www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 13
5
Dars yakuni va o’quvchilarni baholash
3 daqiqa
6
Uyga topshiriq berish
2 daqiqa
Darsning borishi
I.Tashkiliy qism.
O`quvchilar bilan salomlashib,davomat aniqlanadi,sinf xonasining tozaligi va
o`quvchilarning darsga tayyorgarligi ko`zdan kechiriladi.
Dars musobaqa tarzida olib borilishi e`lon qilinib, o`quvchilar tarqatma
materiallar orqali guruhlarga bo`linadi:
“Qishloq” ,”Gulzor”, “Kutubxona”,
“Sinfxona”, “Guliston”. O`quvchilar har bir to`g`ri javob uchun 1 balldan qo`lga
kiritib borishadi.
II.O`tilgan mavzuni takrorlash.
Uyga berilgan vazifa 313-mashq o`quvchilarga o`qitish va narsa otlari mavzusi
bo`yicha savollar berish bilan baholanadi.Bunda quyidagi savollardan
foydalaniladi.
-narsa otlari deb nimaga aytiladi?
-narsa otlari qanday guruhlarga bo`linadi?
-narsa otini yasovchi qo`shimchalar qaysilar?
III. Yangi mavzu bayoni
Slayd orqali yangi mavzu va topshiriqlar tushuntirib boriladi.
«Qayer?» so‘rog‘iga javob bo‘lib, o‘rin-joy ma’nosini bildiruvchi otlar
o‘
rin-joy
otlari sanaladi. Bunday otlar o‘rin-joy ma’nosi bilan birga narsalik ma’nosini
ham bildiradi, shuning uchun
«qayer?» so‘rog‘i bilan birga «
nima?» so‘rog‘ini
olishi ham mumkin.
-zor, -loq, -iston, -goh,-xona,-ma qo‘shimchalari o‘rin-joy otlarini yasaydi.
Masalan: jiydazor,qumloq,qabriston,sayrgoh, omborxona, bostirma