|
Umumiy o‘rta ta`lim tizimida jismoniy tarbiyani o‘rni va ahamiyati
|
bet | 5/7 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 174,14 Kb. | | #128614 |
Bog'liq Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiyaGIMNASTIKA (4 soat)
URM mashqlar. Harakatda URM majmuasini bajarish. (ketma-ketlikka amal qilish). Tayanib sakrash. Gimnastika “kozyoli”dan ko ‘prikchani uzoqlashtirish va yaqinlashtirish bilan depsinib sakrab tushish va oldinga umboloq oshish; Qiz bolalar yonlama qo‘yilgan gimnastika “kozyoli” ustidan oyoqlarni bukib sakrab o‘tishlar. Tirmashib chiqish.7 metr arqonga tirmashib chiqish.to‘xtab-to‘xtab tirmashib chiqish (ma’lum balandlikda to‘xtash uchun belgilar qo‘yiladi).
Osilish.Turnikda osilishdan kuch bilan tayanishga ko‘tarilish; gavdani bukib- yozish holatidan tebranishga o‘tish; osilib tebranishda gavdani keskin yozish bilan tayanchga ko ‘tarilish; turnikda tayanishdan oyoq va gavda bilan oldinga yarim oysimon harakat qilib, osilishga tushib tebranish.
Tayanishlar. Qo‘shpoyalarda qo‘llarda tayanishdan tebranib, oldinga siltanish bilan tayanchga ko‘tarilish; qo‘shpoyada qo‘llarni bukib yozish va tirsakka tayanib turishdan tebranib, orqaga siltanish bilan tayanchga ko ‘tarilish; qo‘shpoyada tayanib tebranishda, oldindan (orqadan) yon tomonlarga 90° burilib sakrab tushishlar.
Akrobatika. O‘g‘il bolalar uchun: har xil d.h. dan oldinga umbaloq oshish; 40-50 sm balandlikdagi buyumlar ustidan umbaloq oshib o‘tish; yugurib kelib, uzoqlikka umbaloq oshish; sherigi yordamida qo‘llarda tik turish; tik turgan holatdan “ko ‘prik” hosil qilish; Qizlar uchun: ikki marta oldinga, orqaga umbaloq oshish; kurakda turish; tik turgan holatdan “ko‘prik” hosil qilish va yon tomonga aylanib turish.
YENGIL ATLETIKA (8 soat)
Yugurish. 100 m ga yugurish malakasini oshirish; 800, 1000 m masofalarga yugurish; yurish bilan almashlab 6 daqiqa davomida yugurish; estafeta yugurish 4x400 metr.
Kross tayyorgarligi. 12 daqiqa davomida yugurish; yo‘nalishni o‘zgartira borib past-baland yerlardan yugurish; 3000 m masofaga kross yugurish.
Sakrash. Balandlik va uzunlikka sakrashning maxsus mashqlari; uzunlikka 3 hatlab sakrash; yugurib kelib uzunlikka “Oyoq bukish usulida” sakrash; yugurib kelib balandlikka “hatlab o‘tish usuli”da sakrash.
|
| |