26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/210
Sana25.01.2024
Hajmi2,85 Mb.
#145888
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   210
Bog'liq
26-11-PB

www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022 
Sahifa: 34 
shunchalik chidamli bo‘lganidek, mukammal boshlang‘ich ta’lim olgan 
o‘quvchilar 
yuqori 
sinflarda 
va 
ta’limning 
keyingi 
bosqichlarida 
hech qiynalmasdan yanada yuksak natijalarga erisha oladi. Shuning uchun 
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilar savodini chiqarishda, ularga 
mustahkam bilim berish va ularda zaruriy ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishda barcha imkoniyatlarni ishga solishlari, ilk ta’lim-tarbiya jarayonini 
sifatli olib borishi lozimdir. Bu vazifa har bir o‘qituvchi zimmasiga ulkan 
mas’uliyat yuklaydi va bu mas’uliyatni to‘laqonli his etgan holda mehnat qilish 
zamirida esa ijodkorlik, izlanish, ilg‘or va innovatsion texnologiyalarni, ilg‘or ish 
tajribalarini, samarali didaktik materiallarni o‘qitish jarayonida mahorat bilan 
qo‘llash faoliyati yotadi. 
Ona tili - har bir elatning, xalqning, millatning o'z tili. Ona tili lug'at tarkibi, 
asosan, shu tilga mansub xalqning turmushi, madaniyati va an'analarini 
ifodalaydigan so'z va tushunchalardan iborat bo'ladi. Ona tili taraqqiyoti har bir 
elat, xalq va millatning ijtimoiy rivojlanishi bilan uzviy bog'liq. Darsni tashkil 
etish, boshqarish, nazorat qilishda o'quvchi va o'qituvchi faoliyatiga qo'yiladigan 
talablar, didaktik qoidalar ta'lim prinsplari hisoblanadi. Bu prinsplar har fanda 
o'ziga xos tadqiq etiladi. 
Boshlang'ich sinflarda ona tilini o'qitish grammatika, imlo va unga bog'liq holda 
nutq o'stirish metodikasinigina emas, balki xat-savod o'rgatish, sinfda va sinfdan 
tashqari o'qish metodikalarini ham o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, 
boshlang'ich sinflarda ona tili o'qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni 
bajaradi: 
a) boshlang'ich sinflarda ona tili kursining mazmuni, hajmi va mavjud tizimini, 
ya’ni kursning (xat-savod o'rgatish, o'qish, grammatika, imlo, nutq o'stirish va h.k.) 
dasturini belgilash va asoslash; 
b) o'qish va yozuvdan bilim va ko'nikmalarning shakllanishi jarayonini hamda 
bu jarayonda o'quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni o'rganish, xatolarning 
sababini tahlil qilish, ularning oldini olish va to'g'rilashga yordam beradigan ish 
turlarini ishlab chiqish; 



Download 2,85 Mb.
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   210




Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktab

Download 2,85 Mb.
Pdf ko'rish