|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 17
o'zlarining baxtli hayotidan g'ururlanish, mehnatga va mehnatkash insonlarga
muhabbatni) ifodalaydi. 3. Hikoya, insho uchun mavzuga taalluqli, uni yoritishga
zarur bo'lgan materialniyig'ish. Bu bayonga ham taalluqli bo'lib, namunaviy matn
tahlil qilinadi, mazmunini to'g'ri tushunish ustida ishlanadi, asosiy mazmun
ajratiladi.
4. Materialni tartibga solish, uni tegishli izchillikda joylashtirish, matn rejasini
tuzish va shu reja asosida yozish ко ‘nikmasi. 5. Fikrni adabiy til m e’yorlariga
rioya qilgan holda to'g'ri ifodalay olish ko'nikmasi. Buning uchun bayon va inshoni
nutqiy shakllantirishdan oldin unga til tom ondan tayyorgarlik ko'riladi. 6. Matnni
og'zaki yoki yozma tuzish, inshoni yozish, y a ’ni barcha tayyorgarlik ishlarini
yakunlash ко’nikmasi. 7. Yozilgan matnni takomillashtirish ko'nikmasi. Bu
ko'nikma o'z ijodiga tanqidiy munosabatda bo'lish asosida tarbiyalanadi.
O'quvchilar material tanlashda va uni joylashtirishda, so'z tanlash, so 'z birikmasi
va gap tuzishda o'zlari yo'l qo'ygan kamchilikni, xatoni fahmlashga o'rgatib
boriladi. O'qituvchidaNamunaviy matn og'zaki va yozma qayta hikoya qilinadi.
O'qish darslarida asosan og'zaki qayta hikoyalash mashq qilinsa, ona tili darslarida
u ko'proq yozma tarzda o'tkaziladi.
Bayon o'qib berilgan namunaviy matn mazmunini ma’lum tayyorgarlikdan so'ng
yozma qayta hikoyalashdir. O'qish darslarida matn ustida ishlash, o'qilgan matn
yuzasidan savollarga javob berish, reja tuzish va reja asosida og'zaki qayta
hikoyalash bolalarni bayon yozishga tayyorlaydi.Qayta hikoyalashning turlari
xilma-xildir. Har qanday qayta hikoya qilingan matn yuzasidan bayon yozish
mumkin, amm o bayon yozish o g ‘zaki qayta hikoyalashga nisbatan qiyin va
murakkab faoliyatdir.Bundan tashqari, boshlang‘ich sinf o'quvchilarining yozish
sur’ati sekin, shunga ko‘ra bayon uchun kichik hajmdagi, kompozitsiyasi sodda, til
tom ondan ham mos matn tanlanadi. Bayon matni astasekin murakkablashtira
boriladi: a w a l hikoya tarzidagi bir lavhani ifodalovchi matn tanlansa, unga yana
lavhalar, tasvir elementlari kiritila boriladi, qatnashuvchilar soni orttiriladi,
muhokama elementlari ham qo'shiladi; keyinroq shaxsini o ‘zgartirib bayon
yozishga o'tiladi. Shunday qilib, bayon asta-sekin ijodiy tus ola boradi.
|
| |