3 (79) 2021 pedagogik mahorat




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/344
Sana07.12.2023
Hajmi3,37 Mb.
#113345
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   344
Bog'liq
Pedagogik mahorat 3-son 2021 yil

3 (79) 2021 
 PEDAGOGIK MAHORAT 
129 
loyihalar bilan tanishtirish, ishlab chiqarish jarayonining asosiy tamoyillarini oʻrganish, boʻlimning asosiy 
vazifalari va mas’uliyat darajasi, hisobot berish asoslari, mahsulotga yoʻnalgan boshqaruv uslubini oʻrganish 
va xarajatlarni hisoblash, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik asoslari. 
Sotuvlar – tashkilotning bozordagi ulushi va reklama jarayoni, raqobatdosh tashkilotlarning 
imkoniyatlari, sotuv agentlarining faoliyati, sotuv uslublari. 
Asosiy mehnat koʻnikmalari – aloqa vositalari va texnika jihozlaridan foydalanish boʻyicha mashqlar, 
muomalada boʻlish xususiyatlari, ish joyining xususiyatlari va talablarini oʻzlashtirish, notiqlik san’ati, 
marketing va moliyaga taalluqli asosiy bilimlar, kasb talabidan kelib chiquvchi qoʻshimcha malakalarni 
shakllantirish mashqlari. 
Ushbu matndan koʻrinib turibdiki, xorijiy davlatlardagi ilg‘or tashkilotlar tomonidan xodimlarni kasb 
(zaruriy hollarda ikkilamchi kasb)ga moslashuvini har tomonlama amalga oshirish ta'minlanadi. Ma’lumot, 
koʻnikma va malaka jihatlarni bunday qamrab olish yangi xodimning tashkilot hayotiga kirib borishini 
ta’minlaydi va barcha kuch-g‘ayratini tashkilot maqsadi yoʻlida safarbar etish imkonini beradi. 
3-bosqich. Moslashuvni amalga oshirish. Bu oʻzgarishlar jarayonida, bozor munosabatlariga oʻtishda 
xotin-qizlarni yangi faoliyatga va jamoada mavjud shaxslararo munosabatlar tizimiga moslashtirish 
jarayonidir. Bu bosqich doirasida xotin-qizlarning faol harakat qilishi, oʻzlarini turli (ishlab chiqarish, xizmat 
koʻrsatish, savdo) jabhalarda sinab koʻrishiga imkoniyat yaratish lozim. Tegishli tashkilotlar (masalan, 
tadbirkor ayollar assosiasiyasi) tomonidan jamiyatning ilg‘or xotin-qizlari erishayotgan muvaffaqiyatlari 
haqida ma’lumot yig‘ib boriladi va faoliyati yuzasidan unga zarur tavsiyalar beriladi. 
4-bosqich. Faoliyat koʻrsatish. Shu bosqichda moslashish jarayoni tugaydi va xotin-qizlar hukumat 
tomonidan berilgan imtiyozlardan toʻliq foydalanishgan holda mustaqil ravishda oʻz faoliyatlarini davom 
ettiraverishadi. Bunda xotin-qizlar oʻzlarining tadbirkorlik (mehnat) faoliyati yunalishida yuzaga kelayotgan 
qiyinchiliklarni oʻzlari yengib oʻtish kuchiga ega boʻlishadi. Odatda, xotin-qizlarning bozor talab va 
muhitiga qoʻpol moslashuvi 1,5–5 yillar atrofida amalga oshadi. 

Download 3,37 Mb.
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   344




Download 3,37 Mb.
Pdf ko'rish