|
26 may 2022 3-to’plam 16-bet Kichik maktabBog'liq 26-11-PBwww.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 42
bo‘lmasin,ularning mazmuni va tuzilishida nechog‘lik chuqur g‘oyalar amalga
oshirilmasin, ular bari bir barcha metodik vazifalarni juda tez hal etishga qodir
emas.Shunday qilib, didaktik materiallarni o‘quvchilarning o‘quv materialini
o‘zlashtirish darajasini nazorat usullaridan biri sifatida qarash lozim. Shu bilan
birga ushbu usul mazkur sinf va o‘qituvchi uchun eng yaxshi usul bo‘lmasligi ham
mumkin.Shu sababli didaktik materiallar o‘qituvchini o‘quvchilarning bilim va
uquvlarini o‘zlashtirishd arajasini aniqlash imkonini beradigan individual
tekshirish uchun ishlar matnini tuzishdan xalos eta olmaydi.
O‘quv qo‘llanma bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining boshlang‘ich sinf
o‘quvchilariga matematikadan bilim berishda yuzaga keladigan turli ijtimoiy-
iqtisodiy, bozor iqtisodiyotiga oid, o‘quvchilarni ijodiy faollikka yetaklaydigan,
metodik vazifalarini mustaqil hal etish uchun tayyorgarlik saviyalarini oshirishni
nazarda tutadi. Qo‘llanma talabalarning matematikadan boshlang‘ich ta’lim
metodikasi bo‘yicha asosiy ishlarining tavsifi va namunalarini o‘z ichiga oladi.Har
bir mashg‘ulotning mavzu ,unga tayyorlanish jarayonida o‘quvchi bajarishi lozim
bo‘lgan topshiriqlar, uslubiy ko‘rsatmalar va eng muhim nazariy manbalar
keltirilgan.
Qo‘llanma
o‘quvchilarning
mashg‘ulotlarga
tayyorlanishida
foydalanishlari
va
ularning
mustaqil
ishlarini
tashkil
etish
uchun
mo‘ljallangan.Qo‘llanmada o‘quvchilar uchun ko‘p o‘yinlar va ulardanf
oydalanish bo‘yicha metodik tavsiyalar ,yangi pedagogic texnologiya yutuqlaridan
foydalanilgan holda milliylashtirilgan materiallarni amaliyotga tatbiq etish
masalalari keng yoritilgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Umumiy o‘rta ta‘limning Davlat ta‘lim standartlari. Boshlang‘ich ta‘lim
―Ta‘lim taraqqiyoti‖ jurnali, Toshkent ―Sharq‖, 1999, 7 - soni
2. Levenberg L.Sh. va boshqlar. ―Boshlang’ich sinflarda matematika
o’qitish metodikasi Toshkent ―O’qituvchi
3. Bikbaeva N.U. va boshqalar. ―Boshlang’ich sinflarda matematika
o’qitish metodikasi Toshkent ―O’qituvchi‖ 1996 yil.
|
| |