|
PEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021 Pdf ko'rish
|
bet | 176/344 | Sana | 07.12.2023 | Hajmi | 3,37 Mb. | | #113345 |
Bog'liq Pedagogik mahorat 3-son 2021 yilPEDAGOGIK MAHORAT 3 (79) 2021
132
va ijtimoiy ahvolini yuksaltirishga qaratilgan talaygina yangilanishlar kundan-kun hayotimizga tadbiq
etilmoqda. Barcha sohalarga zamonaviy texnologiyalar joriy qilinayapti. Xususan ishlab chiqarish
korxonalarida komp'yuter dasturlari bilan boshqariladigan dastgohlar keng miqyosda foydalanilmoqda. Inson
hayoti uchun xavfli yoki og‘ir boʻlgan sohalarda ham komp'yuterga asoslangan robotlardan foydalaniladi.
Atom elektrostansiyalari yoki kimyoviy korxonalarda ham ularni uchratish mumkin.
Jahon tadqiqotlariga koʻra shaxsiy kompyuterlar birinchi paydo boʻlgan 1970- va 1980-yillarning
oxirlarida barcha uchun bolalarga qanday qilib dasturlashni oʻrgatish muammosi paydo boʻlgan. Minglab
maktablar millionlab oʻquvchilarga LOGO yoki BASICda oddiy dasturlar yozishni oʻrgatish orqali ishni
boshlashdi. Bu borada bolaning matematik va mantiqiy fikrlash darajasi asosida ishni boshlash kerak.
Hozirgi kunda yangi Oʻzbekiston kelajagi boʻlgan bolalarni dasturlashga oʻrgatishni boshlang‘ich sinfdan
boshlash juda muhim. Oʻqituvchi dasturlashni bolalarga oʻrgatishda koʻplab muammolarga duch keladi. Bu
muammolarda asosiy omil sifatida bolalar dasturlash sintaksisini oʻzlashtira olmasligidir. Biz taklif
qilayotgan robototexnika toʻgarak dasturiga muvofiq bolalar dasturlashni virtual dasturlar vositasida
oʻrganishadi. Bunda virtual didaktik vositalardan keng foydalaniladi.
Virtual reallik bu kontekstda kompyuter vositasi yordamida sun’iy ravishda yaratilgan, siz unga kira
oladigan, uni ichki tomondan oʻzgartiradigan, oʻzgarishlarni kuzatadigan va haqiqiy sezgilarni boshdan
kechiradigan muhit sifatida ta’riflanadi. Ushbu yangi turdagi audiovizual voqelikda siz nafaqat boshqa
odamlar bilan, balki sun’iy belgilar bilan ham aloqa oʻrnatishingiz mumkin. Ushbu tushuncha bilan virtual
reallik oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida uch oʻlchovli komp’yuter grafikasi va inson-mashina interfeysi
sohasidagi tadqiqotlar chorrahasida paydo boʻlgan texnologiya [5].
Hozirgi bosqichda virtual reallik texnologiyalaridan ta'limda tobora koʻproq foydalanilmoqda. Oʻqitish
uchun moʻljallangan virtual tizimlari oʻquv maqsadidagi dasturiy-pedagogik vositalar rivojlanishida bir
bosqichdir. Ular yigirmanchi asr oxirida ta’lim muassasalarida keng qoʻllanila boshlagan oʻquv dasturlardan
kompyuterda videoma’lumotni uch oʻlchovli sintezli aksi, sezilarli darajada yuqori dasturiy va algoritmik
ta’minot, mukammalroq boʻlgan hisoblash texnikasi va bir qator yangi quyi tizimlarning (taktil sezgi quyi
tizimlari, nutq munosabati va boshqalar) qoʻllanilishi bilan farqlanadi.
|
| |