|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 20
boshlashni bilmaslik, y a ’ni boshlanishi berilgan matn mazmunini davom ettira
olmaslik, to'liq bayon qila olmaslik yoki noto'g'ri bayon qilish, bayon tilining
kambag'alligi kabi kamchiliklar uchraydi. Hikoya qilishdagi ikkinchi kamchilikni
yo'qotish, uning oldini olish uchun matn butunicha puxta tahlil qilinadi, ko'pincha
asosiy mazmunni ifodalaydigan qismi a lohida tahlil qilinadi. Bunday kamchilikni
yo'qotishga matnni qismlarga bo'lish, har bir qismga sarlavha topib, matn rejasini
tuzish va reja asosida hikoya qilish ham yordam beradi. Bunda tanlab hikoya qilish
(hikoya qilishning o'zaro uzviy bog'langan boshqa turlari ham) yordamchi vazifani
bajaradi. Tilda kambag'allikka yo'l qo'ymaslik uchun lug'at, tasviriy vositalar va
gap ustida izchil ishlab borish talab etiladi. To'liq yoki matnga yaqin bayon yozish
savod o'rgatish davridanoq boshlanadi va barcha sinflarda o'tkaziladi. Bolalami o'z
fikrini mustaqil yozishga (o'qilgan matnni hikoya qilishga) o'rgatishni, iloji
boricha, erta boshlash ma’qul. Buning uchun o'quvchilar og'zaki hikoya
qilayotganda qo'llagan alohida so'zni yozishdan gapni yozishga, so'ng matn
qismlarini yozishga va 2 -sinfdan boshlab maxsus tanlangan kichik matn asosida
bayon yozishga o'rgatiladi. Ish quyidagicha uyushtiriladi: bayon uchun tanlangan
matnni o'quvchilar bir-ikki marta o'qiydilar (o'qituvchi o'qib berishi ham mumkin);
bolalam ing matn mazmunini to'g'ri tushunganliklarini aniqlash, o'qilgan matnni,
uning g'oyaviy mazmunini, qismlari orasidagi bog'lanishni to'liq bilib olishga
qaratilgan suhbat o'tkaziladi; matn rejasi tuziladi (reja suhbat vaqtida tuzilishi ham
mumkin); lug'at ishi o'tkaziladi (so'zning ma’nosi va yozilishi tahlil qilinadi), m
uhim -roq sintaktik tuzilmalarga va tilning tasviriy vositalariga diqqat jalb qilinadi.
Ayrim gapiar, hatto matn qismlari tuzdiriladi; o'quvchilar bayon matnini mustaqil
yozadilar, o'qituvchi esa ular ishini kuzatadi, sinfdagi boshqa o'quvchilarga xalaqit
bermay ayrim bolalarga individual yordam beradi; bolalar yozgan bayonlarini
o'zlari tekshiradilar, takomillashtiradilar va daftarni tekshirish uchun o'qituvchiga
topshiradilar. O'quvchilar yozgan bayon muhokama qilinayotganda, ular yozgan
matnni bayon matniga qiyoslash maqsadga muvofiq bo'lib, bu ish mazmunda va
bolalar bayoni tilida yo'l qo'yilgan kamchiliklami aniqlashga yordam beradi.
Tanlab hikoya qilish va bayon. Tanlab hikoya qilish matndan tor mavzuga,
|
| |