www.pedagoglar.uz
26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 44
"Boshlang'ich sinflarda didaktik o`yinlardan foydalanish"
Farg'ona viloyati Dang'ara tumani
38-maktab boshlang'ich ta'lim fani o'qituvchilari
Hayitova Nazokatxon Mehmonqo'zi qizi
Toshtemirova Nigoraxon Ibrohimjon qizi
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o’qish darslarida didaktik
o’yinlarva interfaol usullardan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari
to’g’risida ma’lumotlar berilgan.
Kalit so’zlar: Didaktika, ta`lim, o`quvchi, mehnatkash, didaktik o`yin, interfaol,
qiziqish, shakllantirish, dars, faol, tafakkur.
Zamonaviy ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun ilg’or
texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiya jarayonining didaktik ta’minotini
yaratish,
ta’lim mazmunini inovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish kerak.
Boshlang’ich ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun darslarimizda ilg’or
pedagogik va axborot-kommunikatsiyasi texnologiyalarini, didaktik o’yinlar va
interfaol usullardan foydalanishimiz darkor. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun
didaktik o’yinlar bilim olishning faollashtiruvchi ish turlaridan biri bo’lib
o’quvchilarda
tafakkur, og’zaki va yozma nutq ko’nikmalarini shakllantiradi.
Didaktik o’yinlar o’qish darslarida o’quvchilarning qiziqishini o’stiruvchi
vositalardan hisoblanadi. Didaktik o’yinlarning maqsadi o’quvchilarning fanga,
ta’lim olishga, kitobga bo’lagn qiziqishlarini uyg’otishdir.
Didaktik o’yin bolalarda bilish jarayoniga jonli qiziqish uyg’otadi va
ma’lummotlarni qabul qilishga yordam beradi. Bu o’yinlar bolalarning atrof-muhit
haqidagi tasavvurlarini kengaytirishga, tartibga solishga, qiziqish va qobiliyatlarini
rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi kerak. Didaktik o’yinlar o’quvchilar uchun
qiyin bo’lgan bilim olish jarayonini yengillashtiradi. Ta’limiy o’yinlardan,
mavzuga oid oddiy qiziqarli savol-javoblardan darsning ma’lum
qismida
foydalanish lozim. Boshqotirma, tez aytish kabi o’yinlar muntazam o’tkazib
turilsa, o’quvchilarda ma’lum bir ko’nikmalar hosil bo’lib boradi. Dars jarayonida
o’yinlarni to’g’ri tashkil etish va o’tkazishda
vazifalar, qoidalar va ularning