|
3 (79) 2021 pedagogik mahorat Pdf ko'rish
|
bet | 170/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilAsosiy qism. Rossiyalik mutaxassis A.V. Karpovning yozishicha, xotin-qizlarning bozor sharoitiga
moslashuvi jarayoni muammosi, mohiyatan, ishlab chiqarishdagi psixologik va tadbirkorlik boshqaruvi
masalalarini oʻz ichiga qamrab oladi.
Muallifning fikricha, ijtimoiy-psixologik moslashuv bilan bog‘liq muammolar, tadbirkorlik faoliyatini
tanlagan har qanday ayolning ruhiy holati, kechinmalari, tashqi omil ta’sirini qay darajada hazm qila olishi
va bularning tadbirkor ayol ish faoliyati hamda natijasiga ta’sir qilish darajasida tushuniladi.
Xotin-qizlarning bozor iqtisodiyoti sharoitiga, xususan, tadbirkorlik faoliyatiga moslashuv jarayoni
psixologik bosqichlari aniqlanishini tahlil qilar ekanmiz, oʻz navbatida, mutaxassislarning quyidagi fikr-
mulohazalarining guvohi boʻlamiz.
A.L. Juravlev, Ye.V. Shoroxova, V.A. Xashenko va boshqalar iqtisodiy oʻzgarishlar sharoitida
ijtimoiy-psixologik dinamikani tadqiq etishar ekanlar, hukumat rahbarlari va mahalliy arboblar fuqarolarni
yangi tuzumning mehnat sharoitiga moslashishiga koʻmak koʻrsatishida, moslashuv jarayoni quyidagi asosiy
bosqichlardan iboratligini nazarda tutishi lozim, deb hisoblashadi.
1-bosqich. Bozor munosabatlari sharoitida yangi mehnat egasining tayyorgarlik darajasini aniqlash
deganda quyidagilarni tushunish mumkin, ya’ni aniqlangan daraja mehnat egasi manfaati yoʻlida keyingi
amalga oshirish lozim boʻlgan tadbirlarni rejalashtirish, zarur resurslarni qoʻllash, tadbirkorlik faoliyatini
tanlagan xotin-qizlarning tajriba sohasidan kelib chiqqan holda ularning qobiliyatlari va malakasi
darajasidagi vazifalarni aniqlab olish imkonini beradi. Professional sohadan tashqari tadbirkor ayol (mehnat
egasi)ning muloqotga moyilligi darajasini bilish jamiyatning kommunikasiya tarmog‘iga tezroq kirishib
ketishini ta’minlash uchun asos boʻladi.
2-bosqich. Orientasiya. Oʻzgarishlar jarayonida, xususan, tanlangan yangi faoliyat doirasida xotin-
qizlarni ular bajarishi lozim boʻlgan vazifalar, majburiyatlar bilan tanishtirish. Bu bosqichda amalga
oshiriladigan tadbirlarni, oʻz navbatida, quyidagi guruhlarga boʻlish mumkin:
Kompaniya asoslari – tashkilot tarixi va hozirgi holati haqidagi asosiy ma’lumot, strategik rejalar,
xodimlar va rahbariyat munosabatlari qoidalari, kasaba uyushmasi faoliyati, mehnat sharoitlari va ish tartibi,
ish haqqi belgilash tizimi, korxonadagi ijtimoiy ta’minot, maishiy xizmat va imtiyozlar.
Mahsulot – korxona mahsulotlari tarkibi bilan tanishtirish, ishlab chiqarish tizimi va texnologiyasi,
asosiy mahsulot iste’molchilari va narxi, raqobatdosh mahsulotlar orasida tutgan oʻrni.
Ishlab chiqarish – ishlab chiqarishga oid qarorlar qabul qilish tartibi va xususiyati, tashkilot rejalari va
https://buxdu.uz
|
| |