• 1-bob 1.2 rasm
  • 1-bob 1.3 rasm
  • 3. 2-bob. O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportni xizmatlari eksportinIng amaldagi xolati va rivojlanish tendentsiyalari




    Download 1.1 Mb.
    bet3/16
    Sana17.06.2023
    Hajmi1.1 Mb.
    #74009
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    diplom ishi yakuniy ish (2) (2)
    Jahongir PTA, 1, 4-amaliy ish 4s, 4-lab, LABORATORIYA MAShG, Хаёт фаолияти хавфсизлигининг назарий асослари, психологик паспорт лотин - копия, 4-qayta topshirish, 15, TDTU o\'quv auditoriyalari uchun optimal korparativ tarmoqlarni tahlil, 5.1, Металларга резба кесиш
    1-bob 1.1 rasm
    Hozirgi vaqtda nafaqat O'zbekistonda, balki MDHning ko'pgina mamlakatlarida logistika faqat yuklarni tashish bilan bog'liq bo'lgan ma'lum funktsiyalar majmuasi sifatida qabul qilinadi. Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlarda biznes yuritish amaliyoti shuni ko'rsatadiki, logistika savdo oqimlarini tashkil etishda strategik muhim rol o'ynaydi. Logistikaning ko'plab shakllari va yo'nalishlari mavjud - bular sanoat logistikasi, savdo logistikasi, axborot logistikasi, transport logistikasi, boshqaruv logistikasi, ombor logistikasi va boshqalar.
    Respublikada transport xizmatlari bozorining tarkibini asosan avtomobil, temir yo‘l, xavo transporti tashkil qiladi. Xar bir transport turining o‘ziga xos xususiyatlari bor. Transport xizmatlari sifati tushunchasi ham ushbu xususiyatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi.

    O'zbekiston iqtisodiyotida transport xizmatlarinin o‘rni




    1-bob 1.2 rasm
    Transport xizmatlarining respublika iqtisodiyotidagi roli katta. Chunki xar qanday ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasining faoliti transport bilan bog‘liq.
    Transport xizmatlarining son va sifat tavsifidan turlicha iqtisodiy manfaatlar yuzaga keladi va ularni quyidagicha tasvirlash mumkin.

    Transport xizmatlarining iqtisodiy manfaatlari




    1-bob 1.3 rasm
    Xizmat ko‘rsatish sohasining an’anaviy tarkibiy qismlaridan biri – «transport xizmatlari» iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u o‘z tarkibiga barcha turdagi yuklar tashuvini va bu jarayonga muvofiq keluvchi yoki yordam beruvchi operatsiyalarni qamrab oladi.
    Umumiy holda xizmat deganda iste’molchiga foyda keltiradigan xarakatlar majmuasi tushuniladi.
    Transport xizmati bu korxonalar va odamlar ehtiyojini qondirishga qaratilgan transport faoliyati turi hisoblanadi. Transport xizmati – nafaqat yuk yoki yo‘lovchilar tashish, balki tashish jarayoniga kirmaydigan, lekin uni tayyorlash va amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday operatsiyalar kompleksidan iboratdir.
    Transport xizmatlarini tavsiflashda uning moddiyligini ajratib ko‘rsatish, shuningdek ularni yig‘ish mumkin emasligi va xizmat ko‘rsatish jarayonining iste’mol jarayoni bilan birgalikdaligini ta’kidlash kerak bo‘ladi.
    Taqdim qilinayotgan transport xizmatlariga qat’iy talablar qo‘yiladi. Ularga etkazib berish tezligi va ishonchliligi, xavfsizlik darajasi, yuklarning saqlanganligi va yo‘lovchi tariflari, qo‘shimcha xizmatlarning mavjudligi kabilarni kiritish mumkin.
    Transport xizmatlari quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi:
    1. asosiy faoliyatga bog‘liqliga ko‘ra:
    - tashish;
    - tashishga bog‘liq bo‘lmagan.
    2. faoliyat tavsifiga ko‘ra:
    - texnologik;
    - tijorat;
    - axborot.
    3. narx o‘lchamiga ko‘ra:
    - yuqori narxda;
    - o‘rtacha narxda;
    - past narxda.
    Transport xizmati tarkibiga kiruvchi etkazib berish jarayoni quyidagi operatsiyalarni o‘z ichiga oladi:

    1. yuk va yo‘lovchilar tashish;

    2. yuk ortish-tushirish ishlarini bajarish;

    3. yo‘lovchilarni transport vositalariga chiqarish-tushirish;

    4. omborxona ichidagi operatsiyalarni bajarish;

    5. yuklarni omborxonada saqlash;

    6. yuklarni tashishga tayyorlash, ularni qadoqlash, tamg‘alash;

    7. tashish vositalarini tayyorlash;

    8. tashish vositalarini ijara yoki boshqa shartlarda foydalanishga berish;

    9. transport vositalari parkining ishga yaroqli texnik holatini ta’minlash, ularga texnik qarov, joriy va kapital ta’mirlash xizmatlarini ko‘ratish;

    10. yangi yoki ta’mirlangan transport vositalarini etkazib kelish va shu kabilar.

    Yuqorida ta’kidlanganidek, transport xizmati bevosita yuklarni etkazib berish jarayonidan tashqari, uni tayyorlash (rejalashtirish), boshqarishga oid funksiyalardan iborat bo‘ladi. Logistik yondoshuv jihatidan yuqoridagi ro‘yxatga detallashtirilgan holda yana quyidagilarni kiritish mumkin:
    1) yuk tashishga buyurtmalarni qabul qilish, ularni qayta ishlash va shartnomaga muvofiqligini tekshirish;
    2) iste’molchilar talablarini o‘rganish va buyurtmalar asosida yuk oqimlarini tahlil etish;
    3) yuklarni tashish yo‘nalishlari va tarmoqlarini belgilash, ularni optimallashtirish;
    4) tashishga jalb etilayotgan transport vositalarini yuklarni tashish yo‘nalishlari (marshrutlari)ga optimal taqsimlash;
    5) transport siklining barcha bo‘g‘inlarida moddiy oqimlarni kuzatish;
    6) transport xizmatlarining sifat darajasini baholash;
    7) transport xizmatlari narx-navolarini shakllantirish va to‘lovlarni ta’minlash;
    8) yuklarni etkazib berishning barcha bosqichlarida kuzatish va nazorat qilish;
    9) transport faoliyatini diversifikatsiyalash;
    10) transport ombor ishlarini boshqarish;
    11) bajarilayotgan xizmatlar bo‘yicha axborot berish;
    12) etkazib berish zanjiri bo‘ylab ekspeditsiya ishlarini bajarish.
    Transport xizmatlariga bo‘lgan talabning zamonaviy holatiga e’tibor qaratidan bo‘lsak, hozirda yuk egalari transport korxonalaridan faqatgina yukni bir joydan ikkinchi joyga ko‘chirishnigina emas balki, xizmatlar paketini taqdim qilishini so‘rashadi. Bunda yuk egasi qo‘shimcha to‘lov evaziga ortiqcha xarakatlar va turli xil xujjatlarni rasmiylashtirishdan holi bo‘ladi.
    Xizmatlar paketi yaxlit xizmat sifatida ko‘rsatiladi va rasmiylashtiriladi hamda ushbu xizmatlarning mijozlarga ko‘rsatilish jarayonini engillashtiradi va tezlashtiradi.
    Transport turlarida asosiy xizmatlar ya’ni, yuklarni jo‘natish punktidan qabul qilish punktigacha tashishdan tashqari yukni qabul qilguncha va egasiga etkazib bergandan keyin ham ko‘rsatiladigan xizmatlar ham mavjud. Ular:

    • yuklarni qabul qilish va topshirish, buyurtmani va boshqa xujjatlarni rasmiylashtirish;

    • yukni olib kelish va olib chiqish;

    • vagonlarni topshirish va olib chiqish;

    • ortish-tushirish va saqlash;

    • axborot berish;

    • transport vositasini qo‘shimcha jixozlash va tayyorlash;

    • yuklarni sug‘urtalash;

    • to‘lov-moliya;

    • yuklarni bojxona rasmiylashtiruvi;

    • boshqalar.

    Yuklarni qabul qilish va topshirish, buyurtmani va boshqa xujjatlarni rasmiylashtirish xizmatlariga quyidagilar kiradi:

    • tasdiqlangan usul va tartibga mos holda yuk tashishga buyurtma berish;

    • tashish xujjatlari to‘plami va temir yo‘l transporti nakladnoyini vizalashtirishni ta’minlash va to‘ldirish;

    • yuklarni umumfoylanish va noumumfoydalanish jo‘natish temir yo‘l stansiyasiga tashishga taqdim qilish;

    • qaytamanzillashtiruv(pereadresovka)larni rasmiylashti-rishni tashkil qilish;

    • etkazib berish muddati o‘tib ketgan yoki yuk xajmining yo‘qolishi bo‘yicha noroziliklarni rasmiylashtirish va belgilangan temir yo‘l tashkilotiga taqdim qilish;

    • umumfoydalanish va noumumfoydalanish joylarida yuklarni topshirish yoki qabul qilish.

    Yukni olib kelish va olib chiqish xizmatlari yuklarni yuk jo‘natuvchining omboridan temir yo‘l stansiyasigacha va temir yo‘l stansiyasidan yuk qabul qiluvchining omborigacha etkazib berish xizmatlari kiradi.
    Vagonlarni topshirish va olib chiqish xizmatlariga:

    • yuk jo‘natuvchining yoki qabul qiluvchining shaxobcha yo‘liga vagonlarni uzatish;

    • yuk jo‘natuvchining yoki qabul qiluvchining shaxobcha yo‘lidan vagonlarni olib chiqish;

    • vagonlarni yuk fronti bo‘ylab joylash;

    • yuk frontiga vagonlarni uzatish uchun tanlash kabilar kiradi.

    Ortish-tushirish va saqlash xizmatlariga quyidagi xizmatlar kiradi:

    • jo‘natish yoki qabul qilish temir yo‘l stansiyalarida

    avtomobillardan, temir yo‘l xarakat tarkiblaridan yuklarni tushirish yoki ortish;

    • yuk qabul qiluvchilar yoki jo‘natuvchilar omboridan kontreyler va konteynerlarni ortish yoki tushirish;

    • yuk massasini tekshirish va o‘lchash;

    • ekspeditorning omborida yuklarni saqlash;

    • yuk jo‘natuvchi yoki qabul qiluvchining omborlarida yuk birliklarini yiriklashtirish va jo‘natmalarni komplektlash;

    • transport paketlarini shaklllantirish va ajratish;

    • yuklarni jo‘natishga markirovkalash;

    • konteynerga va xarakat tarkiblariga yuklarni maxkamlash;

    • yuklarni o‘rash(upakovka), bog‘lash, qoplash;

    • upakovka va transport taralarini ta’mirlash.

    Axborot xizmatlariga:

    • yuk qabul qiluvchiga uning manziliga yuk jo‘natilganligi xaqida xabar berish;

    • yuk qabul qiluvchiga belgilangan stansiyaga yuk(vagon)ning kirib kelganligi xaqida xabar berish;

    • yuk jo‘natuvchiga yukni egasiga toshirilganligi xaqida xabar berish;

    • yuk jo‘natuvchi(qabul qiluvchi)ga yukning davlat chegarasidan o‘tganligi xaqida xabar berish;

    • yuk jo‘natuvchi(qabul qiluvchi)ga yukning portga etib kelganligi xaqida xabar berish;

    • yuk jo‘natuvchi(qabul qiluvchi)ga yukning kema bortiga yuklanganligi va qabul qilish joyiga etib kelganligi xaqida xabar berish;

    • yuk jo‘natuvchi(qabul qiluvchi)ga bo‘sh yoki yukli avtotransportning kelganligi xaqida xabar berish kabi xizmatlar kiradi.

    Transport vositasini qo‘shimcha jixozlash va tayyorlash xizmatlariga quyidagilar kiradi:

    • transport vositalarini yuk qoldiqlaridan tozalash;

    • yuk egalarini paketlash vositalari bilan ta’minlash;

    • yuk jo‘natuvchilarni yuk ortish va tashish qurilmalari hamda materiallari bilan ta’minlash.

    To‘lov-moliya xizmatlariga:

    • yig‘im va jarima, tashish to‘lovlarini rasmiylashtirish va to‘lash;

    • boshlang‘ich va oxirgi punktlarda bajarilgan ombor, ortish-tushirish va boshqa ishlarni bajarganligi uchun, port va pristanlarda, ayrim stansiyalarda yuklarni qayta ortish va tashish operatsiyalarini bajarganlik uchun hisob-kitob operatsiyalarini o‘tkazish;

    • noroziliklar bilan bog‘liq bo‘lgan hisob operatsiyalarini o‘tkazish va hisoblash;

    • bojxona yig‘imlari va boshqa bojxona rasmiyatchiliklari bo‘yicha to‘lovlarni bajarish kabilar kiradi.

    Transport vositalari va yuklarni bojxona rasmiylashtirish xizmatlariga quyidagilar kiradi:

    • yuklarni deklaratsiyalashni o‘tkazish;

    • yuk jo‘natuvchi va qabul qiluvchilarga yuklarni yoki boshqa mulklarini deklaratsiyalash bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar bo‘yicha maslahatlar berish;

    • jo‘natilgan(kirib kelgan) yuklar bilan birgalikda ketadigan (keladigan) xujjatlar va yuk bojxona deklaratsiyasini ramiylashtirish.

    Boshqa xizmatlar o‘z ichiga:

    • texnik shartlarda ko‘zda tutilmagan yuklarni ortish va maxkamlash ishlari bo‘yicha hisoblarni bajarish va chizmalar, sxemalarni ishlab chiqish hamda kelishish;

    • vagonlar yuklanishining mahalliy me’yorlarini ishlab chiqish va kelishish;

    • jixozlarni komplektli ortishga rioya qilish ustidan nazorat;

    • jo‘natuvchining konteyneri yoki universal vagonlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash;

    • refrijerator konteynerlarga xizmat ko‘rsatish;

    • o‘lchash asboblarini nazorat tekshiruvi va ta’mirlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish ishlarini bajarish va boshqa xizmatlar.

    XIZMATLAR EKISPORTI

    Download 1.1 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 1.1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3. 2-bob. O'zbekiston Respublikasida avtomobil transportni xizmatlari eksportinIng amaldagi xolati va rivojlanish tendentsiyalari

    Download 1.1 Mb.