|
Akrobatika.
O‘g‘il bolalar uchun
|
bet | 3/7 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 174,14 Kb. | | #128614 |
Bog'liq Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiyaAkrobatika.
O‘g‘il bolalar uchun: har xil dastlabki holat (d.h.) dan oldinga umbaloq oshish; 40-50 sm balandlikdagi buyumlar ustidan umbaloq oshib o‘tish; 2-3 qadam yugurib kelib, uzoqlikka umbaloq oshish; sherigi yordamida qo‘llarda tik turish; tik turgan holatdan “ko‘prik” hosil qilish.
Qizlar uchun: ikki marta oldinga, orqaga umbaloq oshish; kurakda turish; tik turgan holatdan “ko‘prik” hosil qilish va yon tomonga aylanib turish.
Muvozanatni saqlash mashqlari.
Depsinib yakkacho‘pga chiqish; yakkacho‘pga tayanishdan bir oyoqni oshirish bilan 90° burilib, minib o‘tirish, ikki oyoqda va holatlarini almashlab sakrashlar; yarim cho‘qaygan holatda oyoqlar bilan siltanib yurish, oyoq uchlariga ko‘tarilib burilishlar, o‘ng (chap) oyoqda “qaldirg‘och” hosil qilish; o‘tirib burchak hosil qilish va qo‘llarga oldindan tayanib, oyoqlarni kerib orqaga siltanish bilan kerishib sakrab tushish.
YENGIL ATLETIKA (18 soat)
Yurish.
Sportcha yurish texnikasini takomillashtirish; 100, 200 m masofalarga yuqori tezlikda sportcha yurish; past va balandliklardan iborat 400-600 m masofani bosib o‘tish.
Yugurish.
60 m masofani tez yugurib o‘tish; 4x100 metrga estafeta yugurish; o‘rta masofaga masofa bo‘ylab yugurishni bajarish; 500, 800, 1000 m masofalarga yugurish; yurish bilan almashlab 8 daqiqa davomida yugurish; 100 m ga yugurish malakasini oshirish.
Sakrash.
Balandlik va uzunlikka sakrashning maxsus mashqlari; yugurib kelib uzunlikka “oyoq bukish usuli”da sakrash. Yugurib kelib balandlikka “hatlab o‘tish usuli”da sakrash.
Uloqtirish.
Turli holatlarda turgan joydan tennis koptogini uloqtirish; tennis koptogini 3-4 qadamdan yugurib kelib uloqtirish; tennis koptogini mo‘ljalga uloqtirish; to‘ldirma to‘p (3 kg) ikki qo‘llab sapchib-sakrab uloqtirish.
Kross tayyorgarligi.
Yo‘nalishni o‘zgartira borib past-baland yerlardan yugurish; 3000 m. masofaga kross yugurish.
|
| |