www.pedagoglar.uz 26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 4
to'garak tashkil etishi va muntazam ravishda mashg'ulotlarni o'tkazib borishi zarur.
To'garak mashg'ulotlarida qadimiy allomalarning hayoti va ijodi bilan tanishtirish,
ularning fizika faniga qo'shgan xissalaridan xabardor etish bilan o'quvchilarda
ajdodlarimizga nisbatan fahrlanish xissini uyg'otishga harakat qilish lozim.
To'garak mashg'ulotlarida fizikaning boshqa fanlar – matematika, kimyo,
biologiya, geografiya, adabiyot va boshqalar bilan aloqasi haqida ma'lumotlar
berib borish foydali. To'garak mashg'ulotlarining yil oxiridagi yakuniy jarayonida
fizika kechasi o'tkazish maqsadga muvofiq. Kechani o'tkir zehnlilar mushoirasi,
biror allomaning hayoti va ijodiga, biror qiziqarli fizikaga oid mavzuga
bag'ishlangan tadbir sifatida o'tkazsa ham bo'ladi. Kechani o'tkazish uchun puxta
tayyorgarlik ko'rish va kechaning har bir nomerini did bilan tanlab, qiziqarli qilib
o'tkazishga harakat qilish kerak. Kechani o'tkazishda o'quvchilarning she'riyatga
qiziqishlarini e'tiborga olib, ko'proq nazmiy ma'lumotlardan foydalanish, she'riy
bayon etilgan fizik masalalarni ko'rish foydali bo'ladi, bu usul kechaning zerikarli
bo'lmasligini ta'minlaydi, yuqori saviyada o'tishiga omil bo'ladi degan fikrdamiz.
Yuqorida tavsiya etilayotgan mavzularni va bayonlash usullarini bir ko'rsatma
sifatida qabul qilib, har o'qituvchi o'z nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda tadbir
o'tkazishi maqsadga muvofiq bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. YA.Perel`man. Qiziqarli fizika.1-qism.–T.: “Fan” 1997 y. 188-
2. Ya.Perelman. Qiziqarli fizika.2-qism.–T.: “Fan” 2007 y. 124-b.
3. A.Samirjonov. Maktabda fizika darsi.–T.: “O’rta va oliy maktab nashriyoti”
1998 y. 59-b.
www.pedagoglar.uz 26-son 3 –to’plam may 2022
Sahifa: 5