23-Mavzu Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. Havo o’chirgichlari




Download 199.37 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.03.2024
Hajmi199.37 Kb.
#170611
Bog'liq
23-Mavzu Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. Havo o’chirgichlari
RIZAYEV MUSATQIL ISH 1, 2 5361614980783284103, 18e2aec70efa29c92081a1d132c2432b Adabiyotshunoslikka kirish, temur diplomatiyasi 7- ozbek www.sadikov.uz , 3-Ма\'ruza EvаS2 21-22, Name of participants, 4-kurs 03.10.2022, Oqilov Akmal, Mavzu Geofazoviy ma’lumotlar tahlili. Bajardi 114-guruh Sayitm, 1-5гача, Документ Microsoft Office Word, fano, ota-xavfli-yuqumli-kasalliklar-va-ularning-tarqalishini-oldini-olish-chora-tadbirlari, Laplas almashtirish va uning xossalari Reja Laplas to‘g‘ri alma, Mustaqil ish mavzulari (1)


23-Mavzu
Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. 
Havo o’chirgichlari
Havo o’chirgichlarda elektr yoyi siqilgan havo oqimi yordamida so`ndiriladi. 
Tok o`kazuvchi qismlarning izolyatsiyasi esa chinni, shisha, polimer yoki boshqa 
qattiq izolyatsiyalovchi materiallar qo`llab bajariladi. 
Havo o’chirgichlarining afzalliklari: yong`in va portlashga xavfsiz, tez 
ishlashi, yuqori uzish qobiliyatiga egaligi, tez ishlovchi avtomatik qayta ulash APV 
ni amalga oshira olishi, yoy so`ndiruvchi kontaktlarni kam eyilishi, tashqariga va 
ichkariga o`rnatishga yaroqliligi, tannarxi nisbatan arzonligi, ta’mirlash 
qulayligidadir. 
Havo 
o’chirgichlarning 
kamchiliklari: 
kompressor qurilmasi bo`lishining zarurligi, qator 
detal 
va 
qismlarning 
konstruksiyasining 
murakkabligi, qimmatligi. 
Havo o’chirgichlarida elektr yoyi maxsus yoy 
o`chiruvchi 
qurilma 
DU 
(dugogasitel’nie 
ustroystva)larda o`chiriladi. DUlar ichida yoy 
ustuniga katta tezlik bilan harakatlanuvchi havo 
oqimi bilan purkab, yoy o`chiriladi. 
110 kV kuchlashga mo`ljallangan ajratkichli 
havo uzgichining umumiy ko`rinishi 12.1-rasmda 
keltirilgan. 
Jixozning tagida boshqaruv qutisi 6, siqilgan 
havo to`ldirilgan g`ilof-bak 7 o`rnatilgan. Uzgich 
tashqi ochiq rezistiv bo`lgich 5 ga ega. Uzgichda 
ikkita yoy o`chirish qurilmasi 1 va ajratgich 
pichoq 3 bo`lib, ular chinni izolyator 4 ga 
o`rnatilgan va izolyator 2 yordamida yerdan 
izolyatsiyalangan. Izolyator 2 ning ichida yoy 
o`chirish qurilmasini siqilgan havo bilan 
ta’minlovchi asosiy havo uzatkichi va ajratgich 
pichoq 3 ni harakatini ta’minlovchi yordamchi havo uzatkichi joylashtirilgan. Yoy 
o`chirishni sifatli bajarish uchun yoy o`chirish qurilmasida o`rnatilgan kontaktlar 4 
oralig`ining uzunligi optimal miqdorda olinadi. Bu oralik tiklanuvchi kuchlanishni 
ushlab qolishga ojiz bo`lib, kontakt 4 zanjiri uzilgach, ajratgich pichoq 3 ham zarur 
elektr mustahkamlikni ta’minlovchi masofaga ko`tariladi. Shundan so`ng kontakt 4 
qayta ulanadi. 
Ochirgichning ulanishi ajratgich pichoq 3 yordamida bajariladi. Uzgichga 
kuchlanish kontakt 8 orqali kirib, kontakt 9 orqali chiqib ketadi. Tashqi ochiq havoda 
ishlovchi uzgichilar yomg`ir, qor va muzlash kabi tabiat sharoitlarida ishonchsiz 
ishlashi sababli zarur bo`lganda yopiq jixozlardan foydalanishga to`g`ri keladi. 
Kuchlanishi 110 kV yopiq havo uzgichining umumiy ko`rinishi 12.2a-rasmda 
keltirilgan. Jixozning nominal toki 2000 A, o`chirish toki 31,5 kA, to`la o`chirish 
vaqti 0,06 soniya, to`la ulash vaqti 0,2 soniya, nominal bosim 2,0 MPa. 
12.1-rasm. 110 kV kuchlashga 
mo`ljallangan ajratkichli havо 
uzgichining umumiy ko`rinishi. 


Jixozning tagida boshqaruv qutisi 1 va siqilgan havo to`ldirilgan yordamchi 
g`ilof-bak o`rnatilgan. Asosiy po`lat g`ilof-bak 3 tayanch izolyatori 2 ning ustiga 
joylashtirilgan. Asosiy g`ilof-bak 3 ning ichida ikki juft uzish kontaktlari va ikkita 
shuntlovchi rezistorlar o`rnatilgan. Jixozning kirish va chiqish polyuslari chinni 
pokrishkalar 4 yordamda o`rnatib qo`yilgan. Pokrishkalar 4 ichida epoksiddan 
yasalgan kirma izolyatorlar joylashtirilgan. Juft kontaktlar orasida kuchlanishni teng 
taqsimlash uchun kondensatorlar 5 dan foydalanilgan. Jixozning elektr sxemasi 
12.2b-rasmda keltirilgan. 
Uzgichda nominal tok va qisqa tutashuv toklari asosiy kontaktlar 6 dan o`tadi. 
Asosiy kontaktlar 6 ga parallel ravishda yordamchi kontaktlar 7 o`rnatilgan. 
Yordamchi kontaktlar 7 shuntlovchi rezistorlar 8 bilan ta’minlangan. 
Shuntlovchi rezistor 8 qarshiligi 2x200 Om dan tuzilgan. Oradan 0,03

0,035 
soniya o`tgach, kontaktlar 7 ham uziladi. Bunda uzish tokining qiymati rezistor 8 
ning qarshiligi bilan belgilanadi va kichikroq tok o`chiriladi. Tokni bunday ikki 
bosqichli o`chirilishi jixoz ishini o`chiriluvchi zanjirda kuchlanish tiklanishi bilan 
bog`lanishdan xoli qiladi. 
12.2-rasm. 110 kV yopiq havo uzgichi: a) umumiy ko`rinishi; b) elektr sxemasi; 1-
boshqaruv qutisi; 2-tayanch izolyator; 3-bak; 4- chinni pokrishkalar; 5- 
kondensatorlar; 6- asosiy kontaktlar; 7- yordamchi kontaktlar; 8- shuntlovchi 
resistor. 
O`chirishga o`chirish buyrug`i berilgach, avvalo, kontaktlar 6 uziladi va hosil 
bo`lgan elektr yoyi havo oqimi bilan puflab o`chiriladi. 

Download 199.37 Kb.




Download 199.37 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



23-Mavzu Yuqori kuchlanishli ochirgichlar. Havo o’chirgichlari

Download 199.37 Kb.
Pdf ko'rish