|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab Pdf ko'rish
|
bet | 145/210 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 2,85 Mb. | | #145888 |
Bog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 170
jismlarga, zarralarga, shuningdek, ayrim molekula va atomlarga koʻrsatadigan
taʼsiri. Yorugʻlik bosimi haqidagi farazni birinchi marta 1619 yilda I. Kepler
kometa dumlarining Quyosh yaqinidan uchib oʻtishidagi ogʻishini tushuntirish
uchun ishlatgan edi. 1873 yilda J. K. Maksvell elektromagnit nazariya asosida
Yorugʻlik bosimi kattaligini hisoblab chikdi. U eng kuchli Yorugʻlik manbalari
(Quyosh, elektr yey) uchun ham juda kichik miqdor ekan. Yer sharoitida u yonaki
hodisalar (konveksion toklar, radiometrik kuchlar) bilan niqoblanadi. Shu sababli,
Yorugʻlik bosimini sof holda oʻlchash murakkab ish. Uni birinchi marta 1899
yilda P. N. Lebedev tajribada anikdagan. Uning olgan natijalari J. K. Maksvellning
hisoblashlariga moye kelgan edi. U Yorugʻlikning gazlarga beradigan bosimini
oʻlchash mumkinligini 1908 yilda isbotladi. Dumli yulduzlar Yorugʻlik bosimi
taʼsirida paydo buladi, deb taxmin qilinadi. Elektromagnit nazariyaga kura, jism
sirtiga tik tushuvchi yassi elektromagnit toʻlqin yuzaga keltiruvchi bosim
elektromagnit energiyaning sirt yaqinidagi zichligi i ga teng . Ushbu energiya
jismga tushuvchi va undan qaytuvchi toʻlqinlar energiyasidan tashkil topadi. Agar
jism sirtining 1 sm2 ga tushuvchi elektromagnit toʻlqin quvvati Q erg/sm2s,
qaytarish koeffitsiyenti R boʻlsa, u holda sirt yaqinida energiya zichligi
u=Q(h+R)/c. Bundan Yorugʻlikning jism sirtiga bosimi P=Q(h+R)/c boʻladi.
Yorugʻlik bosimi koʻlamlari birbiridan jiddiy farq qiluvchi astrofizika va atom
sohalarida juda muhimdir. Lazerlar paydo boʻlishi bilan Yorugʻlik bosimidan turli
sohalarda foydalanish imkoni keskin kengaydi (qarang Kompton effekti,
(Myossbauer effekti va b.). Yorugʻlik vektori (Yorugʻlik maydon nazariyasida) —
Yorugʻlik energiyasining kattaligini va koʻchirilish yoʻnalishini aniklab beruvchi
Yorugʻlik oqimi zichligini ifodalaydigan vektor. U fotometriyada amaliy
ahamiyatga ega, uning yordamida Yorugʻlikning hajm zichligi, Yorugʻlik
oqimining yutilishi, sirtning yoritilganligi va b. aniklanadi. Yorugʻlik kvanti —
foton energiyasi. Yorugʻlik toʻlqin tarqatish bilan birga korpuskulyar, yaʼni kvant
tabiatga ham ega boʻlishini M. Plank isbotlagan. Plank nazariyasiga koʻra,
Yorugʻlik moddaning atom, molekulalaridan uzluksiz oqim tarzida emas, balki
aniq miqdordagi ayrim ulushlar tarzida chiqadi va ularga shunday ulushlar tarzida
|
| |