|
Umumiy o‘rta ta`lim tizimida jismoniy tarbiyani o‘rni va ahamiyati
|
bet | 1/7 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 174,14 Kb. | | #128614 |
Bog'liq Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI KAFEDRASI
JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA USLUBIYATI FANI
18-Ma’ruza.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya
Urganch 2022 y.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya Reja: - 1-2 bosqich o‘quvchilar jismoniy tarbiyasining maqsadi va vazifalari.
- 1-2 bosqich o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dastur bo‘limlaridagi o‘quv materiallariga tavsif.
- O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi va darsga qo‘yiladigan talablar
1-2 BOSQICH O‘QUVCHILAR JISMONIY TARBIYASINING MAQSADI VA VAZIFALARI.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy maqsadi - o‘quvchilarni jismonan baquvvat, epchil, sog‘lom qilib tarbiyalash, inson salomatligi to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish, jismoniy tarbiya fanidan egallagan bilimlarini hayotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirishdan iborat. Jismoniy tarbiya o‘quv fanini o‘qitishning asosiy vazifalari esa:
sog‘lomlashtiruvchi mashqlarni bajarishni tushunish va qo‘llay olish;
jismoniy mashqlarni ketma-ketlikda to‘g‘ri bajarish orqali jismoniy sifatlarni rivojlantirish;
sport asbob-anjomlaridan foydalanishning xavfsiz usullarini o‘rgatish;
sog‘lom turmush tarzini keng jamoatchilik o‘rtasida targ‘ib etishda tayanch va jismoniy tarbiya faniga oid kompetensiyalarni shakllantirishdan iboratdir.
Ta’limiy - jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha asosiy tushunchalarni, ularning mohiyatini hamda dasturda mavjud bo‘lgan jismoniy tarbiya jarayonida mashqlarni o‘quvchilarga o‘rgatish tushuniladi. Ta’limiy vazifani amalga oshirishda o‘quvchilarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nazariy bilimlar, ya’ni sport turlari, sport anjomlari va ulardan foydalanish hamda xavfsizlik qoidalariga rioya etgan holda yosh-fiziologik xususiyatlariga mos bo‘lgan jismoniy yuklamalarni mustaqil ravishda belgilay olish kabi ma’lumotlar beriladi.
Tarbiyaviy - jismoniy tarbiya va sport faoliyatining kerakligicha ta’minlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va aqliy, estetik tarbiyalar bilan shakllantirib boriladi.
|
| |