Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompetensiyaviy yondashuv fanining didaktik tamoyillari Reja




Download 199,85 Kb.
Pdf ko'rish
Sana26.01.2024
Hajmi199,85 Kb.
#146373
Bog'liq
Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompetensiyaviy yondashuv fanining didaktik tamoyillari



Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompetensiyaviy yondashuv 
fanining didaktik tamoyillari 
Reja: 
1. Matematika darslarida asosiy didaktik maqsadlar;
2. Matematikadan dars turlari; 
3. Ta’lim tizimini modernizatsiyalash
Har bir talaba bilishi kerak: 1) onglilik tamoyili; 2) ko'rsatmalilik tamoyili;
3) ilmiylik tamoyili; 4) ketma-ketlik tamoyili; 5) puxta o'ziashtirish tamoyili va 
hokazolar; 6)boshlang'ich maktabda algoritmiar va algoritmiarga o'rgatish 
metodikasi. 
Har bir darsdan turli xil didaktik maqsadlar ko'zlanadi. Ular orasida bittasi 
bosh maqsad bo'lib hisoblanadi va uni darsning asosiy didaktik maqsadi deyiladi. 
Har bir alohida darsning maqsadi darslar tizimining maqsadini aniqlab, uning 
yordamida o'qitilayotgan mavzuning mazmunini o'quvchilarga ochib beradi. Bu 
holda yangi tushunchalar bilan o'quvchilami tanishtirish bo'Isa, ikkinchi holda 
tanishtirilgan tushunchani kengaytirish va chuqurlashtirish, uchinchisida, biror 
malaka va ko'nikmalami hosil qilish, to'rtinchisida, bilim, malaka va ko'nikmalami 
tekshirish va h.k. bajariladi. Har bir darsda yuqorida aytilganlaming bir nechtasi 
yoritilishi mumkin. O'tilganiami takrorlash oidin o'tilgan darslami yangi tizimga 
solish, shu bilan bilimlami tekshirishni o'z ichiga oladi. Yangi materialni bayon 
qiliih har doim mashqlar bajarish bilan davom ettiriladi. Maktablar tajribasi darsning 
ma'lum tizimini yaratdiki, ko'pchitik o'qituvchilar bu tizimga rioya qilib, ma'lum 
yaxshi natijalarga erishmoqda. Odatda darsning boshida uy vazifasi tekshiriladi yoki 
o'tgan mavzu takrorlanadi, so'ngra o'tgan mavzu yuzasidan savol-javob o'tkaziladi. 
Shundan keyin yangi material bayon etiladi va uni mustahkamlash uchun 
o'quvchilarga misol va masalalar yechdiriladi yoki nazorat savollari beriladi. Dars 
oxirida uyga vazifa to'g'risida ko'rsatrnalar beriladi. Ba'zan, bu rnaqsadlardan 
bittasiga bag'ishlanishi mumkin. Ana shu bitta rnaqsadni darsning asosiy didaktik 
maqsadi deyiladi va boshqalar unga bo'ysinadi.
Boshlang'ich sinflarda matematikadan quyidagi dars turlarini ko'rsatish 
rnumkin. a) o'quvchilami yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va 
ko'nikmalami hosil qilish darslari (Bu darslarda hisoblash, grafik yoki masala 
yechish bilimlari hosil qilinadi); b) turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, 
ko'nikmalami mustahkamlash darslari; d) o'tilganlami takrorlash, umumlashtirish 
darslari; e) keyingi bosqichda xatolaming oldini olish maqsadida mustaqil bilim, 
malaka va ko'nikmalami tekshirish darslari. Har bir darsda turti xildagi didaktik 
maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish; darsning va 
mavzuning maqsadini bayon qilish; oldin o'tilganlami takrorlash bilan o'quvchilarni 
yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlash; og'zaki hisoblash uchun maxsus 


mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy bo'limi); bolalaming oldin 
o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash; o'rganilgan bilimlami 
hisoblash; mashq, bilim va malakalarni qo'llash (darsning asosiy bo'timi); 
o'quvchilarni mustaqil ishlatish va uni tekshirish; oldin o'zlashtirilgan materiallami 
takrorlash; uyga vazifa berish; darsni xulosalash. Darsning asosiy qismlarini turti 
xilda va turli metodlar bilan birga qo'shib olib borish mumkin. 
O'qituvchi dars rejasini tuzishda quyidagilarni e'tiborga olishi kerak. Dars 
qanday qismlardan iborat bo'lishi, ularni qanday ketma-ketlikda joylashtirish, ular 
o'rtasida o'quv materialini qanday taqsimlash, bu qismlar bir-biriga qanday 
bog'lanishda, ular darsning asosiy didaktik maqsadini amalga oshirishda yetarli 
miqdorda yordam berishini hisobga olishi kerak. Boshlang'ich sinfda matematika 
darsining har bir qismi umumiy didaktik masalalarni bajarishga qaratilrnog'i kerak. 
Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o'zaro bog'langan bo'lishi kerak. 
Alohida dars turlarining tarkibini qarab chiqamiz. Masalan: o'quvchilarni yangi 
tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish darslari. 
Darsning boris hi. Darsni maqsadga rnuvofiq shunday boshlash kerakki, barcha 
o'quvchilarni, o'quv vazifalarini faol bajarishga darhoI tortadigan bo'lsin. Shu 
maqsadda uncha katta bo'lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish 
kerak, bu esa o'quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina 
yozishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o'quvchilarni yangi materialni 
o'zlashtirishga tayyorlaydi. Darsning birinchi qisrnida agar uy vazifasi mazmun 
jihatdan yangi materialga bog'liq bo'lsa, uni tekshirish ham rnumkin. Agar uy 
vazifasi yangi mavzuga bog'liq bo'lmasa, yangi mavzuni o'tishda o'quvchilar uni 
qo'llamasa, u holda yangi bilimlarni bayon qilish darsida uy vazifasini tekshirish 
shart emas. Shunday qilib darsning birinchi qisrni o'quvchilarning faolligini va 
diqqatini yo'naltirishga qaratilmog'i lozim, bu bosqichga uncha ko'p vaqt sarf 
qilmaslik kerak. O'quvchilar diqqatini yo'naltirish usullaridan yana biri darsning 
mavzusi va maqsadini aniq tushunarli e'lon qilishdir. Bunda albatta o'quvchilarning 
qiziqishini orttirish va muammoli vaziyat yaratish zarur. Masalan: o'quvchilar faqat 
hisoblashning og'zaki usuli bilan tanish bo'lsalar, ularga ikkita uch xonali sonlarni 
qo'shish tavsiya qilinsa, bunday holatda o'quvchilar o'zlarining ortiqcha bilim va 
malakalarini qo'llaydilar. O'quvchilar rna'lum qiyinchiliklardan o'tadilar. Shunday 
qilib, oldindan o'rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin 
emasligiga ishonch hosil qiladi.
Ta’lim tizimini modernizatsiyalashning hozirgi bosqichi o’qituvchining 
kasbiy tayyorgarligi, uning pedagogik mahorati, kompetentligi, eridusiyasi, 
intellektualligi va umumiy pedagogik mahoratiga yuqori talablarni qo’ymoqda. Bu 
holatning yuzaga kelishi esa, respublika ta’lim tizimida insonparvarlik, shaxsga 
yo’naltirilgan o’qitish, kasbiy tayyorgarlikda kompetentli yondoshuv g’oyalariga 


o’tishdan kelib chiqmoqda. Ta’limda asosiy ustuvorlik ta’lim oluvchi shaxsi, 
shaxslararo munosabatlarni o’zgartirib, zamonaviy o’qitish va pedagogik 
texnologiyalarni qo’llagan holda jarayonni shunday boshqarish kerakki, ta’lim 
oluvchi nafaqat o’qitish ob’yekti, balki sub’yekti ham bo’lishiga asoslangan 
shaxsning shakllanishiga beriladi. Shu bois, bo’lajak o’qituvchining kasbiy va 
shaxsiy shakllanishiga yordam beruvchi pedagogik vositalarni aniqlash muhim 
ahamiyatga ega bo’lmoqda. Olingan bilimlar, texnika va texnologiyalarning tez 
eskirishi va yangilanishi o’qituvchi oldiga doimiy ravishda o’z malakasini oshirish, 
fan, texnika, madaniyat va ilg’or pedagogik tajribalarning zamonaviy yutuqlariga 
ega bo’lish masalasini qo’ymoqda. Amaliyotning ko’rsatishicha, o’quv reja va 
dasturlarni takomillashtirish har doim ham o’quv jarayonining samarasini oshirishga 
yordam beravermaydi. Real amaliy faoliyat talablaridan ajralgan holda, o’quv 
jarayoniga rasmiy yondoshuv bo’lajak o’qituvchi kasbiy kompetentligining 
rivojlanishiga xalaqit beradi.
I.G. Lipatnikovaning ta’kidlashicha, hozirgi zamon maktabi pedagogika oliy 
ta’lim muassasasidan paydo bo’lgan muammolarni hal etish yo’llarini tanqidiy 
baholash va topish, holatni tahlil qilish, o’z faoliyatini adeakvat o’zgartirish, 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalarini qo’llash, axborotlarni topish, 
qo’llash va tanlashni bilishga qodir matematika o’qituvchisini kutmoqda. Qayd 
etilgan muammolarni hal etish usullaridan biri sifatida bo’lajak matematika 
o’qituvchilarida kasbiy yo’nalganlikni oshirishni taklif etamiz. U quyidagilardan 
iborat: 
- talabalarning bo’lajak kasbiy faoliyatini anglash uchun sharoitlar yaratish;
- bo’lajak kasbga muvaffaqiyatli ega bo’lish uchun zarur shaxsiy sifatlarni 
rivojlantirishga alohida e’tibor berish;
- har bir talabada mavjud kasbiy ahamiyatli sifatlarning rivojlanish darajasini 
aniqlash va individual ta’lim trayektoriyalarini qurish.
Oliy ta’limning zamonaviy tizimda bitiruvchining ma’lumoti sifatining asosiy 
ko’rsatkichi uning kasbiy kompetentligidan iboratligi bilan tavsiflanadi. Psixologik 
lug’atlarda pedagogning kasbiy kompetentligi muvaffaqiyatli kasbiy faoliyat, uning 
ahamiyati va uni amalga oshirishda qo’llaniladigan bilim va ko’nikmalar to’plami 
bilan aniq maxsus masalalarga munosabat sifatida ta’riflanadi. Matematika 
o’qituvchisining kasbiy kompetentligi quyidagi komponentlardan iborat: mazmunli 
(maxsus matematik bilimlarga egalik), texnologik (matematika o’qitish usullariga 
egalik), shaxsiy (shaxsning ayrim xususiyatlariga egalik).
Matematika o’qituvchisi kasbiy tayyorgarligining yangi sifatiga ega bo’lish 
uchun matematika o’qitish nazariyasi va metodikasi kursining nazariy asoslari va 
uni qurishning qo’shimcha tadqiqotlari zarur. Ular bo’lajak matematika o’qituvchisi 


mahoratining 
shakllanishiga 
va 
umumiy 
pedagogik 
madaniyatini 
takomillashtirishga yordam beradi.
Predmetli tayyorgarlikning kasbiy yo’naltirilganligini oshirish asosida kasbiy 
kompetentlikni shakllantirish masalasini amalga oshirish ta’lim jarayoniga kasbiy 
faoliyat elementlari, kasbiy tajribalarni kiritish, o’qitish usullari va shakllarini 
o’zgartirish yo’li bilan hal etilishi mumkin. Matematika o’qitish nazariyasi va 
metodikasi kursining bo’lajak o’qituvchilarda refleksiv predmetli faoliyat asosida 
reproduktiv va lokal modellashtiruvchi xarakterli amaliy bilimlarini shakllantirish, 
rivojlantirish, o’quv va kasbiy faoliyat motivlarini shakllantirish kabi maqsadlari 
bo’lajak pedagogning kompetentligiga bevosita dahldor hisoblanadi. Bu 
maqsadlardan esa, kursning quyidagi vazifalari kelib chiqadi:
- bo’lajak matematika o’qituvchisida kasbiy sifatlarni tarkib toptirish;
- talabalarda matematika o’qitish nazariyasi va metodikasi kursining asosiy 
tushunchalari haqida tasavvurni shakllantirish;
- talabalarda o’quv materialini bayon qilish usullari va o’quv mashg’ulotlarini 
tashkil etish shakllarini mustaqil ajratish va tahlil qilish qobiliyatini shakllantirish;
- talabalarning o’quv materialini o’qitishning turli usullari orqali taqdim etishni 
bilishni rivojlantirish;
- bo’lajak pedagogning tadqiqotchilik qobiliyatlarini ta’lim jarayoniga faol kiritish 
yo’li bilan rivojlantirish. 

Download 199,85 Kb.




Download 199,85 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Boshlang’ich sinf matematika darslarida kompetensiyaviy yondashuv fanining didaktik tamoyillari Reja

Download 199,85 Kb.
Pdf ko'rish