|
3- mavzu. Marketing axborotlari turlari va ularni tahlil qilish
|
bet | 1/3 | Sana | 17.12.2023 | Hajmi | 71,41 Kb. | | #121867 |
Bog'liq 3- mavzu. Marketing axborotlari turlari va ularni tahlil qilish
3- Mavzu. Marketing axborotlari turlari va ularni tahlil qilish.
Reja:
1.Marketing axboroti xususiyati.
2.Marketing axborot tizimi.
3.Marketing birlamchi va ikkilamchi axborot turlari
1.Marketing axboroti xususiyati.
Ma'lumki, marketing axboroti marketing faoliyatida qaror qabul qilish uchun asos hisoblanadi, shuningdek, qaror qabul qilgandan keyin olingan natijalarni tahlil qilish uchun ham kerakdir. Ko’pgina marketologlarning ta'kidlashicha, axborot bilan bog’liq faoliyat butun marketing faoliyati hajmining uchdan bir qismidan tortib yarmigachasini tashkil qiladi. Iqtisodiy amaliyotda qo’llaniladigan marketing axboroti quyidagi mezonlar bo’yicha tasniflanishi mumkin. M arketing maqsadlariga mo’ljallangan axborotni bir nechta guruhlarga bo’lish mumkin. Xususan, bozor va uning kon'yukturasi haqidagi axborot, sotish (savdo)ning uslublari va shakllari haqidagi axborot va, nihoyat, o’z korxonasi haqidagi axborot.
Korxonada shakllanayotgan axborotlar massivi bir martali marketing tadqiqotlarini o’tkazish hisobiga va marketing axborotini to’plash, ishlov berish va tahlil qilish natijasida davriy ravishda kengayishi va yangilanishi kerak.
2.Marketing axborot tizimi
Marketing axborot tizimi (MAT) korxonaning marketing faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan ma'lumotlarni to’plash, jamlash va ishlov berishning usullari, uslublari, tashkiliy tadbirlari va texnik vositalarining yig’indisi, deb ta'riflanadi. MAT korxonani boshqarishdagi axborot tizimining eng muhim tarkibiy qismidir.
MATning o’ziga xos tomoni shundan iboratki, u axborotning ichki va tashqi manbalaridan foydalanib bozor bilan aloqalarning rivojlanishini ta'minlaydi. Tajribalar shuni ko’rsatadiki, korxonadagi axborot tizimlari turli xil rivojlanish bosqichida bo’lishi mumkin, shu jumladan:
- ma'lumotlarni hisobga olishning oddiy modeli;
- marketing hisobotlari tizimi;
- turli hisob-kitob modellarini qo’llashga mo’ljallangan tizimlar;
- marketingni prognozlash tizimi va hokazo.
|
| |