• Lenovo Group Limited
  • Sony Corporation
  • Samsung Electronics , Samsung
  • Portativ (Noutbuk) kompyuterlarning turlari va ularning xarakteristikalari (xossalari)




    Download 2,23 Mb.
    bet2/4
    Sana24.07.2024
    Hajmi2,23 Mb.
    #268398
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Amaliy ish N 3

    2. Portativ (Noutbuk) kompyuterlarning turlari va ularning xarakteristikalari (xossalari).
    Laptop (yoki noutbuk) - mobil foydalanish uchun moʻljallangan qoʻlda koʻtarib yuriladigan kichik shaxsiy kompyuter turi.
    Laptop uchun quyidagilar xususiyatlari muhim:

    • Ekran hajmi kamida o'n to'rt, lekin ko'pi o'n yetti dyuym bo'lishi kerak;

    • ajralmas grafik kartalari yuqori sifatli grafikalar bilan ta'minlangan bo’lishi kerak;

    • Buyuk, farovon, va kengaytirilgan klaviatura;

    • har doim bor bo'lgan optik haydovchi (boshqa so'z bilan aytganda - drive);

    • batareya quvvati besh yoki undan ortiq soat ishlash imkonini berishi;

    • osonlik bilan qismlarga ajralishi (buzilgan holatda).

    Asosan, quyidagi firmalar noutbuklari koʻp tarqagan:

    • Dell

    • Acer

    • Hewlett-Packard

    • Lenovo

    • Sony

    • Samsung

    • Apple

    Dell, Amerika ko‘ptilli kompyuter texnologiyasi kompaniyasi bo‘lib, kompyuter ishlab chiqarish boʻyicha eng yirik kompnayilardan biri. 2005-yil natijalariga ko‘ra Fortune 1000 ro‘yhatida 26-o‘rinni egallagan.Dell kompaniyasi bosh ofisi Round Rock, Texas, AQShda joylashgan.
    Ushbu shirkatning asoschisi, xo‘jayini va CEO'si Michael Dell bo‘lib, shirkat Dell Technologies'ga tegishli hisoblanadi.
    Dell – shaxsiy kompyuter, noutbuk, server, maʻlumotlarni saqlash qurilmalari, KPK'lar va boshqa ko‘pgina qurilmalar yaratish, ishlab chiqarish, sotish va xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.

    6-rasm. Dell portatitv kompyuteri.
    Dell kompyuterlarining eng yangi modellaridan bo‘lgan Dell Vostro 15 kompyuteri o‘ziga xos xususiyatlarga ega. U mukmmal rivojlangan yuz orqali insonni tanish, barmoq izi orqali skanerlash va kompyuter xavsizligini ta'minlash qulayliklariga egadir. Eng qizig‘i ushbu kompyuterning old kamerasi Web-Camera 24px turiga kiradi va uning xotirasi hajmi 1 TBni tashkil etadi. U o‘z ichida 240 HDD va 250 SSD disklarga ega. RAM hajmi 4,8,16 va 32 lik turlarga bo‘linadi. Ushbu kompyuter asosan dasturlash va hisobot ishlarini olib borish uchun mo‘ljallangan hisoblanadi. Kompyuterning ovozli boshqarish tizimi ham mavjud bo‘lib u Microsoft kompaniyasining Windows 10 dasturiy tizimida ishlaydi(6-rasm).
    Acer- Elektronika va Kompyuter texnikalari ishlab chiqaruvchi Tayvan  kompaniyasi hisoblanadi.

    7-rasm. Acer noutbuki.
    Acer kompaniyasi monitor, konsentratorlar, kommutatorlar, diskovod, setevoy karta, klaviatura,operativ hotira va noutbuk ishlab chiqaradi(7-rasm). 2006 yil Acer 14 mln kompyuter (39% ga koʻp 2005 yilga nisbatan) ishlab chiqardi.2006 yilgi kompaniya foydasi oʻtgan yilga nisbatan 16% ga oshdi (yani $11,156 mlyardni tashkil etdi),sof foydasi esa - 21% ($308,9 mlnni tashkil etdi) ga oshdi.
    Acer noutbuklarining modellari:

    • Travel Mate series

    • Tablet PC series

    • Aspire series

    • Extensa series

    • Ferrari series

    Lenovo Group Limited Xitoy kompyuter kompaniyasi, 2007-yil 1-kvartal natijalariga binoan dunyoda kompyuter ishlab chiqarish bo’yicha (HP, Dell va Acer dan so`ng) to’rtinchi o`rinda turadi. Honkongdan ro`yxatdan o`tgan, bosh ofisi - Pepcheyz shahrida (Nyu – York shtati, AQSH) joylashgan. Lenovo so'zi xitoycha bo'lib defekt ma'nosini bildiradi(8-rasm).

    8-rasm. Lenovo portativ kompyuteri.
    Kompaniya shaxsiy, cho'ntak kompyuterlari, serverlar, monitorlar, videoproektorlar va boshqa ko'pgina qurilmalar ishlab chiqarish bilan shug'ullanadi. Kompaniya mahsulotlari asosan - Think Centre va ThinkPad savdo belgilari ostida ishlab chiqariladi. Gartner analitik kompaniyasi hisobiga ko'ra 2007-yilning birinchi kvartalida Lenovo kompaniyasi 3,9 mln dona kompyuter sotgan. Kompaniya umumiy ishchilari soni – 19,5 ming kishini tashkil etadi. 2007 yil 31 mart moliyaviy yilda kompaniya daromadi - $14,6 mlrd(o`sish o`tgan yilga nisbatan 10%), sof foyda - $161 mln(o`sish 640%)ni tashkil etdi.
    Sony Corporation- transmilliy korporatsiya, bosh ofislari Yaponiya va AQSH da joylashgan, 1946 yil Yaponiya da tashkil topgan. Korporatsiya xo`jalik va professional elektronika mahsulotlari, o`yin moslamalari va boshqa yuqoritehnologiyali mahsulotlar ishlab chiqaradi.Bundan tashqari Sony dunyoda eng yirik mediya kompaniyalaridan biridir.Hozirgi kunda kompaniya Sony - BMG ovoz yozish studiyasi(Bertelsmann kompaniyasi bilan hamkorlikda), Columbia Pictures kinostudiyasi va TriStars Pictures, shuningdek MGM kompaniyasining to`liq kinolar arhiviga(Comcast kompaniyasi bilan hamkorlikda) egalik qiladi.
    Samsung Electronics, Samsung (koreyscha: 삼성전자, 三星電子, „Samson Chonja“) — xalqaro kompaniya. Markazi Seul shahrida joylashgan. Samsungning 56 davlatda joylashgan 124 ishxonasida 164 mingdan koʻproq xodim ishlaydi(9-rasm).

    9-rasm. Samsung portativ kompyuteri.
    Samsung Electronics kompaniyasiga 1969-yil Suvon shahrida Samsung Electric Industries nomi bilan asos solindi. Dastlab televizor, kalkulator, muzlatgich, konditsioner va kir yuvish mashinalarini ishlab chiqargan. 12 yil davomida, ya'ni 1981-yilgacha 10 milliondan koʻproq oq-qora televizior ishlab chiqardi.
    "Apple" – shaxsiy kompyuterlar, iPod audio-pleyerlar va dastur taʻminoti ishlab chiqaruvchi amerika korporatsiyasi. Shaxsiy kompyuterlar va zamonaviy grafikli interfaysga asoslangan koʻp vazifali operatsion tizimlar olamida boshlab berganlardan biri hisoblanadi. Bosh ofisi – Kupertino, Kaliforniya shtatida joylashgan.2007 yil 9 yanvargacha 30 yil davomida korporatsiya nomi “Apple Computer” edi.

    10-rasm. Apple portativ kompyuteri.
    Hozirgi kunda Macintosh kompyuterlaridan tashqari (MacPro, iMac va Mac mini modellari, noutbuklar : MacBook va MacBook Pro, Xseve server ishlab chiqarish(10-rasm.) shuningdek ularga dasturiy taʻminoti (Mac OS X, iLife,Final Cut, Aperture multimediya paketlari va boshqalar) ishlab chiqaradi. Apple iPod pleyerlari ishlab chiqaradi, shuningdek iTunes onlayn doʻkoni orqali raqamli audio va videoyozishlarni sotish bilan ham shugʻullanadi. Apple Cinema Display deb nomlanuvchi professional kompyuter displeylarini ham ishlab chiqaradi.







    Download 2,23 Mb.
    1   2   3   4




    Download 2,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Portativ (Noutbuk) kompyuterlarning turlari va ularning xarakteristikalari (xossalari)

    Download 2,23 Mb.