|
304 – guruh talabasi Donoqulova Dilnoza Doniyorovnaning “Servis xizmati” fanidan tayyorlagan kurs ishi
|
bet | 1/4 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #148430 |
Bog'liq 1.Sut va sut mahsulotlariDanaqulova Dilnoza
Oʻzbekiston – Finlandiya Pedagogika instituti, Texnologik taʼlim yoʻnalishi
304 – guruh talabasi Donoqulova Dilnoza Doniyorovnaning
“Servis xizmati” fanidan tayyorlagan
KURS ISHI
Mavzu: sutning ozuqaviy qiymati,sut mahsulotlari turlari,ulardan taom tayyorlash usullari Kirish I I Bob. Sut mahsulotlari haqida umumiy ma’lumot. Kirish I I Bob. Sut mahsulotlari haqida umumiy ma’lumot. 1.1Sutning ozuqaviy qiymati. 1.2 Sut mahsulotlari turlari. II Bob.Sut mahsulotlaridan taom tayyorlash. 2.1 Shirguruch,quymoq tayyorlash tehnologiyasi
Sut — urgʻochi sutemizuvchi hayvonning sut bezlaridan ajraluvchi noshaffof oq suyuqlik. Aynan sut chiqara olish qobiliyati sut emizuvchilar sinfini shunday nomlashga sabab boʻlgan.
Sut va sut mahsulotlari aholining noyob ozuqaviy modda oqsilga bo‘lgan talabini qondirishida iste’mol qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlari tarkibini yaxshilashda muhim ahamiyatga egadir. Shu sababli, sut sanoati tarmog‘ini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda.
Zamonaviy ilmiy maʼlumotlarga ko‘ra, sutda 200 dan ortiq har xil tarkibiy qismlar bor va qulay tarzda muvozanatlashgan 20 ta aminokislota, 147 tadan ortiq yog‘ kislotalari, sut qandi yaʼni laktoza, turli xil mineral moddalar, mikroelementlar, hozir maʼlum bo‘lgan vitaminlarning barcha turlari, pigmentlar, fosfatidlar, sterinlar, fermentlar, gormonlar va normal hayot faoliyatini saqlab borish uchun organizmga zarur bo‘lgan boshqa moddalar shular jumlasidandir.
Sut mineral moddalar kalsiy, kaliy, natriy, magniy, fosfor, temir va h.k. lar tuzlaridan iborat bo‘ladi. Ularning hammasi kishi organizmi uchun katta ahamiyatga ega. Sutdagi oqsillar, yog‘lar va uglevodlar kishi organizmida deyarli to‘la hazm bo‘ladi. Bir litr sut taxminan 670 kkal beradi.
Qaymoq — sut mahsuloti. Sut separatori ixtiro qilinguncha sutni 10— 12 soat davomida past haroratda maxsus idishlar (mas, Oʻzbekistonda sopol tovoq)da tindirib olingan. Tarkibida yogʻliligiga qarab 59,6—81,8% suv, 2,4—3,4% oqsil, 2,7—4,2% laktoza, 0,3—0,6% mineral moddalar bor. Sut zdlarida bevosita isteʼmol qilishga moʻljallangan, yogʻliligi 10%, 20% va 35% boʻlgan Q. ishlab chiqariladi. 10% li Q. 78—80° da, 20% va 35% lisi 85—87° da (15—30 sek. davomida) pasterlanadi, soʻngra darhol maxsus sovitish vannalarida 4—6° ga qadar sovitiladi, shisha idishlar yoki qogʻoz paketlarga quyiladi. Oddiy Q.dan tashqari quyultirilgan va quruq Q.lar ham ishlab chiqariladi. Q.ning oʻzi isteʼmol qilinadi, ichimlik va taomlarga qoʻshiladi. Q.ning asosiy qismi sanoatda sariyogʻ, smetana olish uchun qayta ishlanadi, muzqaymoq tayyorlanadi.
|
| |