|
25-mavzu. Masofaviy ta’lim texnologiyasi. Reja: Masofaviy ta’limning mohiyati
|
bet | 1/10 | Sana | 16.02.2024 | Hajmi | 2,41 Mb. | | #157660 |
Bog'liq 25-mavzu
25-mavzu. Masofaviy ta’lim texnologiyasi.
Reja:
1. Masofaviy ta’limning mohiyati.
2. Masofaviy o’qitish modellari va ularning turlari.
3. Masofadan o’qitish tizimi tashkil qilish texnologiyasi.
4. Online asosida ta’lim olishning afzalliklari va cheklovlari.
Tayanch so’z va iboralar: Masofaviy ta’lim, elekton o‘qitish tizim, elektron ta’lim, server, LMS (Learning Menegment System), CMS (Conect Menejment System), elektron nazorat, elektron kutubxona, IP adres, dasturiy majmua, Atutor, Claroline, GNU (General Public License), dastur interfeysi.
25.1. Masofaviy ta’limning mohiyati.
Ta’lim tizimida o’quv jarayonini yangidan isloh qilish, yangi axborot texnologiyalariga asoslangan o’qitish usullarini ishlab chiqish, ularni keng joriy qilish bugunning talabidir. Bunda masofaviy ta’lim tizimini joriy qilish maqsadga muvofiqdir. Internetning jadal rivojlanishi butun dunyo ta’lim tizimiga yangi “masofaviy ta’lim” yonalishini olib kirdi.
O‘quv jarayonini masofaviy yoki elektron shaklida tashkil etish uchun ta’lim jarayonini boshqaruvchi tizimlar LMS (Learning Management Systems) ishlatiladi.
Masofaviy ta’lim – masofadan turib o‘quv axborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o‘qituvchi maxsus axborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chet ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi ta’lim majmuasidir.
Elekton o‘qitish tizimi – zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalari asosida tashkil etiladigan o‘qitish tizimi.
Elektron ta’limni amalga oshirishda qo‘yida ko‘rsatilgan bosqichlar asosida amalga oshirish mumkin:
1-bosqich: Tahlil
2-bosqich: Loyihalashtirish
3-bosqich: Joriy qilish
4-bosqich: O‘quv kontentlarini yaratish
5-bosqich: Ishga tushirish
6-bosqich: Rivojlantirish
1-bosqichda o‘quv muassasining elektron ta’lim jarayoniga bo‘lgan ehtiyojlari, ta’lim jarayonida qatnashayotgan foydalanuvchilarning soni, o‘qitish usullari va shakllari, loyihani amalga oshirishda kerak bo‘ladigan texnik, dasturiy va inson resurslari, loyihani iqtisodiy asoslari tahlil qilinadi.
2-bosqichda tahlillar natijasida amalga oshiriladigan ishlar ko‘lami va texnik topshiriq loyihalashtiriladi.
3-bosqichda tanlangan elektron ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuaa tegishli serverda o‘rnatiladi, tizimga tegishli domen tanlanadi. Elektron ta’lim jarayonini boshqaruvchi dasturiy majmuasidan foydalanish va unga texnik qo‘llab quvvatloshchi ishchi xodimlarni o‘rgatish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar tashkillashtiriladi.
4-bosqichda elektron ta’lim jarayonining asosiy elementlari va o‘quv kontentlar o‘quv bo‘limi va soha mutaxasislari bilan hamkorlikda yaratiladi. YAratilgan o‘quv kontentlar eskpertlar tomonidan tekshiriladi.
5-bosqichda elektron ta’lim o‘quv jarayoniga tadbiq etiladi. Ta’lim jarayoni elektron tizimda doiymiy nazoratda bo‘ladi. Tizimdagi havfsizlik choralari monitoring qilib boriladi.
6-bosqichda yuqorida keltirilgan bosqichlarda mavjud bo‘lgan kamchiliklar to‘g‘rilanadi, yangi o‘quv kurslar yaratiladi, texnik imkoniyatlar kengaytiriladi, tizimning rivojlanishiga tegishli bo‘lgan ishlar ko‘lami bajariladi.
Masofaviy ta’lim tizimini tashkil qilishda LMS (Learning Menegment System) va CMS (Conect Menejment System)lardan foydalanish orqali amalga oshirish mumkin.
LMS tizimlari elektron ta’limni tashkil etishning asosiy funksiyalarini o‘z ichiga oladi. Bunday funksiyalarga o‘quvchilarning(o‘qituvchilarning, kurs yaratuvchi pedagoglarni va boshqa roldagilarni) ro‘yihatga olishi, foydalanuvchilarni o‘quv kurslardan chetlashtirish, o‘quvchilarning mustaqil ta’lim olish muhitini yaratish, o‘quvchi va o‘qituvchilarning o‘zaro individual yoki/va guruh bo‘lib hamkorlikda ishlashini tashkil etish, guruhlar yaratish va ularni boshqarish, oraliq, joriy va yakuniy nazoratlarni tashkillashtirish va elektron nazorat turlarini yaratish (elektron nazorat turlariga yopiq turdagi test, ochiq turdagi nazorat, moslikni topishga oid, ketmaketlikni to‘g‘ri joylashtirish, bo‘sh qoldirilgan joyni to‘ldirish va boshqa turlari kiradi), har-xil turdagi ijtimoiy so‘rovlar tashkillashtirish, o‘quvchilarning bilim darajasini monitoring qilish, sertifikatlar (diplomlar) berish imkoniyati, elektron axborot resurslarini (elektron kutubxonalar) tashkillashtirish, elektron o‘quv resurslarini eksport/import qilish imkoniyatlari, tizim foydalanuvchilarining (o‘quvchilar, o‘qituvchilar(tyutorlar), kurs yaratuvchi pedagoglarning) tizimga qachon, qancha vaqt davomida o‘quv kontentlar bilan tanishganligi, qaysi IP adres orqali kirganligini (bu esa qaysi davlatdan tizimga kirganligini aniqlashga yordam beradi), brauzer va qaysi operatsion tizim orqali kirganligi, tizimda mavjud fodalanuvchilarning aktivligini maxsus grafiklar orqali monitoring qilish imkoniyati, o‘qituvchi(tyutor) (yoki elektron kurs yaratuvchi pedagoglar) tomonidan elektron o‘quv resurslarni yaratishi, Authoring toolslarda SCORM, TinCan yoki boshqa standartlar asosida yaratilgan elektron o‘quv resurslarini yuklashi, o‘quvchilarning boshqa o‘quvchilar/o‘qituvchilar bilan (CHat, Forum, videokonferensiya, umumiy elektron doskalar yoki tizimning ichki/tashqi xabarlar almashish moduli orqali) muloqatini tashkillashtirish, o‘quv jarayonida bo‘ladigan yangiliklarni barcha foydalanuvchilarga ommaviy xabar yuborib turuvchi modullarning mavjudligi, iqtisodiy va marketingga oid operatsiyalarni boshqarish va boshqa imkoniyatlarni sanab o‘tish mumkin.
|
| |