|
24-Ma’ruza Kvant optikasi Reja
|
bet | 2/5 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 107,52 Kb. | | #112382 |
Bog'liq 24-Ma’ruza Kvant optikasi RejaFotoeffekt
Absolyut qora jismning issiqlik nurlanishini yorqin tushuntirgan Plank gipotezasi, fotoeffekt xodisasini ham tushunib yetishda o‘z ifodasini topdi va u kvant nazariyasini shakllantirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Fotoeffekt – tashqi, ichki va ventilli bo‘lishi mumkin.
Elektromagnit nurlanish ta’sirida moddalardagi elektronlarning tashqariga chiqish xodisasi tashqi fotoelektrik effekt (fotoeffekt) deb ataladi. Tashqi fotoeffekt asosan qattiq jismlarda (metallar, yarimo‘tkazgichlar, dielektriklar), hamda gazlardagi alohida atom va molekulalarda (fotoionlashish) kuzatiladi.
Fotoeffekt Gers tomonidan 1887 yilda birinchi marta kuzatilgan. U, gazlarni uchqun chiqish davrida ultrabinafsha nurlanish bilan nurlatganda razryad jarayonining kuchayishini kuzatgan.
Fotoeffekt xodisasini birinchi marta Stoletov mukammal o‘rgangan. Fotoeffekt xodisasini o‘rganuvchi qurilma tuzilishi 6- rasmda keltirilgan.
Vakuum trubkadagi К-elektrod katod deb ataladi va u tekshirilayotgan xar xil metallardan tayyorlanadi.
А– elektrod anod deb ataladi va metall to‘rdan iborat bo‘ladi. Ikkala elektrod tashqi kuchlanishga ulangan bo‘lib, R o‘zgaruvchan qarshilik (potensiometr) yordamida kuchlanish qiymati va ishorasini o‘zgartirish mumkin. O‘rganiladigan metall (katod) monoxromatik yorug‘lik bilan yoritilganda xosil bo‘ladigan tokni zanjirga ulangan milliampermetr orqali o‘lchash mumkin. O‘tkazilgan tajribalar natijalariga asoslanib Stoletov quyidagi qonuniyatlarni o‘rnatdi:
1) metallardagi fotoeffekt xodisasiga ultrabinafsha nurlar ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi;
2) yorug‘lik ta’sirida moddalar asosan manfiy zaryadlarni yo‘qotadi;
3) yorug‘lik ta’sirida xosil bo‘ladigan tok kuchi uning jadalligiga to‘g‘ri proprsionaldir.
6 – rasm. Fotoeffekt xodisasini o‘rganuvchi qurilma
Tompson 1898 yilda yorug‘lik ta’sirida chiqadigan zarrachalarning solishtirma zaryadini o‘lchadi va ular elektronlardan iborat ekanligini isbotladi.
Yarimo‘tkazgich yoki dielektriklarning energetik spektridagi bog‘langan energetik holatlardan erkin energetik holatlarga elektromagnit nurlanish ta’sirida elektronlarning o‘tishi -
|
| |