|
Umumiy o‘rta ta`lim tizimida jismoniy tarbiyani o‘rni va ahamiyati
|
bet | 6/7 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 174,14 Kb. | | #128614 |
Bog'liq Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiyaUloqtirish. Tennis koptogini yugurib kelib uloqtirish; granatani uzoqlikka uloqtirish.
SPORT O ‘YINLARI (14 soat)
(basketbol, voleybol, qo‘l to‘pi, futbol)
Basketbol. Basketbol o‘yinini elementlari asosida har xil mashq usullarini bajarish; himoyaning maydon va shaxsiy ushlash turlarini o‘rgatish; to ‘pni bir
qo‘lda olib yurish; oldinga intilib chiqish; to‘pni ilib olish; yerga urib, sakrab halqaga tashlash; basketbol o‘yini qoidasiga asosan ikki tomonlama o‘yin. hakamlik qilishni o‘rgatish.
Voleybol. To‘pni yuqoridan o‘yinga kiritish va zonalarga yo‘naltirish; o‘yinga mustaqil tayyorgarlik ko‘rish; Ikki qo‘l qoidasiga rioya qilgan holda to‘pni to‘r orqali qarama-qarshi turgan jamoaga uzatishni o‘rgatish; hujum zarbalariga to‘siq qo‘yish; to‘rga tegib qaytgan to‘pni qabul qilish va qaytarish; to‘pni pastdan qabul qilish va belgilangan nuqtaga uzatish; ikki guruh o‘rtasida o‘ynash taktikasini o‘rganish; o‘rganilgan mashqlarni o‘yin vaqtida qo ‘llay bilish; o‘yinga hakamlik qilishni bilish.
Qo‘l to‘pi. O‘rganilgan elementlardan ikkala tomonlama o‘yinda foydalanish; maydon bo ‘ylab himoya; aralash himoya 5x1, 6x0 taktikasi va asta sekin hujum qilish taktikalarini o‘rgatish; o‘yinda hakamlik qilish.
Futbol.
Futbol to ‘pini ko ‘krakda to‘xtatish va to‘pni uzoq masofasiga aniq yetkazib berish. To‘pni nishonga tepish; to‘pni burchakdan o‘yinga kiritish.
KURASH (8 soat)
Musobaqalarda hakamlik qilish. Belbog‘li kurash; belbog‘li kurashusullarini o‘rgatish.
SHAXMAT (2 soat)
Shaxmat misollarini yechish; amaliy o‘yinlar.
Ta’lim muhitiga qo ‘yiladigan minimal talablar:
Jihozlar:
Sport zal: Gimnastik narvonlar, gimnastik o‘rindiqlar, gimnastik “kon”, gimnastik “kozyol”, gimnastik ko‘prikcha, gimnastik to‘shaklar (mat), yakkacho‘p, qo‘shpoya, turnik, gardishlar, arg‘amchilar, gimnastika tayoqchalari, gimnastik arqon (kanat). Balandlikka sakrash uchun anjomlar, basketbol shiti, halqasi, to‘ri (komplekt). Voleybol ustuni, to‘ri. Qo‘l to‘pi darvozasi. Sport o‘yinlarining to‘plari. To‘ldirma to‘plar, fishkalar.
O‘yin maydoni: yugurish yo‘laklari, estafeta tayoqchasi, mini futbol
maydoni 2 ta darvoza, basketbol maydoni va jihozlari, basketbol halqasi, voleybol
maydoni va jihozlari, hakam o‘rindig‘i, baland va past turniklar, qo‘shpoya,
uzunlikka sakrash sektori, sog‘lomlashtirish maydonchasi.
|
| |