va o‘rnatish imkonini beradi. Differensial yondashuv
talabaning bilim darajasi va qiziqishiga ko‘ra guruhlarga ajratish va bilim darajasi past bo‘lgan talabaga o‘z
bilimlarini yetarli darajaga ko‘tarish hamda aksincha, bilimi yuqori talabaga qiziqishini saqlagan holda
ta’limni davom ettirish imkonini beradi. Bu talabalarga asosiy tushunchalarni anglashni kuchaytirishga va
undan murakkabroq bilimlarni shakllantirishga yordam beradi, shuningdek, o‘rganishning keyingi
bosqichlarida materialni tushunish va o‘zlashtirish bilan bog’liq muammolarning oldini oladi. Shuningdek,
murakkablikning o‘zgaruvchan darajasi talabalarni rag’batlantirishga va o‘quv jarayoniga qiziqishini saqlab
qolishga yordam beradi.
Natijalar.
C++ tilini o‘rgangan talaba uchun Python dasturlash tilini o‘rganish o‘ziga xos sususiyatga
ega. Python sintaksisi C++ dan farq qiladi, u sodda va intuitiv. Python ixcham sintaksisga ega, kod bloklarini
aniqlash uchun maxsus qavslar o‘rniga bo‘sh joylardan foydalanadi va o‘zgaruvchilar turlarini aniq e’lon
qilishni talab qilmaydi. Bu kod yozishni osonlashtirishi va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi.
C++ dan farqli o‘laroq, Python xotirani avtomatik ravishda boshqaradi, ya’ni talaba endi xotirani
dinamik ajratish va bo‘shatish haqida tashvishlanmasligi mumkin. Bu dasturlashni soddalashtirishi va xotira
hajmini hamda xatolar ehtimolini kamaytiradi.
Python ko‘plab foydali modullar va funksiyalarni ta’minlaydigan keng standart kutubxonaga ega.
Talaba ushbu kutubxonadan fayllar bilan ishlash, satrlarni qayta ishlash, tarmoq bilan ishlash va boshqalar
kabi turli xil vazifalarni bajarish uchun foydalanishi mumkin.
Python "kodni o‘qish" falsafasiga amal qiladi. Uning sintaksisi va tuzilishi kodning tushunarliligi va
ravshanligiga hissa qo‘shadi, bu esa uni yangi boshlanuvchilar uchun qulayroq qiladi va jamoada ishlashda
hamkorlikni yaxshilaydi. Bu, ayniqsa, dasturlash bo‘yicha tajribaga ega bo‘lgan va yaxshi o‘qiladigan kod
yozish ko‘nikmalarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan talabalar uchun foydali bo‘lishi mumkin.
https://buxdu.uz
|
| |