26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/210
Sana25.01.2024
Hajmi2,85 Mb.
#145888
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   210
Bog'liq
26-11-PB

www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 22 
qismlariga sarlavha topish bilan bog'liq, asarning asosiy mazmunini qisqa ifodalash 
esa matn ustidagi analitik-sintetik ishlaming natijasidir. Ba’zan o'quvchilar 
asarning asosiy mazmunini (g'oyasini) qisqa, bir gap bilan ifodalashga o'rgatilgach, 
matn rejasini tuzishga, keyin matnni qisqartib qayta hikoyalashga, undan so'ng 
matn mazmunini to'liq qayta hikoya qilishga o'rgatilishi ham mumkin. Qayta 
hikoyalash bog'lanishli nutqni o'stirishning zaruriy bosqichidir. Boshlang'ich 
sinflar ona tili dasturiga ko'ra, matn mazmunini qisqartirib bayon yozishni 3-sinfda 
o'rgatish ko'zda tutiladi. Qisqartirib bayon yozishga tayyorgarlik matn qismlariga 
sarlavha topish, matn rejasini jamoa bo'lib tuzish bilan bog'liq holda 2 -sinfdan 
boshlanadi. Qisqartirib bayon yozish uchun o'qituvchi yoki o'quvchilam ing o'zlari 
matnni bir-ikki marta o'qiydilar, so'ng matn mazmuni yuzasidan suhbat o'tkaziladi 
va yoziladigan asosiy fikr hamda tushirib qoldiriladigan o'rinlar ajratiladi. 
Qisqartirib bayon yozishga og'zaki tayyorgarlik jarayonida matn rejasi tuziladi, 
lug'at ustida ishlanadi, gap va matnning ayrim qismlari tuzdiriladi. Og'zaki qisqa 
qayta hikoyalashdan matnni qisqartib bayon yozishga o'tiladi. Qisqartib bayon 
yozishga og'zaki tayyorgarlik mashqlari asta kamaytirilib boriladi. Ijodiy qayta 
hikoyalash va bayon. Metodikada ijodiy qayta hikoyalashning bir necha turi 
ajratiladi. Boshlang'ich sinflarda ijodiy qayta hikoyalashning quyidagi turlaridan 
foydalaniladi: Shaxsini o ‘zgartirib qayta hikoyalash va bayon. Boshlang'ich 
sinflarda I shaxs tilidan berilgan hikoyani III shaxs tilidan qayta hikoya qilishdan 
ko'proq foydalaniladi, ijodiy qayta hikoyalashning bu turida o'quvchilar hikoyadagi 
gaplarni qayta tuzadilar. Masalan, I shaxs tilidan berilgan matnni o'quvchilar ITT 
shaxs tilidan qayta hikoya qilishlari uchun o'qituvchi rahbarligida gapning kesimini 
o ‘zgartiradilar, unga mos ravishda gapning o ‘zini qayta tuzadilar; hikoya qiluvchi 
shaxsning nomini va и yoki ular s o ‘zini ishlatadilar. Shaxsini o'zgartirib qayta 
hikoyalash va bayon yozish 0 ‘qish darslarida olib borilgan bunday og'zaki 
tayyorgarlikning davomi sifatida o'tkaziladi. 2. Hikoyada ishtirok etuvchi biror 
personaj tilidan qayta hikoya qilish. 3. Matnni ijodiy toHdirib qayta hikoyalash. 
O'quvchilar hikoya mazmunini, sharoitini yaxshi tushunsalargina, uni ijodiy 
to'ldirib qayta hikoyalay oladilar. Ijodiy qayta hikoyalashning bu turi ham 



Download 2,85 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   210




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish