|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 36
to‘plamlari, Xalqaro baholash dasturlari bo ‘yicha o‘quvchilarni zamon talablari bo
‘yicha baholash bo‘yicha metodik qo‘llanmalar fikrimizning dalilidir. Umumiy
o‘rta ta’limning kompetensiyaviy yodashuv asosidagi davlat ta’lim standartlarida
har bir o‘quvchining tayanch va fanga oid kompetensiyalarini umumjahon ta’lim
standartlari doirasiga olib chiqish vazifasi qo’yilgan. O‘quvchining savodxonlik
darajasini oshirishni esa zamonaviy axborot texnologiyasisiz tasavvur etib
bo’lmaydi. O‘quvchining savodxonlik darajasini oshirishda ona tili ta’limi muhim
omillardandir. Ona tilini o‘qitishda axborot texnologiyalardan unumli foydalanish
ta’lim samaradorligini beqiyos oshirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham
umumiy o‘rta ta’limning har ikkala bosqichida ona tili ta’limi samaradorligini
oshirish uchun qilinadigan sa’yi-harakatlar bugungi kunning ham talabidir desak
yanglishmaymiz. Kompetensiyaviy yondashuv asosidagi davlat ta’lim
standartlarida o’quvchining savodxonligini oshirish maqsad qilib belgilangan ekan,
bunga boshlang’ich sinflardanoq jiddiy e’tibor qaratish lozim. Boshlang‘ich
sinflarda ona tili fanini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanishning keng imkoniyatlari yaratilgan va bular sirasiga o‘quv
adabiyotlarining yangi avlodlari: elektron o‘quv qo‘llanmalar, elektron darsliklar,
qisqa interaktiv o‘quv dasturlari, audio qo‘llanmalar, multimediali darslarni kiritish
mumkin. Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish
o‘quvchilarda jadal fikrlash, zamonaviy texnika bilan erkin ijodiy muloqot
ko‘nikmalarini shakllantiradi va rivojlantiradi. O‘quvchida tez bilib
olishga, ixcham va jadal fikrlashga, o‘z bilim va malakasini darhol namoyish
yetishga ishtiyoq, o‘z bilimiga ishonch ortadi. Qisqa qilib aytganda, kompyuter
bilan muloqot o‘quvchini o‘z-o‘zidan ta’lim jarayonining sub’ektiga aylantiradi.
Kompyuter dasturi uni faol ishlashga, tez fikrlashga, fikrni aniq va qisqa
ifodalashga o‘rgatadi.Bunday samara esa bugungi kunda ayni muddaodir. Demak,
axborot texnologiyalarini ta’lim jarayoniga olib kirishni davr talab qilayotir. Bu
talabga javob bera olish uchun o‘qituvchi bunday texnologiyani puxta bilishi,
yuksak mahorat bilan qo‘llay olishi, o‘rganiladigan materiallarning
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ularni to‘g’ri tanlay olishi lozim.
|
| |