www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 24
Maktabgacha yoshdagi bolalarni mashg'ulot jarayoniga
qiziqtirishda noan'anaviy usullarning ahamiyati.
Xorazm viloyati Tuproqqal’a tumani 4-son DMTTtarbiyachisi Bekturdiyeva
Shahlo Ochilboyevna
Annotatsiya:Ushbu maqola “Maktabgacha yoshdagi bolalarni ilm-fanga bo’lgan
qiziqishlarini oshirish usulari haqida.
Kalit so’zlar Uzluksiz ta’lim, sifatli tarbiya, Mariya Montessori, psixologik,
markaz, mashqlar sistemasi.
Respublika
Prezidentining
2017-yil
30-sentabrdagi
PQ-3305-son
“O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish
to‘g‘risida”gi
qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son “2017-2021-
yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi
929-son “O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi
nizomi maktabgacha ta’limga
bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta’lim
tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog‘ini
kengaytirish va shu orqali
maktabgacha ta’limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg‘or xorij tajribalarini
tadbiq qilish imkononi beradi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya
jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan
Davlat
talablari va “Ilk qadam” davlat dasturi asosida rejalashtiriladi.Hozirgi kunda
O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha
ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor
qaratilmoqda. Jumladan,
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish, dasturni to‘laqonli
ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni
belgilab
olindi.
2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar
hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga
alohida
e’tibor qaratildi.Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari