26-Laboratoriya mashg‘ulot Ikki qanotlilar turkumi bilan tanishish Kerakli jihozlar




Download 46.27 Kb.
bet1/8
Sana03.04.2024
Hajmi46.27 Kb.
#186563
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Ikki qanotliar turkumi
карантин з-далар, Мавзу-3 (1)

26-Laboratoriya mashg‘ulot
Ikki qanotlilar turkumi bilan tanishish


Kerakli jihozlar: hasharotlarni aks ettiruvchi ko‘rgazma rasmlar va darsliklar.
Tanishish ob’ekti: g‘umbaklik, kapalaklik va tuxumlik davrlarini aks ettiruvchi ko‘rgazma rasmlar, xo‘l preparatlar.
Ishning tartibi: Ikki qanotlilar yoki pashshalar-Diptera turkumi katta va eng yuqori takomillashgan hisoblanib, 80 mingtagacha turi ma’lum, jumladan MDH da 20 mingga yaqin turi uchraydi. O‘zbekiston sharoitida uchraydigan turlari ko‘p va xilma-xil ekologik gruppalarga mansub. Bularda bir juft pardasimon oldingi qanotlari bor. Bosh qismi juda harakatchan o‘rnashgan, og‘iz organlari xartumcha shaklida so‘rishga yoki yalashga moslashgan. Ko‘krak qismi hajmli, kuchli taraqqiy etgan, o‘rta ko‘krak va u bilan zich yopishgan kichkina oldingi va orqa ko‘kraklardan tashkil topgan. Lichinkalari oyoqsiz, qisman turlarida boshi reduksiyalashgan. G‘umbagi ancha turlarida soxta pilla ichida bo‘ladi.
Tanasi har xil kattalikda, bosh qismi ko‘pincha sharsimon, ko‘krak bilan ingichka bo‘yin orqali birlashgan va harakatchan. Boshining katta qismini fasetik ko‘zlar ishg‘ol etadi va ko‘p turlarida, erkak individla- rida bir-biriga yondoshgan. Boshining oldingi ko‘zlar oralig‘idagi qismi peshona (mo‘ylovlar tepasi) va betdan (mo‘ylovlar pasti) iborat. Peshona boshning yuqori tomonini tashkil qiladi va orqa tomonidan bosh tepasi uch burchagi bilan chegaradosh. Mo‘ylovlari asosan ikki tipdadir. Ko‘p bo‘g‘imli — uzun va uch bo‘g‘imli qisqa.
Og‘iz apparati xartumchadan iborat, oziqlanish usuliga ko‘ra uning tuzilishi har xil. Xartumcha tarkibiga turli qismlar kiradi, ular ba’zilarida reduksiyalashgan yoki butunlay yo‘qolib ketgan. Ustki lab cho‘- ziq, uning ostida joylashgan uzun va ingichka tupuk og‘iz apparati doimiy komponentlardir.
Uzun mo‘ylovlilardan: chivinlarda, pashshalarda va boshqalarda, qisqa mo‘ylovlilardan: so‘nalar, qon so‘ruvchi formalarda og‘iz bo‘laklari yig‘indisi to‘laroq tuzilgan. Masalan, qon so‘rar chivinlar og‘iz bo‘laklari sanchib so‘ruvchi tipda tuzilgan bo‘lib, qandalalar va teng qanotlilarnikiga o‘xshaydi. Yuqori va pastki jag‘lari sanchuvchi 4 ta qilchaga aylangan, yuqori labi naychali, yonbosh chetlari pastga qarab qayrilgan va surilayotgan oziqning o‘tishiga xizmat qiladi. Bu hamma ishchi organlar xalqum osti bilan birga pastki lab ichiga joylashadi, bu lab esa sanchishda katnashmaydi va bunday paytda tirsaksimon orqaga bukilib turadi. So‘nalar og‘iz bo‘laklari shu tartibda tuzilgan: qisqaroq va yo‘g‘onroq, baquvvat, sanchib-qirquvchi organga aylangan. So‘rish kanalini bu yerda yuqori lab bilan yuqori jag‘lar birlashib tashkil qilgan: yuqori labdagi tarnovcha berk emas va shuning uchun yuqori jag‘lar bilan qoplanadi.
Qon so‘rishdan boshqa usuldagi oziqlanishga o‘tganda yuqori jag‘lar yo‘qolib ketadi, boshqa qismlari esa ko‘p o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. Masalan, q t i r pashshalar — Asilidae oilasiga mansub yirtqich ha sharotlarda qattiq xartumcha taraqqiy etgan, lekin yuqori jag‘lari yo‘q, pastki jag‘lar esa tig‘simon, o‘ljaga qadalishi natijasida chala o‘lik holiga keltiradi va ichki borlig‘ini so‘rib oladi. Nektar, shuningdek, suyuqligi bor (masalan, go‘ng, chiriyotgan to‘qima va boshqalar) ozuqalar bilan oziqlanuvchi ikki qanotlilarning xartumchasi yumshoq. Yuqori takomillashgan gruppalarida esa pastki jag‘lar yo‘q, pastki labi uchida labellum yaxshi taraqqiy etgan. Bunday xartumchaning mezanasimon qismi r o s t r u m deb ataladi va pastki jag‘larning qolgan qismi qo‘shilib ketgan asl o‘simtadir. Tortib olgichning tarnovchasi bor, ust tomonidan yuqori lab bilan yoyilgan, uning ostida tupuk yo‘li — xalqum osti o‘rnashgan. Demak, bu yerda xartumcha — rostrum, tortib olgich va so‘ruvchi labellumdan iborat. So‘ruvchi — labellum go‘shtdor, juda mukammal tuzilgan, xartumcha teshigi uning uchidir. Yuqori takomillashgan pashshalarda uning oxirida filtrlash organi psevdotraxeyalar bor. Bu organ ichki sathi zichlanmagan xitin xalqachalar bo‘lgan traxeyalarga o‘xshash naychalardan iborat. Har qay- si naycha, ya’ni psevdotraxeya uzunasiga qator kichkina teshikchalariga ega. Oziqlanishda so‘ruvchi o‘zining psevdotraxeyalari bilan substratga zich tegib turadi. Oziqning suyuq qismi teshiklar orqali so‘riladi va tortib olgich kanalchasiga yetib boradi. Pashshalar suyuq va quyuq substratlardan foydalana oladi.
Ko‘krak qismi uchta zich yopishib o‘rnashgan bo‘g‘imlardan iborat. Oldingi va orqa ko‘krak, kichik o‘rta ko‘krak uchish funksiyasi tamomila oldingi qanotlar zimmasiga tushganligidan juda taraqqiy etgan, uning qismlari aniq ko‘rinadi.
O‘rta ko‘krakda qator qilchalar bor, ularning tuzilishi o‘ziga xos va sistematikada keng foydalaniladi.
Qanotlari pardasimon plastinka bo‘lib, kundalang tomirlari ko‘p emas. Oldingi chetida yo‘g‘on kostal (S), shu qirg‘oqni baquvvatlovchi subkostal (Sc) tomirlari bor, bu subkostal kalta va oldingi kostal chetiga tayanib joylashadi. Qanot plastinkasining qolgan qismini radiusi (R) va medial shoxobchalari egallaydi. Yuqori takomillashgan gruppalarda, masalan, T a x i n l a r — Tachinidae va A s a l p a sh sh a l a r — Muscidae oilasida tomirlanishning kostalizatsiyasi, ya’ni uzunasiga joylashgan tomirlarini qanotining oldingi qirrasi tomon surilishi ro‘y beradi. Orqa qanotlari yo‘q, lekin ular o‘rniga sensillalar bilan to‘la ta’minlangan.
Bularning uchishi yuqori darajada takomillashgan. Qanot qoqishi juda tez: bir sekundda uy qopa pashshasi — 330 martagacha, chivin—600 martagacha, ba’zilarida hatto 1000 tagacha bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi qanot muskulatura apparati va uning nerv sistemasi tomonidan boshqarilishi qanchalik o‘ziga xos takomillashganligidan dalolat beradi.
Oyoqlari ba’zan juda uzun bo‘lishi mumkin, masalan, chivinlarda, uzun oyoqlnlarda — Tipulidae. Panjalarida bir juft tirnoqlari bor, ular ostida yopishqichlari bo‘ladi, ba’zilarida esa yopishkichlari o‘rnida qilchaga o‘xshash e m p o d i y rudimenti mavjud.
Qorni 4—10 ta bo‘g‘imdan iborat va erkaklarida uning uchida mukam- mal tuzilgan genital apparat — gipopigiy bor. Uzun oyoq chivinlar urg‘ochisida asl tuxum qo‘ygich parchalari (tabaqalari) saqlangan, lekin boshqa turlarida u yo‘qolib ketgan va ichiga tortib olish xususiyatiga ega.
Ichki tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Odatda, qizilungachning ovqat rezervuarlariga yoki jig‘ildonga yunaltiruvchi shoxobchalari bor. Muskulli oshsozon yo‘q yoki oshqozon tanasi tishsiz va kam muskulli bo‘lishi mumkin. Nerv sistemasi uzun mo‘ylovlilardagi ko‘p tugunchalikdan (3 ta ko‘krak va 7 ta qorin gangliy) yuqori takomillashgan gruppalarda maksimal konsentrlashishgacha bo‘lgan hamma o‘tkinchi xillari bor, yuqori gruppalarda qorin nerv zanjiri umumiylashgan bir ko‘krak tugunchasi bilan qo‘shilishgan. Tuxumdonlari turli miqdordagi politrofik tuxum naychalaridan iborat. Tirik lichinka tug‘uvchi turlari ham bor, ularda tuxum naychalari soni 1—2 qadar qisqargan, toq tuxum yo‘li esa bachadonga aylangan, tuxum bu yerda lichinka fazasigacha bo‘ladi.
Tuxum yoki tirik tug‘iluvchi lichinka turli substratlarga (suvga, tup- roqqa yoki chiriy boshlagan moddalarga) quyiladi. Tuxumi oq, yoysimon bo‘ladi. Lichinkalari oyoqsiz, ko‘pchiligi boshsizga o‘xshab ko‘rinadi, lekin hakikatda juda reduksiyalashgan boshi bor. Uzun mo‘ylovlar kabi tuban formalarida ajralib joylashgan boshi mavjud, og‘iz organlari «boshsiz» lichinkalarda bir juft uzun og‘iz ilgaklardan iborat. G‘umbagi erkin yoki oxirgi tullashda tanasidan ajralib, lekin tashlab yubormagan soxta pilla — pupariy ichida bo‘ladi. Bunday g‘umbak yashirin g‘umbak deyiladi.
Yillik sikli ko‘plarida tez bo‘g‘in almashish bilan farqlanadi, ko‘p turlari yilda 3—4 bo‘g‘in beradi. Ba’zi turlari esa yil davomida hatto 6—10 taga qadar va undan ortiqroq bo‘g‘in qaytarib rivojlanadi. Bunga uy q o r a p a sh sh a s i va b ye z g a k chivin misol bo‘ladi.
Ozig‘i juda turli-tuman. Ko‘p vakillari yetuk va lichinka fazalarida o‘simlik va hayvon maxsulotlarining chiriyotgan qismlari bilan oziq- lanadi va modda almashinuvida ishtirok etadi. Parazit formalari ham bor, ular qon so‘radilar hamda lichinkalari boshqa hasharotlar sut emizuvchilar, qushlar va boshqa xayvonlar, shuningdek odam tanasida rivojlanuvchi asl parazitlardir. Ikki qanotlilar orasida o‘simlikxo‘r turlari ham uchraydi, lekin ular o‘rtasida sanchib-so‘ruvchi turlar, teng qanotlilar yoki qandalalar kabi o‘simlik to‘qimasiga sanchib xujayra shirasini so‘ruvchi, shuningdek barg kemiruvchi formalari yo‘q. Lekin ko‘p turlar lichinkalari o‘simlik to‘qimalari ichida yashaydi. Umuman ikki qanotlilar morfologik va biologik jihatdan yuqori takomillashgan hasharotlar bo‘lib, parda qanotlilardan keyin turadi. Bularning tabiatdagi tutgan o‘rni va kishilar uchun ahamiyati turli-tuman va juda zarurdir. Ko‘p turlarining lichinkalari tabiatdagi organik o‘simlik moddalar parchalanishini tezlashtiradi va tuproq hosil bo‘lish protsessida qatnashadi. Qator turlari, masalan gul pashshalar ning o‘simlik gullarini changlatishda roli katta.
Ikki qanotlilarning kishilar uchun keltiradigan zarari ham ko‘p. Birinchidan, ular orasida qon so‘ruvchilar ko‘p uchrab, ko‘pincha hayvonlar- ning maxsuldorligini pasaytiradi Qonso‘rarlar kishilar va uy xayvon- larining kasalliklari — ichak kasali, bezgak, Sibir yazvasi, tulyaremiya va boshqalarni tarqatadi. Bo‘kalar ham chorvachilikning xavfli zararkunandasi hisoblanadi. Teri bo‘kalari yirik shoxli hayvonlarning terisini ishdan chiqaradi va maxsuldorligini kamaytirib, katta zarar keltiradi.
Qishloq xujalik o‘simliklari zararkunandalari ham uchraydi.
Bularga gessen pashshasi — Mayetiola destructor Sav va shved pashshasi — Oscinella'frit L., va boshqalar kiradi. Ikki qanotlilarning tabiatdagi rolini o‘rganish natijasida nazariya va tajriba- uchun juda muhim bo‘lgan ko‘pgina qiziqarli va nixoyatda muhim masalalarni xal qilish mumkin bo‘ladi.
Bu turkumning klassifikatsiyasi to‘la ishlab chiqilmagan. Voyaga yetgan fazasidagi belgilarga karab asosan 2 ta kenja turkumga: uzun mo‘ylovlilar va qisqa mo‘ylovlilarga bo‘linadi. Keyinroq ikki qanotlilarni lichinka va g‘umbaklari belgilariga muvofiq to‘g‘ri ch o k l i l a p-Crthorrhapha va yumaloq choklilar — Cycolorrhapha ga bo‘lish taklif etilgan. To‘g‘ri choklilar ko‘pchiligi uchun lichinkalarida kichkina ichga botgan bosh bo‘lishi va soxta pilla yeki pupariy bo‘lmasligi: yumaloq choklilarda esa lichinkalari boshsiz, g‘umbagi pupariy ichida joylashganligi harakterlidir. Yetuk imago belgilari, lichinka va g‘umbaklari farqlariga binoan kenja turkumlarga bo‘lish o‘zaro bir-birlariga mos emasligi shunga olib keladiki ba’zan ularni uch kenja turkumga- Uzun mo‘ylovlilar, qisqa mo‘ylovli to‘g‘ri choklilar va qisqa mo‘ylovli yumaloq choklilarga bo‘lish taklif etiladi. Ammo bu sistemani ham qanoatlanarli deb hisoblash qiyin, chunki «boshsiz» lichinkalar va soxta pilla to‘g‘ri choklilar uchun ham xosdir. Shuning uchun xozircha imago belgilariga muvofiq, ya’ni uzun va qisqa mo‘ylovlilar kenja turkumlariga bo‘lish maqsadga muvofiqdir.

Download 46.27 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8




Download 46.27 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26-Laboratoriya mashg‘ulot Ikki qanotlilar turkumi bilan tanishish Kerakli jihozlar

Download 46.27 Kb.