|
O‘quvchilarning darsga tayyorgarligi va darsga qo‘yiladigan talablar
|
bet | 7/7 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 174,14 Kb. | | #128614 |
Bog'liq Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiyaO‘quvchilarning darsga tayyorgarligi va darsga qo‘yiladigan talablar
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport bilan muntazam shug‘ullanuvchi o‘quvchilar faqat dastur materiallari bilan chegaralanadigan o‘quvchilar oldida jismoniy sifatlar rivojlanishida talaygina ustunlikka egadirlar.
Shuning uchun o‘quvchilar oldiga o‘quv me’yorlari hamda “Alpomish va Barchinoy” maxsus test me’yorini topshirishda jismoniy sifatlarni muayyan darajada rivojlantirish uchun aniq vazifalar qo‘yiladi:
• sport ixtisosligi talablari bilan bog‘langan sifatlar o‘sishini ta’minlash;.
• litsey va kollej o‘quvchilarining jismoniy sifatlarini tarbiyalash bo‘yicha vazifalarni tabaqalashtirish professional faoliyat talablari bo‘yicha yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.
Bilishi zarur. Turli soha kishilarining muqobil harakat tartibi (kasb-hunar yo‘nalishida), mustaqil mashg‘ulotlar uslubi, yuklamalar, qon tomiri urishi (puls), muqobil kun tartibi (rejim), ovqatlanish, organizmning tiklanishi uchun uqalashlar (massaj).
Bajarishi kerak. O‘z mutaxassisligini hisobga olib ishlab chiqarish gimnastikasi majmuini bajara olish. O‘z-o‘zini uqalash (massaj qilish) usullarini bajara olish, musobaqalarda hakamlik qilish. Turli sport bayramlari, musobaqalari va xalq milliy o‘yinlarida qatnashish.
Ta’kidlash kerakki, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarning o‘quvchi-talabalari o‘z jamoasining imkoniyatlari, sharoitlari va talablari asosida jismoniy tarbiya, sport, sayohat va xalq milliy o‘yinlarini yaxshi bilish bilan birgalikda, ularni kelgusida aholi o‘rtasida targ‘ib qilish yo‘llarini ham o‘rganishda etarli darajada malaka hosil qilishlari lozim
E’tiboringiz uchun raxmat
|
| |