|
Masofaviy ta’lim tizimida ochiq LMS va LCMS haqida tushuncha
|
bet | 4/10 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,41 Mb. | | #157660 |
Bog'liq 25-mavzu2. Masofaviy ta’lim tizimida ochiq LMS va LCMS haqida tushuncha.
Quyida maosafaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi erkin va ochiq kodli LMS dasturiy majmualarning nomlari va ularning asosiy imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumotlarni bayon qilamiz.
Atutor - Ochiq kodli ta’lim jarayonini boshqaruvchi LMS tizimi hisoblanadi. Tizimda mavjud o‘qitish modullari: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work, Student tracking va boshqa modullari mavjud. Tizim bir nechta standartlarni qo‘llab quvvatlaganligi sababli, internet orqali jismoniy nuqsonga ega bo‘lgan o‘quvchitalabalar tizim orqali o‘quv resurslardan foydalanishlari mumkin. Xususan ko‘zi ojiz talabalar maxsus veb ilovalar orqali tizimga bog‘langan holda o‘quv kontentdagi so‘zlarni audio formatda utkazgan holda tinglashi mumkin. O‘quv modulini yozish vaqtida Atutor dasturiy majmuasining barqaror versiyasi 24.1. Tizimning shaxsiy saytida 20 dan ortiq har hil modullar mavjud.
Tizimning rasmiy internet manzili: http://atutor.ca/atutor/
1-rasm. Atutor o’quv kursini oynasi.
Claroline – Erkin va ochiq kodli masofaviy o‘quv kurslarni tashkillashtirish imkoniyatini beruvchi Webga orientatsiyalangan dasuriy majmua hisoblanadi. Tizim Luvenadagi (Belgiya) katolik universitetining pedagogika va mul’timedia institutida yaratilgan. Dasturiy majmuadan foydalanish GNU (General Public License) asosida amalga oshiriladi ya’ni bepul foydalanish mumkin. Tizim ishlashi uchun serverda PHP/MySQL/Apache larni o‘rnatilishi talab qilinadi. Windows 98 va NT, Mandrake Linux8.1 muhitiga o‘rnatilgan EasyPHP tizimda tizim testdan o‘tkazilgan. Claroline dasturiy majmuasidan 80dan ortiq davlatlarda foydalanishadi va 30 dan ortiq tillarga (dastur interfeysi) tarjima qilingan. Tizim 2000 dan ortiq talabalarni bir vaqtning o‘zida qabul qilishi mumkin.
Claroline dasturiy majmuasi masofaviy ta’lim jarayonini tashkillashtirish uchun talab qilinadigan barcha talablarga javob beradi xususan, foydalanuvchilarni ruyihatdan o‘tkazish, tizimda foydalanuvchilarning (fan o‘qituvchisi, o‘quvchi va mehmon) rollarini administrator tomonidan belgilashi, o‘quv kurslarni yaratish, ularning tarkibini tahrirlash, talabalar bilimini nazorat qilish, monitoring olib borish, nazorat natijalarini tahlil qilish, tizim ichida foydalanuvchilar o‘rtasida kommunikatsiya elementlaridan (chat, forum, qisqa xabarlar jo‘natish modullaridan) foydalanish va boshqarish imkoniyatini beradi.
Tizimda boshqa LMSlar singari qo‘yidagi ko‘rsatilgan o‘qitish modullari mavjud: Forums, Materials, Messenger, Chat, Exercises, Group work , Student tracking, Kalendar, Viki va boshqa modullari mavjud. Boshqa LMS lar singari IMS va SCORM standartlarni qo‘llab quvvatlaydi. Claroline dasturiy majmuasining imkoniyatlaridan demonstratsiya rejimida foydalanib ko‘rish mumkin, buning uchun http://demo.claroline.net/ havolasiga murojat qilib, tizimga har xil rollarda (administrator, fan o‘qituvchisi, o‘quvchi) kirib tizimning imkoniyatlari bilan tanishib chiqishi mumkin.
O‘quv modulini yozish vaqtida tizimning barqaror versiyasi Claroline 1.11.8. Tizimning rasmiy internet manzili: http://www.claroline.net
|
| |