www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 16
Kichik maktab o’quvchilarini bayon yozishga tayyorlash metodikasi
Samarqand viloyati Samarqand shahri 63-sonli umumiy o’rta ta’lim
maktabning boshlang’ich ta’lim o’qituvchisi
Saydullayeva Fatima Anarbayevna
Annotatsiya.Maqolada
1-4
sinf o’quvchilarini
bayon yozishga,hikoya
,ertak,matnlarni qayta hikoyalashga yordam beruvchi tavsiyalar berilgan.Maqola
yosh o’qituvchiga o’quvchilarni bayon yozishga tayyorlash uchun metodik
yordam.
Kalit so’zlar:Bayon ,bayon turlari,reja,tanlab o’qish,og’zaki va yozma
nutq,
Biz ta’lim va tarbiya tizimining barcha bo’g’inlari
faoliyatini bugungi zamon
talablari asosida takomillashtirishni o’zimizning birinchi darajali vazifamiz deb
bilamiz.Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda,Abdurauf
Fitrat bobomizning
mana bu fikrlariga har birimiz ,ayniqsa,endi hayotga kirib kelgan o’g’il –
qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim.,,Xalqning aniq maqsad sari
harakat qilishi,davlatmand bo’lishi,baxtli bo’lib izzat –
hurmat topishi, jahongir
bo’lishi yoki zaif bo’lib horlikka tushushi,baxtsizlik yukini tortishi,e’tibordan qolib
o’zgalarga tobe va qul,asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan
bolalikda olgan
tarbiyalariga bog’liq.Bola tarbiyasiga to’g’ri yondashish,uni muvaffaqiyatli
o’qitish uchun bola rivojlanishidagi turli yoshdagi davrlariga
xos xususiyatlarni
bilish va uni hisobga olish muhimdir.
O'quvchilar nutqini o'stirish ularga aniq ko'nikmalarni singdirish demakdir.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari mustaqil mashq sifatida bog'lanishli nutqni
o'stirishdan quyidagi ko'nikmalarni bilib oladilar:1. Mavzuni tushunish,
chegarasini aniqlash va uni nisbatan to'liq yoritish ko'nikmasi. Masalan, „Biz uy
ishlarida ota-onamizga qanday yordamlashamiz?" mavzusi berilsa, o'quvchilar aniq
bajargan ishlari haqida hikoya qiladilar. Ular mavzuni
yaxshi tushunishlari uchun
bayon matni qayta hikoya qildiriladi, inshoda esa berilgan mavzu yuzasidan
mustaqil hikoyalash mashq qilinadi. 2. Inshoni asosiy fikrga b o ‘ysundirish
ko'nikmasi. Bolalar ishi m a’lum fikrni (tabiatning
ajoyib tasvirini idrok etish,