• 3. Yorug‘likning sochilishi va uning mexanizmi. Mavzular mazmuni: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar
  • Yorug‘likning qutblanishi
  • Tayanch iboralar
  • 24 ma’ruza. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar reja: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘likning qutblanishi




    Download 497.89 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana10.05.2023
    Hajmi497.89 Kb.
    #58121
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    4 maruza
    MAZMUNI, Matlab 1



    24 - ma’ruza.
    MODDALARDA ELEKTROMAGNIT TO‘LQINLAR
    Reja: 
    1. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar.
    2. Yorug‘likning qutblanishi
    3. Yorug‘likning sochilishi va uning mexanizmi.
     
    Mavzular mazmuni: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘lik to‘lqinlarining 
    muhit bilan o‘zaro ta’sirlashishi. Yorug‘lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya. 
    Yorug‘lik dispersiyasining klassik elektron nazariyasi. Spektral analiz haqida tushuncha.
    Yorug‘likning yutilishi. Yutilish spektri. Buger qonuni.
    Yorug‘likning qutblanishi. Qutblagichlar. Malyus qonuni. Yorug‘likning ikki muhit 
    chegarasidan qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni. Nurlarning ikkilanib sinish 
    hodisasi. Kristallooptika elementlari. Elektrooptik va magnitooptik hodisalar. Yorug‘likning 
    sochilishi va uning mexanizmi.
    Tayanch iboralar: modda, elektromagnit, to‘lqin, yorug‘lik, dispersiya, spekt, 
    qutblagich, qaytish, sinish, kristallooptika, elektrooptik, magnitooptik. 
     
     1. Dispersiya so'zi lotincha dispersio — sochilish so'zidan olingan. 
    Yorugiik dispersiyasini birinchi bo'lib kuzatgan kishi ingliz fizigi I.Nyuton 
    hisoblanadi. U oq yorug'lik dastasini shisha prizma orqali o'tkazib, ekranda turli 
    ranglar ketma-ketligidan tashkil topgan spektrni kuzatdi. I.Nyuton oq yorug'lik 
    yetti xil -qizil, pushti, sariq, yashil, havorang, ko'k va binafsharanglardan 
    iboratligini aniqladi. Prizmadan o'tgan oq yorug'likning turli ranglarga ajralib 
    ketishi dispersiyaning natijasidir. 
    Dispersiya deb, muhitsindirish ko'rsatkichiningyorug'lik to'lqin uzunligiga 
    (chastotasiga) bog'liqligiga aytiladi. 
    Shunday qilib, dispersiya hodisasi yorug'likning to'lqin tabiati asosida tushuntirish 
    mumkin boigan hodisalardan biri bo'lib, unda to'lqin uzunligi muhim rol o'ynaydi. 
    Yorug'lik dispersiyasining tabiati. Vakuumda istalgan to'lqin uzunlikli 
    elektromagnit toiqinlarning tarqalish tezligi bir xil (c = 3 • 10
    8
    m/s), moddalarda 
    esa to'lqin uzunligiga bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham oq yorug'lik tarkibiga 
    kiradigan turli ranglarga mos 
    keluvchi 
    to'lqinlar 
    uchun 
    muhitning sindirish ko'rsatkichi 
    ham 
    farq 
    qiladi. 
    Natijada 
    prizmadan o'tish paytida turli 
    ranglar 
    turlicha 
    sindirish 
    ko'rsatkichiga uchraydi, turlicha 
    sinadi va bir-biridan ajralib chiqadi. 
    Shuni ta'kidlash lozimki, dispersiya hodisasi nafaqat prizmada, balki juda ko'p 
    boshqa hollarda ham kuzatiladi. Masalan, quyosh nurlarining atmosferada hosil 



    bo'ladigan suv tomchilarida sinishi lining rangli nurlarga ajralishiga, ya'ni 
    kamalakning hosil bo'lishiga olib keladi. 
    Normal dispersiyada to'lqin uzunligi ortishi bilan muhitning sindirish 
    ko'rsatkichi kamayadi. Shuning uchun ham spektrning yuqorisida eng katta to'lqin 
    uzunlikli qizil, pastida esa eng kichik to'lqin uzunlikli binafsha ranglar joylashadi. 
    Boshqa ranglar ham shu tartibda, to'lqin uzunliklarning kamayib borishiga muvofiq 
    joylashgan. 
    Dispersiyaning ahamiyati. Dispersiya hodisasining kashf qilinishi yorug'likning 
    tabiati, umuman olganda, nurlanish yordamida moddalarning tuzilishi to'g'risida 
    muhim ma'lumotlar olishga imkon berdi. 
    Bundan tashqari, ranglar to'g'risida olingan ma'lumotlar bezash ishlarida, kerakli 
    ranglarni tanlashda muhim rol o'ynaydi. Boshqacha aytganda, kerakli bo'yoqni turli 
    ranglarni qancha hissada qo'shib hosil qilishni aniqlash mumkin.

    Download 497.89 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 497.89 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    24 ma’ruza. Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar reja: Moddalarda elektromagnit to‘lqinlar. Yorug‘likning qutblanishi

    Download 497.89 Kb.
    Pdf ko'rish