|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 19
qayta hikoyalash, qisqartib qayta hikoyalash. 2. Suhbat, matn mazmunini tahlil
qilish, matn tili ustidagi xilmaxil ishlar, qayta hikoyalashda zarur bo'lgan s o ‘z,
nutq birliklari va gaplarni ajratish va aniqlash. 3. Qayta hikoyalashda ifodalilikni
berish uchun ifodali o ‘qishni puxtalash.
4. Hikoyani mantiqiy va kompozitsion qismlarga bo'lish, har bir qismga sarlavha
topish, matnni qayta hikoyalashga mo'ljallangan rejani tuzish. 5. Matn qismlarini
qayta hikoyalash, uning kamchiliklarini tahlil qilish.6 . O'quvchilaming hayotiga
bog'lash (o'rni bilan), ya’ni o'qilgan matn mazmuniga bog'liq holda o'quvchilaming
shaxsiy tajribasida uchraydigan va uchragan analogik holatga e ’tibor berish.
Boshqacha qilib aytganda, har bir darsda m a’lum ta’lim maqsadi asosida qayta
hikoyalashga muntazam o'rgatib borish zarur. Matnga yaqinlashtirib qayta
hikoyalash va bayon Qayta hikoya qilish va bayonning bu turi boshqa turlariga
nisbatan boshlang'ich sinflarda ko'p o'tkaziladi, chunki bu o'qilgan matnni butun
detallari va bog'lanishlari bilan bolalar yodida mustahkamlash, namunaviy
matnning mazmuni va tilini o'zlashtirish vositasi bo'lib ham xizmat qiladi. Bolalar
tez yodlab oladigan kichik matnni, sh e’riy misralarni buzmaslik uchun sh e’rni,
ayniqsa, butun bir poetik obrazni tasvirlovchi lirik sh e’m i hikoya qilish tavsiya
etilmaydi. To'liq hikoya qilish uchun dastlab aniq sujetli, hikoya uslubida yozilgan
matn tanlanadi, keyin bolalar hikoyaga tasviriy (tabiat lasviri, kishilar va boshqa
predmetlarning tashqi ko'rinishi tasviri) va muhokama elementlarini kiritishni
o'rganadilar. Hikoya qilishga o'rgatish vaqtida o'quvchilarni „Bu fikr yozuvchi
asarida qanday ifodalangan?" savoliga javob berishga o'rgatish maqsadga
muvofiqdir. Bola hikoya qilishga qiziqsa, agar hikoyani o'qituvchigina emas,
sinfdagi barcha bolalar eshitsa, bunday hikoyalash jonli va qiziqarli bo'ladi. Hikoya
qilishga o'quvchilaming qo'shimchasi, ma’lum qismini qayta hikoya qildirish,
hikoyachini rag'batlantirish sinfda ijodiy muhitni vujudga keltiradi. Matnga yaqin
hikoya qilishda savollar matn mazmunigagina qaratilmasligi, o'quvchilar
mustaqillik darajasini pasaytiradigan matn mazmuni yuzasidan beriladigan
savollarni asta-sekin kamaytira borish, bolalarni kengroq, umumiyroq savollarga
javob berishga o'rgata borish zarur. To'liq hikoya qilishda hikoyani qanday
|
| |