|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 35
d) ona tilidan beriladigan o'quv materialini o'quvchilar aniq tushunishi va puxta
o'zlashtirishiga, ularda olgan bilimlarini amaliyotda tatbiq eta olishga va
o'quvchilaming umumiy taraqqiyotiga, ya’ni ularning zehnini, xotirasini,
kuzatuvchanligini, yodda saqlashini, mantiqiy tafakkurini, ijodiy o'ylashini, nutqini
o'stirishga yordam beradigan metod va vositalarni ishlab chiqish;
e) ona tilini o'rgatish bilan bog'liq holda maktablar oldiga qo'yilgan tarbiyaviy
vazifalarni amalga oshirish, o'quvchilarda axloqiy va estetik sifatlarni
shakllantirish.
Biz quyida ona tili fanini o'qitishda qo'llaniladigan prinsplar xususida so'z
yuritamiz. Tizimlilik va izchillik prinspi. O'zbek tili o'qitishda tizimlilik va
izchillik prinsipi muhim o'rin tutadi. Til fanining bo'limlarini bir tartibda o'rganish
shu prinspga mos tushadi. Ona tili fanini o'rgatishda dastlab fonetika, leksika
haqida, shundan so'ng so'z yasash, so'z tarkibi, morfologiya va sintaksis haqida
ma'lumot beriladi. Bu esa yuqoridagi prinspga amal qilinganligini bildiradi. Ona
tili o'qitishda nazariyani amaliyotga bog'lash ham muhimdir. Buning uchun
fonetika va grammatikadan har bir mavzu orfografiya yoki punktuatsiya bilan,
orfoepiya yoki lug'at bilan bog'liq holda o'tilishi lozim. Bu prinspni amalga
oshirish uchun grammatik qoidalarga mos misollarni jonli nutqdan olish,
qoidalarni mustahkamlashda o'quvchilarning ijodiy tafakkurini o'stirishga yordam
beradigan mashqlardan foydalanish zarur bo'ladi. Hayotimizning barcha sohalarida
bo‘lgani kabi, yoshlarga ta’lim va tarbiya berishning hozirgi bosqichi bu jarayonga
axborot-kommunikatsion texnologiyalarining, kompyuter texnikasining keng
ko‘lamda kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Maktab ta’limini rivojlantirish Davlat
umummilliy dasturining amalga oshirilishi tufayli bugungi kunda deyarli barcha
maktablar kompyuter texnikasiga ega bo‘ldilar va maktab jamoalari ta’lim
jarayonida
mazkur
texnika
imkoniyatlaridan
unumli
foydalanmoqdalar.
Respublikamizda ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan
foydalanish uchun tegishli ilmiy-metodik bazani yaratish va mustahkamlash
jarayoni ketayotir. Yaratilgan va ta’lim muassasalariga qadar yetkazib berilayotgan
elektron darsliklar, ayrim olingan mavzular bo‘yicha dars loyihalari, slaydlar
|
| |