|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 3
Xozirgi zamon fizikasi matematika, kimyo, elektrotexnika, radiotexnika,
kosmonavtika, robototexnika, geliotexnika kabi o'nlab fanlarning rivojlanishiga
katta yordam ko'rsatmoqda. Sanab o'tilgan o'ta jiddiy sohalarda zamonamizning
yoshlari o'z so'zlarini aytishlari lozim. Bas, shunday ekan, umum ta`lim
maktablarida, kollej va litseylarda, institut va universitetlarda ta'lim olayotgan
o'quvchi va talabalarning fizika faniga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish va ularga
to'g'ri yo'nalishlarni ko'rsatish lozim. O'quvchilarni fizika faniga qiziqtirish uchun
zarur bo'lgan turli xil usullardan foydalanish yo'llarini ochib berishga harakat
qilish kerak.
O'quvchilarni qiziqishlarini orttirish uchun “Ulug'bekning hayoti va ijodi” ga
bag'ishlangan fizika kechasining stsenariysi, Nobel mukofoti sovrindorlariga,
fizik olimlar va fizikaning turli mavzulariga oid she'riy testlar, fizikaning turli
masalalarini
yorituvchi
she'rlar,
viktorinalar,
intermediyalar,
turli
xil
boshqotirmalar, hangomalar, olimlar hayotiga oid qiziqarli ma'lumotlar berib
borish kerak.
Fizika fanini o'qitishdek jiddiy va mas'uliyatli vazifani amalga oshirish fizika
muallimining zimmasiga yuklangan bo'lgani uchun, har bir o'qituvchi o'z fanining
fidoiysi bo'lishi, o'qitish jarayonida mavjud imkoniyatlardan mohirlik bilan
foydalanishi, buning uchun esa o'z ustida muntazam ishlashi lozim bo'ladi.
Muallimlarning muhim vazifalaridan biri o'quvchilardagi fizika faniga
bo'lgan loqaydlikni bartaraf etish, bu fan ular o'ylaganidek qiyin va zerikarli
bo'lmasdan, naqadar qiziqarli va go'zal, jozibador va nafosatli jumboqlarga boy
ekanini o'qitish jarayonida namoyon etish, fizikaning sehrli olamini har
tomonlama ochib berishdir. O'qituvchilar o'quvchilarning adabiyotga, she'riyatga
bo'lgan qiziqish-larini, turli jozibali muammolarni hal etishga ishtiyoqlari
zo'rligini e'tiborga olib, xilma-xil qiziqarli va mantiqiy masalalarni nasriy va
nazmiy yo'l bilan bayon etishi, nafis va ravon misrlarda tushintirishi, buning uchun
ularning o'zlari ham she'riyat va tabiatning muxlisi bo'lishlari shogirdlarining fizika
faniga bo'lgan qiziqishini yanada orttiradi. Yuqorida zikr etilgan masalalarni rejali
ravishda amalga oshirmoq uchun har bir muallim o'z o'quvchilariga fizika fanidan
|
| |