|
304 – guruh talabasi Donoqulova Dilnoza Doniyorovnaning “Servis xizmati” fanidan tayyorlagan kurs ishi
|
bet | 3/4 | Sana | 30.01.2024 | Hajmi | 0,69 Mb. | | #148430 |
Bog'liq 1.Sut va sut mahsulotlariDanaqulova DilnozaUyda tayyorlangan qattiq pishloq
Uyda tayyorlanadigan tabiiy pishloq retseptini sizga taqdim etamiz. Pishloq mazali va xushbo’y bo’lib, buterbrod, salat va taomlarga oslish uchun mo’ljallangan. Ko’rsatilgan masalliqlardan 300 gramm pishloq chiqadi.
Qadam 1
Katta qozonga sut bilan tvorogni solamiz. Maslahat: sut va tvorog magazinniki emas, uyda tayyorlangan bo’lishi kerak. Tvorog yog’li (5% dan ortiq) va quruq bo’lishi kerak.
Qadam 2
O’rtacha olovda massani isitamiz. Sut zardobga aylanib, tvorogi ajrab qolishi kerak.
Qadam 3
Tvorogni chiqarib tovaga solamiz.
Qadam 4
Tuz, iste’mol sodasi va sariyog’ qo’shamiz.
Qadam 5
Tinmay aralashtirib, massani isitamiz. U cho’ziluvchan bo’lguncha.
Qadam 6
Massani qolipga quyib, sovushini kutamiz. Pishloq qatishi kerak.
Qadam 7
Tayyor pishloqni yaxshilab qatishi uchun sovutgichga qo’yamiz.
Yoqimli ishtaha!
Sutli korjiklar
Korjlar – bir stakan sut, qaha yoki choy uchun ajoyib qo’shimcha bo’la oladi. Qolaversa ularni tayyorlash faqatgina zavqdan boshqa hech narsa emas.
Muhim: asosiysi korjlarni pechda keragidan ortiq qoldirmaslik, aks holda ular qattiq bo’lib qoladi.
Qadam 1
Idishda sut, shakar va vanil shakarini aralashtirib, qaynatamiz. Qaynab chiqqanidan so'ng yana 5 daqiqa o'rtacha olovda aralashtirib turgan holda pishiramiz.
Qadam 2
Olovdan olib, xona haroratiga kelgunicha sovutamiz.
Qadam 3
Yumshatilgan margarinni ko'pirtirib, tuxum solamiz va yana bir necha daqiqa ko'pirtiramiz.
Qadam 4
Margarinli massaga qaynatib olgan sutli massamizni solib, aralashtiramiz.
Qadam 5
Qobartma bilan aralashtirilgan unni solib, xamir qoramiz. Tayyor bo'lgan xamirni 20 daqiqaga xona xaroratida qoldiramiz.
Qadam 6
Xamirni 6-7 mm qalinlikda yoyib, qolip yoki stakan yordamida dumaloqchalar kesib olamiz.
Qadam 7 Korjlarni gaz pechi patnisiga joylashtirib, ustiga tuxum surtamiz va sanchqi yordamida "chiziqlar" qoldiramiz. 200 C darajada qizdirilgan gaz pechiga 10-12 daqiqaga yuboramiz.
Yoqimli ishtaha!
|
| |