PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 
130 
yuritishicha, muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv moslashuv va individuallashuv oʻrtasida muvozanat 
saqlangandagina amalga oshishi mumkin. “XK-SS
x/q
” va “K
x/q
” ijtimoiy guruhlariga mansub sinaluvchilarda 
ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlikning oʻrta darajasi kuzatilib, mos ravishda bu koʻrsatkich 41,7%, 
55,6%ni tashkil etdi. Ularning nazarida bozor munosabatlari sharoitida yangi mehnat yoki ikkilamchi kasbiy 
faoliyat(i)ni tanlashga turtki beruvchi omillar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish davrida iqtisodiy sosializasiyaga 
va jamiyatni sanoatlashtirishga boʻlgan xatti-harakatlarni kuchaytirib, xotin-qizlarni bozor iqtisodiyoti 
sharoitiga ijtimoiy-psixologik moslashuvining oʻziga xosligini belgilab beradi. “Tq” guruhiga mansub 
sinaluvchilarning ijtimoiy-psixologik moslashuvchanlikning quyi darajasini (35,1%) namoyon etishi, oʻz 
navbatida, boshqa guruh a’zolariga nisbatan anchagina yosh, ikkilamchi kasbiy faoliyat sohasida ularga 
nisbatan kamroq tajribaga ega va mehnatdan tashqari oʻqish faoliyati bilan ham shug‘ullanadilar. Oʻqish 
faoliyati esa oʻz navbatida shaxslararo munosabatlar zichligini va ahamiyatliligi (moslashish)ni e’tirof etadi. 
Natijalarning umumlashgan tahlili shuni koʻrsatyaptiki, mazkur guruh vakillari jamoada, oʻz hamkasabalari 
va yaqinlari nigohida hurmatli va ardoqli boʻlish istagi bilan yashaydilar. 
Ikkilamchi kasbiy faoliyatni tanlanilishiga sabab boʻluvchi motivlar va oʻzgaruvchan muhitda shaxs 
moslashuviga ta’sir koʻrsatuvchi omillar, xususan, inson tabiiy sharoitni oʻzgartira olmasa-da, ammo 
texnikani mukammallashtirish, faoliyatni strategik loyihalashtirish, mehnat jamoasida sog‘lom psixologik 
muhitni shakllantirish orqali noqulay sharoitda ham xotin-qizlarning bozor munosabatlariga ijtimoiy-
psixologik moslashuvini oshirish mumkin. 
Oʻzgaruvchan olamda ikkilamchi kasbiy faoliyat (yangi mehnat)ga boʻlgan moslashuv – bu 
subyektning mehnat jarayonida yangi faoliyat turining oʻziga xos xususiyatlariga moslashishidir, degan 
ta’rifga sabab boʻladi va mohiyatiga koʻra: 
a) moslashuvning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jihati xotin-qizlardan bajariladigan ishga 
qoʻyiladigan talablarni oʻzlashtirishni taqozo qiladi; 
b) bu xil moslashuvda obyektiv va subyektiv omillar mavjud boʻlib, kasbiy moslashuvning ob'ektiv 
omillari sifatida xotin-qizlarning ma’lumoti, malakasi va tajribasi e’tirof etiladi; 
d) subyektiv omillar qatoriga esa xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati (kasb)ga boʻlgan munosabati, 
yangi ish joyidan kutayotgan daromadi va foydasi kiritiladi. 
Xulosa. Bozor munosabatlariga moslashish va turli xil holatiy modellar tadbirkorlik faoliyatini tashkil 
etishda egiluvchan yondashuvni qoʻllash zarur ekanligini koʻrsatadi. Tadbirkor ayollarning yangi mehnat 
yoki ikkilamchi kasbiy faoliyat(i)ga ijtimoiy-psixologik moslashuvini besh xil: quyi, oʻrtachadan past, oʻrta, 
oʻrtachadan yuqori, yuqori darajalarga boʻlish mumkin va bu darajalar: 
a) oʻzaro munosabatlarga kirishidagi holati; 
b) mehnat faoliyati davomida uzoq muddatli tashqi va ichki konfliktlarga bormasligi; 
v) sotsiogen ehtiyojlardan qoniqishi; 
g) jamiyat (ba’zan referent boʻlmagan guruh) tomonidan taqdim etilishi mumkin boʻlgan rolli 
kutilmalarga tayyor boʻlishi; 
d) ijodiy qobiliyatlarini mustaqil va oʻziga ishongan holda namoyon qila olishini aniqlashda qoʻl 
keladi hamda ijtimoiy-psixologik moslashuv koʻlamini belgilab beradi. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish