|
Umumiy o‘rta ta`lim tizimida jismoniy tarbiyani o‘rni va ahamiyati
|
bet | 2/7 | Sana | 27.12.2023 | Hajmi | 174,14 Kb. | | #128614 |
Bog'liq Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida jismoniy tarbiyaSog‘lomlashtiruvchi - o‘quvchilarning organizmlari, sog‘lig‘ini mustahkamlash, har tomonlama jismonan tarbiyalashga qaratiladi.
Ushbu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi ta’limiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtiruvchi vazifalarni bajarish lozim bo‘ladi:
1-2 bosqich o‘quvchilari uchun jismoniy tarbiya bo‘yicha dastur bo‘limlaridagi o‘quv materiallariga tavsif.
Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida Jismoniy tarbiya fanini o‘qitish quyidagi dastur asosida amalga oshiriladi
I-KURS JISMONIY TARBIYA 72 soat (haftasiga 2 soat)
GIMNASTIKA (16 soat)
Umumrivojlantiruvchi mashqlar.
Juft-juft bo‘lib buyumlarsiz va buyum bilan, gimnastika narvonida va o‘rindiqda egiluvchanlikni, kuchni, tezkorlik va chidamlilikni tarbiyalaydigan mashqlar bajarish.
Tayanib sakrash.
Gimnastika “kozyoli”dan ko‘prikchani uzoqlashtirish va yaqinlashtirish bilan depsinib sakrashlar; uzunasiga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli” ustidan tayanib sakrash (o‘g‘il bolalar 120 sm balandlikdagi gimnastika ko‘prigi oralig‘i 1 m oraliqda) oyoqlarni kerib va bukib sakrash; yonlamasiga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli” ustidan qo‘llar bilan otning o‘ng-chap qismiga tayanib, oyoqlarni kerib sakrab o‘tish.
Qiz bolalar 110 sm balandlikdagi uzunasiga o‘rnatilgan gimnastika “kozyoli” ustidan oyoqlarni kerib, sakrab o‘tish; yonlama qo‘yilgan gimnastika “kozyoli” ustidan oyoqlarni bukib sakrab o‘tishlar; oyoqlar tayanchning o‘ng va chap tarafidan o‘tish.
Tirmashib chiqish.
5 m li arqonga, qo‘llar yordamida (vaqt hisobiga) tirmashib chiqish; shuni 90° burchak hosil qilib bajarish; to‘xtab-to‘xtab tirmashib chiqish (ma’lum balandlikda to‘xtash uchun belgilar qo‘yiladi).
Osilish va tayanishlar.
Osilishlar: turnikda: osilishdan quch bilan tayanishga ko‘tarilish; gavdani bukib-yozish holatidan tebranishga o‘tish; osilib tebranishda gavdani keskin yozish bilan tayanchga ko‘tarilish; turnikda tayanishdan oyoq va gavda bilan oldinga yarim oysimon harakat qilib, osilishga tushib tebranish.
Tayanishlar: qo‘shpoyalarda qo‘llarda tayanishdan tebranib, oldinga siltanish bilan tayanchga ko‘tarilish; qo‘shpoyada tirsakka tayanib turishdan tebranib, orqaga siltanish bilan tayanchga ko‘tarilish; qo‘shpoyada tayanib tebranishda, oldindan (orqadan) yon tomonlarga 90° burilib sakrab tushishlar.
|
| |