• Kalit sozlar
  • “Bo`lajak informatika o`qituvchisining innovatsion faoliyatiga tayyorlashning




    Download 2,85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet24/210
    Sana25.01.2024
    Hajmi2,85 Mb.
    #145888
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   210
    Bog'liq
    26-11-PB

    “Bo`lajak informatika o`qituvchisining innovatsion faoliyatiga tayyorlashning 
    metodik aspektlari” 
    Farg‘ona viloyati Bag‘dod tumani 19-sonli umumiy o`rta ta'lim maktabi 
    informatika va AT fan o`qituvchisi 
    Nishonova Oftobxon Usmonjonovna 
    Annotatsiya: Bo'lajak informatika fani o'qituvchilari metodik tayyorgarligi 
    darajasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish, axborotlarni 
    qidirish, qayta ishlash, ilm-fan taraqqiyoti va o'zgarib borayotgan ijtimoiy 
    amaliyot sharoitida o'z nuqtai nazarini qayta ko'rib shiqish, ishlashning 
    innovasion shakl va metodlarini tanlash. 
    Kalit so'zlar: kredit-modul, metodik turkum, intellektual salohiyat, ilmiy-metodik
    ob'yektiv bilim. 
    2020-yil 7-noyabrdagi PF-6108-sonli farmoni, O'zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi 
    tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-
    5712-conli farmoni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-
    apreldagi "Umumiy o'rta va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limining davlat ta'lim 
    standartlarini tasdiqlash to'g'risida"gi 187-sonli qarorida belgilangan ustuvor 
    vazifalar mazmunidan kelib chiqqan holda, zamonaviy talablar asosida informatika 
    fanini rivojlantirish hamda ularning informatika faniga qiziqishlarini oshirishning 
    mazmun va mohiyatini ochib berish lozim. 
    Jamiyatning, axborot muhitining va mehnat bozorining jadal rivojlanishi 
    natijasida reproduktiv ta'lim tizimi davr talabiga javob bermay qoldi. Olinayotgan 
    ma'lumotlarning keskin ko'payib borayotganligi sababli bu ma'lumotlarni qayta 
    ishlab, undan foydalanish uchun yosh avlodga yetkazilishi kerak bo'lgan bilimlar 
    ham taboro ortib bormoqda. Bugungi kun o'qituvchisi oldida dars soatlarini 
    oshirmay turib, oldindan rejalashtirilgan bilimlar bilan bir qatorda eng yangi
    oxirgi axborot va ma'lumotlarni o'quvchilarga yetkazib berishga ulgurish 
    muammosi turibdi. Faqat bilim olishga yo'naltirilgan ta'lim o'tgan zamonda 
    qolmoqda. 



    Download 2,85 Mb.
    1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   210




    Download 2,85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Bo`lajak informatika o`qituvchisining innovatsion faoliyatiga tayyorlashning

    Download 2,85 Mb.
    Pdf ko'rish