|
Suyundikova Nazokat AbduvaitovnaBog'liq 26-11-PBSuyundikova Nazokat Abduvaitovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish
metodikasi va ta’lim texnologiyalari, fanlar bilan bog’liqligi, o`qitish
samaradorligini oshirish bo’yicha fikrlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: matematika, to’garak, metodika, matematik ro’znoma, ekskursiya,
boshlang’ich ta’lim.
Hozirgi paytda maktablarda boshlang’ich sinflarda matematika o’qitishning
asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni har tomonlama yetuk insonlar qilib
tarbiyalash hisoblanadi. Bunda ularda matematika bo’yicha bilimlar berish bilan
birga ularga o’rganilayotgan bilimlarni asosli va puxta bo’lishini ta‘minlash, ularni
qo’llay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish muhim ahamiyatga ega.
Ayniqsa matematika darslarida fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish hamda ularni
kelgusida olingan bilimlarni ongli hayotiy faoliyatda muvaffaqiyatli qo’llashlari
uchun zarur ko’nikma va malakalarni shakllantirish boshlang’ich matematik
ta‘limning asosiy vazifalariga aylanishi lozim. Matematika o'qitish metodikasi eng
avvalo kichik yoshdagi o'quvchilarni umumiy tizimda o'qitish va tarbiyalash
vazifasini qo'yadi. Umumiy metodika boshlang'ich sinf matematikasining
mazmunini va tizimliligini aks ettiradi, har bir bo'limni o'qitishning o'ziga xos
xususiy metodlarini o'rgatadi. Xususiy metodika matematika o'qitishning
asoslangan metodlarini va o'qitish formalarini, shuningdek o'quv faoliyatini tashkil
qilish yo'llarini ko'rsatadi. Ma'lumki o'qitish tarbiyalash bilan o'zaro mustahkam
bog'liqdir. Ushbu metodika o'qitishni tarbiyalash bilan qo'shib olib borish yo'llarini
o'rgatadi.
Boshlang'ich matematika o'qitish metodikasi bir necha fanlar bilan chambarchas
bog'liqdir.
1) O'qitish asosi bo'lgan matematika bilan;
|
| |